Mavzu: Jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi fanining predmeti
Jismoniy tarbiyaning boshqa yoʻnalishlari bilan bogʻliqligi
Download 1.01 Mb.
|
Jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi fanining predmeti
5. Jismoniy tarbiyaning boshqa yoʻnalishlari bilan bogʻliqligi
Jismoniy tarbiya jarayonida aqliy tarbiya Jisman yetarli darajadagi rivojlanganlik normal aqliy rivojlanishga sharoit yaratadi. “ Xar qanday mehnat – bu aqliy, jismoniydir. Agar aqliy va jismoniy mehnat orasidagi farqni ajratsak, bittasida asosiy rolni miya, ikkinchisida muskullar oʻynaydi. Miyaning faoliyati muskullarning oʻzaro faoliyatiga, muskullar faoliyati esa miyaning boshqarishi orqali amalga oshiriladi”, - degan edi CHyernishyevskiy. Jismoniy bilimlar asoschisi P.F. Lesgaft koʻrsatgani-dyek, aqliy va jismoniy rivojlanish bir-biri bilan uzviy bogʻliq. Aqlning oʻsishi va rivojlanishi oʻz navbatida jismoniy rivojlanishni taqazo qiladi. Jismoniy tarbiyaning vazifasi shunda muvaffaqiyatlihal qilinadiki, shugʻullanuvchilar jismoniy mashqlarni ongli ravishda tushunib bajarsalar yoki ular sport mashgʻulotlariga qiziqib, tashabbus koʻrsatib ijodiy yondashsalar, organizmdaharakat malakalarini toʻgʻri shakllanishi, funktsional qobi-liyatlarini rivojlanishi uchun umumiy maxsus bilimlarga tayanishlari lozim boʻladi. Jismoniy tarbiyada yoki sportda talantni ochish shugʻul-lanuvchida umumiy jismoniy rivojlanganlik va tayyorlangan-likhamda soha boʻyicha chuqur malakaviy bilimlarga ega boʻlish, bosh miya, muskullar faoliyatidan foydalanish koʻr-koʻronalikka yoʻl qoʻymaslikni talab qiladi. Mashgʻulotga ongli munosabatda boʻlmaslik talantni soʻnishiga sabab boʻladi. tomonlamalilik, faqat sport bilan shugʻullanishgagina odat shakllanadi – jamiyat uchun esa boqimandalar koʻpayadi. Sport tryenirovkasi sirlariga shoʻngʻish, uni tushunish, shugʻullanuvchi mahoratini oshishiga olib keladi. Bunga faqathar tomonlamalilik orqaligina erishish mumkin. Ja’on ryekordlarini oʻrnatish, chyempionlik lavozimlari uchun kura-shish, sportchidan yuqori saviya, chuqur bilim va jismoniy qobiliyatni talab qiladi. Bunga erishish uchun esa mashaqqatli mehnat, oʻtkir intyellyekt soʻibi boʻlishlik talab qilinadi. Aqliy va jismoniy tarbiyanig oʻzaro bogʻliqligi masalasi tabiiy-ilmiy fanlarning tadqiqotlari asosida ulugʻ rus fiziologi I.M. Syechyenov va I.P. Pavlov tomonidan isbotlan-gan. “Myen butunhayotim boʻyi aqliy va jismoniy mehnatni sevdim, koʻproq ikkinchisini. Ayniqsa, miyada paydo boʻlgan fikrnihal qilish uchun aqlimni qoʻlim bilan bogʻlaganimda oʻzimni juda yaxshihis qilar edim”, - deb yozgan edi ulugʻ rus olimi I.P. Pavlov. Demak, jismoniy tarbiya intyelyektining aqliy tarbiyasi bilan oʻzaro uzviy bogʻliqholda amalga oshirilishi lozim. Download 1.01 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling