Mavzu: “Joriy aktivlar: Pul mablag’lari va ularning ekvivalentlari’’ Kurs ishi
Vekselning nominadi x Foiz stavkasi x Muddat = Ssuda foizi
Download 186.5 Kb.
|
JORIY AKTIVLAR PUL MABLAG’LARI VA ULARNING
Vekselning nominadi x Foiz stavkasi x Muddat = Ssuda foizi
Foiz stavkalari odatda yillik bazisda asoslanadi. Masalan, 8% stavkali, to‘lov muddati bir yil bo‘lgan 1,000 veksel bo‘yicha ssuda foizi quyidagicha hisoblanadi: 1,000 x 8 % /100 x 1 yil = 80 Agar vekselning muddati bir yil emas, 3 oy muddatga yozilganda edi ssuda foizi tashkil etar edi: 1,000x8%/100xZ/12 = 20 Veksellarning hisobi bo‘yicha buxgalteriya yozuvi: 1. Vekselning olinishi. Debitorlik qarzini qoplash o‘rniga xaridordan yillik 12%li 4,000 summada 30 kunga veksel olindi. Olingan veksellar 4,000 Olinadigan hisobvaraqlar 4,000 2. Ssuda foizi bilan to‘langanidan keyin: Pul mablag’lari 4,040 Olingan veksellar 4,000 Foiz ko‘riniishdagi daromadlar 40 3. Rad ettirilgan vekselning hisobi - belgilangan muddatda to‘lanmagan holda, vekselni to‘lashdan bosh tortish deb hisoblaniladi: Olinadigan hisobvaraqlar 4,040 Olingan veksellar 4,000 Foiz ko‘rinishidagi daromadlar 40 4. Veksellarning hisobi bo‘yicha yozuvlar: masalan, to‘lov muddati 60 kun bo‘lgan, 8% stavkasi bilan 2,000 summalik veksel firma tomonidan olingan. Foizlar bo‘yicha summasi aks ettirish uchun, 30 sentyabrda tuzatuvchi yozuv qilinadi: Olinadigan foizlar 13,33 Foiz ko‘rinishidagi daromad 13,33 5. Veksel summasi va foizlarning to‘langanida, 31oktyabrda quyidagi yozuv qilinadi: Pul mablag’lari 2,026,66 Olinadigan hisobvaraslar 2,000 Olinadigan foizlar 13,33 Foiz ko‘rinishidagi daromadlar 13,33 Olinadigan veksellar va debitorlik qarzlarini solishtirish Olinadigan veksellar va debitorlik qarzlariga ta’sir etadigan buxgalteriya omillari o‘zaro o‘xshash. Olinadigan veksellarni tan olish va baholash ularning to‘lanish imkoniyatlariga bog‘lik. Agar olingan veksellarni baholashning imkoni mavjud bo‘lsa, unda debitorlik qarzlariga nisbatan ishlatilgan jarayonlarni qo‘llash mumkin. Agar baholashning imkoni mavjud bo‘lmasa to‘g‘ridan-to‘g‘ri hisobdan chiqarish usuli qo‘llaniladi. Uzoq muddatli olingan veksellar bo‘yicha hisobot debitorlik qarzlarida ishlatilmaydigan ikki qo‘shimcha javhani o‘z ichiga oladi: pul mablag‘larining vaqtdagi qiymati va foiz daromadlarini tan olish. Uzoq muddatli veksellar o‘z asosiy qiymati bo‘yicha aks ettirilishi kerak. To‘lanmagan qoldiq bo‘yicha foiz ko‘rinishidagi daromad vekselni berishdagi mavjud bo‘lgan bozor stavkasi bo‘yicha kalkulyasiya qilinadi. Buxgalteriya hisobi maqsadlarida, bu stavka butun muomala muddati mobaynida o‘zgarmaydi Xulosa Xulosa qilib shuni ta’kidlash lozimki, Pul mablag’larining ekvivalentlari investitsiya yoki boshqa maqsadlarga emas, aniqrog’i, qisqa muddatli pul majburiyatlarini qoplash uchun mo’ljallangan. Pul mablag’larining ekvivalenti sifatida turkumlanishi uchun investisiya ma’lum pul summasiga oson aylantirilishi va qiymatini o’zgarishiga oid tavakkalchilik unchalik katta bo’lmagan bo’lishi lozim. Shunday qilib, odatda investisiya pul mablag’larining ekvivalenti sifatida, faqat qoplanish muddati qisqa bo’lgan takdirdagina turkumlanishi mumkin, masalan uch oy yoki sotib olish paytidan boshlab undan xam kamroq bo’lgan muddatda. Pul mablag’larini qo’riqlash aksariyat korxonalar uchun muxim vazifa xisoblanadi. Pul mablag’lari oshirish yoki boshka joyga o’tkazish mumkin, ularda kimga tegishliligi xaqida belgilar mavjud emas va ular konventatsiyalanadi. Ularni o’girlanishni tavakkalchiligi bevosita ayrim shaxslarni xisobga olish tizimiga kirish imkoniyati borligi va pul mablag’lari va pul mablag’larni quriqlashga ruxsat olishi mumkinligi bilan bog’lik. Olinadigan xisobvaraqlar boshqa kompaniyalarning pul mablag’lariga, tovarlar, xizmatlar va boshqa pul ifodasida bo’lmagan davolarni o’z ichiga kiritalidi. Olinadigan hisobvaraqalarni to’lov muddati va qarzini olishni kutilayotgan sanasiga qarab, debitorlik qarzlar joriy va uzoq muddatliligiga qarab ajratiladi Odatda debitorlik qarzlar xisobvaraq-fakturalar bilan tasdiqlanadi. “Olinadigan veksellar” nomli balans moddasi rasmiy qarz majburiyatlari bilan tasdiqlanadi. Agar shubxali olinadigan xisobvarak extimoli bo’lsa va ularni baholanishi mumkin bo’lsa, unda taxmin qilingan shubxali qarzni xisobda aks ettirish kerak. Muvofiklik tamoyili shubxali olinadigan xisobvaraklardan zararlar sotish amalga oshirilgan xisobot davrida tan olinishini talab qiladi. Taxmin qilingan olinadigan xisobvaraklar shubhali qarzlarga xarajatlar kabi odatda operatsion faoliyat xarajatlari sifatida, ko’pincha savdo xarajatlari (sotish xarajatlari) kabi aks ettiriladi Kreditlash bo‘yicha operasiyalar olinadigan veksellarning bosh manbai bo‘lib xizmat qiladi. Olinadigan veksellar shuningdek odatiy sotish natijasi bo‘lib, debitorlik qarzlarni qoplash, uzoq muddatli aktivlarni almashtirish, shuningdek xizmatchilarga berilgan bo‘naklarning vaqtini uzaytiradi. Kredit berilganda qarz oluvchisi veksel beruvchi, qarz beruvchisi esa veksel ushlovchi, ya’ni remitent hisoblaiadi. Tovar sotuvchidan xaridorga o‘tkazilganda, veksel berilganda, xaridor vekselni beruvchisi, sotuvchi esa vekselni ushlovchisi hisoblanadi. Vekselning to‘lov muddati - bu vekselning muomala muddati tugashidir, bu vaqtning ichida oxirgi to‘lov amalga oshirilishi kerak. Veksellarni foizli va foizsiz veksellarga ajratish mumkin. Foizli veksellar foizlar to‘lashni hisoblashda nominal qiymatga qo‘llaniladigan foiz stavkasini ifodalaydi. Foizsiz veksellarda foiz stavkasi ko‘rsatilmaydi, lekin u umumiy summadan yuqori bo‘lgan nominal qiymat orqali ifodalanadi. Download 186.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling