Mavzu: “Joriy aktivlar: Pul mablag’lari va ularning ekvivalentlari’’ Kurs ishi


Il - BOB.JORIY AKTIVLAR: OLINADIGAN HISOBVARAQLAR


Download 186.5 Kb.
bet6/11
Sana22.12.2022
Hajmi186.5 Kb.
#1041288
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
JORIY AKTIVLAR PUL MABLAG’LARI VA ULARNING

Il - BOB.JORIY AKTIVLAR: OLINADIGAN HISOBVARAQLAR

Olinadigan xisobvaraqlar boshqa kompaniyalarning pul mablag’lariga, tovarlar, xizmatlar va boshqa pul ifodasida bo’lmagan davolarni o’z ichiga kiritalidi. Olinadigan hisobvaraqalarni to’lov muddati va qarzini olishni kutilayotgan sanasiga qarab, debitorlik qarzlar joriy va uzoq muddatliligiga qarab ajratiladi Odatda debitorlik qarzlar xisobvaraq-fakturalar bilan tasdiqlanadi. “Olinadigan veksellar” nomli balans moddasi rasmiy qarz majburiyatlari bilan tasdiqlanadi.


Savdoga oid debitorlik qarz - bu asosiy faoliyat natijasida sotilgan tovarlar va xizmatlar uchun xaridorlar to’lanishi lozim bo’lgan majburiyatlar summasidir. Savdoga qarashli bo’lmagan qarz boshqa faoliyatni bajarish natijasida paydo bo’ladi.
Daromadni olish kapitalni shakllantirish muxim manbai va debitorlik qarzlarni asosiy manba xisoblanadi. Masalan, sotilish aksariyat xollarda bankdagi hisob-kitob varag’iga pul o’tkazish yo’li bilan amalga oshiriladi. Sotish natijasida vujudga kelgan debitorlik qarz boshqa kompaniyani aktivlariga da’vogarligini bildiradi. Debitorlik qarzlar bilan bog’lik bo’lgan asosiy buxgalteriya operasiyalari ular tan olish va o’lchash xisoblanadi. Daromad va u bilan bog’liq bo’lgan olinadigan xisobvaraklar, faqat ularning to’lanishi extimoli mavjud bo’lgan xollarda aks ettiriladi.



    1. Debitorlik qarzlarni tan olinishi va o’lchanishi

Olinadigan xisobvaraqlar kompaniyanining odatiy ishlab chiqarish faoliyati davomida mijozlarga sotilgan tovarlar va xizmatlar uchun qarz summalarini tashkil qiladilar. Bu xisobvaraklar, savdo bo’yicha olinadigan hisobvaraklar, deb xam aytiladi, xisobvarak-faktura yoki boshqa xujjatlar bilan, ayrim xollar esa oddiy yozma qarz majburiyatlari bilan xam tasdiqlanadi. Bu olinadigan xisobvaraklar balans sanasi keyingi bir yil yoki kompaniyaning operatsion sikli davomida undirib olinadigan summani o’z ichiga oladi (qaysi biri uzunroq bo’lishiga qarab). Odatda to’lov muddati 30 kundan 60 kungacha bo’lgan muddat xisoblanadi, ushbu muddat o’tgandan keyin olinadigan hisobvaraklar muddati o’tgan deb xisoblanadi. Mijozlar uchun kredit qoldig’iga ega bo’lgan ayrim olinadigan xisobvaraklar (oldindan to’lash yoki ko’prok to’lash natijasida) yangi tasniflanishi kerak, ular bo’yicha majburiyatlar sifatida xisobot topshirilishi kerak. Bu kredit qoldig’i olinadigan xisobvaraklarga qushilmaydi.


Debitorlik qarzlar ular bilan bog’lik daromad tan olingandagina e’tirof etiladi. Debitorlik qarzlar dastlabki qiymati bo’yicha baxolanadi va shubxali qarzlar, pul chegirmalari va qaytarilgan sotilgan tovar summasiga tuzatish qilinadi. Buning natijasida olinadigan xisobvaraklarning sof tannarxi aniklanadi, Odatda fondlar, sotish va pullarni olish orasidagi muddat qisqa bo’lgani uchun e’tiborga olinmaydi. Pul chegirmalari (sotuvdan chegirmalar). Ko’pincha kompaniyalar agar to’lov ma’lum muddatda amalga oshirilsa, hisobvaraq-fakturaning umumiy bahosini kamaytiradigan pul chegirmalarini taklif qiladi. Pul chegirmalari savdo hajmini ko’paytirish va makoni to’lovni tezroq amalga oshirishga undaydi. Ular shubxali qarzlarni kamaytirishga xam yordam beradilar.


Masalan, "A" kompaniyasi o’z mijozi "B" kompaniyasiga "B" kompaniyasi tovarlar uchun 10 kun ichida to’lov amalga oshirish sharti bilan 5% li chegirmani taklif etdi. To’lovning eng uzoq muddati - 30 kun (odatda qo’llaniladigan belgi 5/10, p/30). To’lovning dastlabki summasi 10,000. Tovar 1 iyulda jo’natilgan. "A" . kompaniyasida buxgalteriya yozuvlari:

01.07. Olinadigan xisobvarqalar 10,000


Sotishdan olingan daromad 10,000
Sotilgan tovarlarning tannarxi 6,000
Tovarlar 6,000

Xaridor chegirmadan foydalandi va tovarning pulini 9 iyulda o’tkazdi.


09.07. Pul mablaglari 9,500


Sotuv bo’yicha chegirmalar 500
Olinadigan xisobvaraqlar 10,000
Savdo chegirmalari (narxdan chegirmalar)
Odatda ulgurji savdoni korxona xisobvarak-faktura narxi chop etiladi. Savdo chegirmalar xar-xil mijozlar guruxlariga, chakana va ulgurji sotuvchilarga xar xil xajmdagi sotiladigan tovarlarni baxolarini reklama qilishning usulidir.
Keyinchalik, mijozga va buyurtilgan mahsulot hajmiga ko’ra xar xil chegirmalar elon qilinishi mumkin. Bunday savdo chegirmalari oxirgi sotish baxosini kamaytiradi. Masalan narxi 50 sh.b. bo’lgan agar u 1,000 donadan ortiq xajmda olinsa 40%li chegirma e’lon qilindi. Shunday qilib, bir donasi uchun baho 30 sh. b.ni tashkil etadi (30 x 0,6). Chegirmaning foizi buyurtma xajmiga qarab 30 sh.b.dagi asosiy baxoni o’zgartirilmay, o’zgarishi mumkin pullik chegirma qo’llaniladigan umumiy baho - bu xisobvarak-faktura bahosidan chegirilgan savdo chegirmasidir.

Sotilgan tovarlarning qaytarilishi.


Malum sohalarda rakobatbardoshlikni saqlash uchun, ma’lum bir davr ichida tovarlarni qaytarishning kafolatli xuquqi marketing rejasining asosiy qismidir. qaytarilish maxsulotning nuqsonlari yoki boshqa kamchiliklari sababli sodir bo’lishi mumkin. Xaridor tovarni o’zida qoldirishi uchun sotuvchi xaridorga qarzning miqdorini kamaytirishni taklif etadi. Sotilgan tovarning qaytarilishi va u uchun qoplash ma’lum sohalarda, jumladan chakana savdoda va kitob nashriyotida muhim o’rinni egallaydi.
Sotilgan tovarlarning qaytarilishi va ular uchun tovonlar sof olinadigan hisobvarakni hamda sof sotishni kamaytiradi. Masalan, 2004 yil kompaniyaga qaytarilgan tovarning miqdori 16,000 tashkil etdi. Yil davomida qaytarishi aks ettirish uchun buxgalteriya o’tkazmasi quyidagicha bo’ladi:

Tovarning kaytarilishi 16,000


Olinadigan xisobvaraqlar 16,000




    1. Download 186.5 Kb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling