Mavzu: jismoniy tarbiya darslarini samarali tashkil etish usullari


Sinfdan tashqari ishlarningvazifalar


Download 46.43 Kb.
bet14/18
Sana15.11.2023
Hajmi46.43 Kb.
#1774733
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18
Sinfdan tashqari ishlarningvazifalar:
a) Maktab o‘quvchilari harakatlanish rejimini faollashtirish;
b) o‘quvchilarning maxsus bilimlari va harakat ko‘nikmasi ko‘lamini kengaytirish;
v) jismoniy mashq mashg‘ulotlariga bo‘lgan qizikishlarini oshirish. Mashg‘ulot mazmuni, yo‘nalishi o‘quvchilarning har tomonlama jismoniy rivojlanishi, ularning «harakatlar maktabi»ni egallashlari, to‘g‘ri qad-qomatni shakllantirishi, o‘quv dasturi materialini sifatli o‘zlashtirishini yaxshilashni ta’minlashi kerak. Mashg‘ulotga maktab dasturidagi mashqlar asos qilib kiritiladi, lekin ular murakkablashtirilgan sharoitda va ko‘proq o‘yin shaklida bajariladi. Masalan, saflanish mashqlari, vaqtni chegaralash bilan umumrivojlantiruvchi mashqlar tananing har xil qismlari harakatlarini qo‘shib olib borish va boshqalar. Harakat sifatlarini rivojlantirish uchun darsga nisbatan o‘yinlar va sport musobaqalari unsurlari estafetasi keng qo‘llaniladi. Buning uchun joylarda o‘yinlarni sayr bilan o‘tkazish maqsadga muvofiqdir. Vositalarni qo‘llash majmuali tavsiyaga ega. Mashq turlarini yillik rejalashtirishda taqsimlash dastur materialidagi majburiy darslar ketma-ketligiga qarab belgilanadi. Umumiy jismoniy tayyorgarlik sho‘basi «badantarbiya» fani bo‘yicha qo‘shimcha ish shakllaridan biri va ixtisoslashtirilgan sport mashg‘ulotlariga o‘tish bosqichi hisoblanadi. U yoki bu sport turlari ixtisoslik uchun bolalarning jismoniy tayyorgarligini yaxshilash, qiziqish va imkoniyatlarini aniqlash maqsadida tuziladi. Sho‘baga qabul qilinganlardan yoshi va jinsi, jismoniy tayyorgarlik darajasiga mos ravishda 15-20 kishidan iborat o‘quv guruhlari tuziladi. Mashg‘ulot haftasiga uch marta 60-90 daqiqadan o‘tkaziladi.
Vazifalari: a) imkoni boricha ko‘proq o‘quvchilarni tashkillashtirilgan jismoniy mashq mashg‘ulotlariga jalb qilish va sport ixtisosligini tanlashga ta’sir ko‘rsatish;
b) o‘quvchilarning jismoniy tayyorgarliklarini yaxshilash va shu asosda o‘quv dasturi talablarini muvaffaqiyatli bajarishga yordamlashish.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining «O‘zbekiston Respublikasida jismoniy tarbiya va sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qaroriga binoan «Alpomish» va «Barchinoy» maxsus testlari 2000 yildan boshlab joriy qilindi. «Alpomish» va «Barchinoy» maxsus testlari O‘zbekiston aholisi jismoniy tarbiya tizimining dasturiy va me’yoriy asosidir. Nazorat me’yorlari yordamida axolining o‘qishiga, mehnat faoliyatiga va
xarbiy xizmatga bo‘lgan jismoniy tayyorgarligining umumiy darajasi aniqlanadi. Testlar salomatlikni mustahkamlash, ijodiy va mexnat faolligining oshishiga yordam beradi. «Alpomish» maxsus testlari erkaklar, «Barchinoy» maxsus testlari esa xotin-qizlar uchun mo‘ljallangan. Testlar sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, aholini jismoniy tarbiya va sport mashg‘ulotlariga jalb etish, o‘z sog‘lig‘ini mustahkamlashga bo‘lgan extiyojini qondirish hamda xayotning turli bosqichlarida jismoniy tayyorgarligini oshirib borish vositasi sanaladi. Shuningdek, testlar jismoniy mashqlar bilan mustaqil shug‘ullanishga doir asosiy bilimlar va amaliy ko‘nikmalarni egallashga, o‘qish, mexnat qilish va dam olish mobaynida jismoniy mashqlarning xilma-xil shakllaridan foydalanishga, iste’dodli sportchilarni aniqlash va tarbiyalash maqsadida ommaviy sportni rivojlantirishga yordam beradi.
«Alpomish» testlari 6 yoshdan 60 yoshgacha bo‘lgan erkaklar, «Barchinoy» testlari esa 6 yoshdan 55 yoshgacha bo‘lgan Xotin-qizlarga mo‘ljallangan. Kichik yoshdagi maktab o‘quvchilari uchun «Alpomish» va «Barchinoy» maxsus testlari uch guruhga ajratilgan: 5-6, 7-8 va 9-10 yoshlilar. Yosh guruhlariga qarab quyidagi nazariy va amaliy ishlarni amalga oshirishlari kerak.
Joylarda harakatli o‘yinlar, uyushtirish va o‘tkazishHarakatli o‘yinlar. O‘quvchilar bilan olib boriladigan sinfdan tashqari ishning eng oddiy va ommaviy shakli harakatli o‘yinlar hamda ko‘ngil ochishlardir. Harakatli o‘yinlar I-III sinf o‘quvchilari bilan olib boriladigan jismoniy tarbiyaga oid ishning eng muhim vositalaridan hisoblanib, u barcha tadbirlarda muvaffaqiyatli qo‘llaniladi. Harakatli o‘yinlar o‘quvchilarning kichik guruhlari bilan ham, ikki-uchta sinf o‘quvchilarining katta guruhlari bilan ham uyushtiriladi. Guruh qanchalik katta bo‘lsa, o‘quvchilar shunchalik yaxshi tayyorlangan bo‘lishlari kerak. O‘yinlarni «o‘yin soatlari» tarzida o‘tkazish lozim. Bunda umumiy rahbarlik o‘qituvchi yoki badantarbiya faoli tomonidan amalga oshiriladi. Bolalar faoli tashkil bo‘lguncha ular amaliy rahbarlik qilib turadilar. Bolalar jamoasi va ular orasidan faolning vujudga kelishiga o‘yinlarni tayyorlash va o‘tkazishga doir amaliy ishlarni o‘quvchilarning o‘zlari o‘qituvchining niyati va rejasi asosida uyushtiradilar. «O’yin soatlari» darsdan tashqari paytlarda, shuningdek, ta’til davrida o‘tkaziladi. Bunda bolalarning o‘yinlari uchun ma’lum bir kun va soatda maktabda yoki maydonda yig‘ilishlari belgilanadi. O‘yinlar kuz va qish paytidagi yaxshi ob-havo sharoitida, shuningdek, yozda-ochiq havoda, faqat yog‘ingarchilik, shamol bo‘lganda va sovuq paytda-binoda o‘tkaziladi.
O‘yinlar o‘yinchilarning yoshi va tayyorgarligiga mos kelishi, o‘g‘il va qiz bolalar bajara oladigan, mazmunan sodda, oson tushuntiriladigan, qiziqarli bo‘lishi kerak. O‘yinlar majmuasi shunday tuzilishi kerakki, unda turli mazmundagi va og‘irlikdagi o‘yinlar bo‘lsin hamda ular to‘g‘ri almashtirilib turilsin. Bir
mashg‘ulotning o‘ziga vazmin serharakat o‘yinlar, qo‘shiq aytib hamda raqsga tushib bajariladigan o‘yinlar kiritiladi. Bunday paytlarda serharakat o‘yinlar mashg‘ulot o‘rtalarida, qo‘shiq aytib o‘ynaladigan o‘yinlar esa oxirida o‘tkaziladi. Boshlang‘ich maktabning yuqori sinflarida o‘z mazmuniga ko‘ra sport o‘yinlariga yaqin bo‘lgan komandali o‘yinlar keng qo‘llaniladi. Bularga «Estafetalar», «To‘pli estafetalar», «Ovchilar va o‘rdaklar» va boshqalar kiradi. Agar darslarga yangi o‘yinlar kiritiladigan bo‘lsa, ular ikkitadan ortiq bo‘lmasligi kerak. Bunda ulardan biri serharakat, ikkinchisi nisbatan vazmin bo‘lishi lozim. Joylarda «Ziyrak soqchi», «Niqoblanish», «Ko‘rinmas odam», «Ayyor tulki», «Zanjirda turib» va boshqa o‘yinlar keng qo‘llaniladi. O‘yinlar bolalarning darsdan tashqari paytdagi sevimli mashg‘uloti sifatida faqat maxsus «o‘yin soatlari»dagina emas, ertaliklarda, bayramlarda, sayrlarda, ekskursiyalarda va boshqalarda ham o‘tkaziladi.

Download 46.43 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling