Mavzu: “Joriy aktivlar: Pul mablag’lari va ularning ekvivalentlari’’ Kurs ishi
To‘lov muddati bo‘yicha debitorlik qarzlarni hisobga olish usuli
Download 186.5 Kb.
|
JORIY AKTIVLAR PUL MABLAG’LARI VA ULARNING
- Bu sahifa navigatsiya:
- «Mayer» Kompaniyasi
- « Maye r » kompa n iyasi 20 20 yil 31 dekabrda kutilayotgan shubhali qarzlar
- Olinadigan veksellarni aks ettirish va o‘lchash
To‘lov muddati bo‘yicha debitorlik qarzlarni hisobga olish usuli.
Bu usul sof debitorlik qarzining buxgalteriya qoldig‘iga asoslangan. U kutilayotgan shubhali qarz bo‘yicha foizni aniqlash uchun avvalgi ma’lumotlardan foydalanadi. Ushbu usulning asosi olinayotgan hisobvaraqlarning sof tannarxi - olinishi kutilayotgan pul miqdorini baholashdan iborat. Kreditga sof sotishdan foiz usuliga nisbatan, to‘lov muddati bo‘yicha olinadigan hisobvaraqlarni baholash usuli, debitorlik qarzining sof tannarxini hisoblash uchun kerak bo‘lgan shubhali qarzlar rezervini yakuniy qoldig’ini hisoblashga imkon beradi. Shubhali qarzlar rezervidagi joriy qoldiq so‘ngra talab qilinadigan qoldiqqa muvofiq bo‘lishi uchun tuzatish o‘tkazmasi yordamida yangilanadi. Shubxali qarzlarga xarajatlar ushbu tuzatish summasiga debetlanadi. Shubhali qarzlar bo‘yicha rezervini kerakli qoldiqni xisoblash uchun quyidagilar qo‘llaniladi: • umumiy debitorlik qarzlarga asoslangan yagona qurama stavkasi; • alohida olinadigan hisobvarakdar muddatiga asoslangan bir necha stavkalar. Masalan:
2019yil 31 dekabr qolatiga olinadigan hisobvaraqparning to‘lov muddati bo‘yicha taxlili 2003yil 31 dekabr qolatiga olinadigan hisobvaraqparning to‘lov muddati bo‘yicha taxlili
Yuqorida berilgan misolda, to‘lov muddatiga muvofiq to‘lanishi kerak bo‘lgan kompaniyaning hisobvaraklari aks ettirilgan. Har bir olinadigan hisobvaraq quyidagicha turkumlanadi: to‘lov muddati kelmagan, muddati 1 kundan 30 kungacha o‘tgan, muddati 31 kundan 60 kungacha o‘tgan, muddati 60 kundan 90 kungacha o‘tgan, yoki muddati 90 kundan o‘tgan. Har bir guruh uchun oldindan istiqbollashtirilgan shubhali qarzlarni rezervi ko‘rsatiladi. « Mayer» kompaniyasi 2020 yil 31 dekabrda kutilayotgan shubhali qarzlar
Mazkur jadvalida keltirilgan xisob-kitoblar shuni ko’rsatadiki, muddati xali yetib kelmagan qarzlarning faqat 1% ni, muddati 11 kundan 30 kungacha o’tib ketganlarning esa 2% to’lanmasdan qolishi mumkin. Mavjud tajribadan kelib chiqqan xolda muddati 31-60 kungacha, 61-90 kungacha, va 90 kundan oshib ketgan olinadigan xisobvaraklar bo’yicha muvofiq ravishda 10%, 30%, 50% to’lanmaydi. Jami bo’yicha 44,400 bo’lgan summadan to’lanmaydi. Faraz qilaylik, Mayer kompaniyasining "Shubxali qarzlar rezervi" xisobvarag’ida joriy kredit qoldig’i 800 tashkil etadi. Shunday qilib, shubxali qarzlar bo’yicha taxmin qilingan xarajatlar miqdori bu yilda 1,659ni tashkil etadi. Xisoblar quyidagicha qilinadi: Taxmin qilingan shubhali qarzlar 2.459 Chegirilgan “shubhali qarzlar rezervi’’ hisobvarag’ining kredit qoldig’i 800 Shubhali qarzlar bo’yicha xarajatlar 1.659 Agar “shubhali qarzlar rezervi” xisobvarag’i debit qoldig’iga ega bo’lsa, uning miqdori taxmin qilingan shubhali qarzga qisobga quyidagicha aks ettiriladi: 2003 yil 31 dekabr Shubhali qarzlar bo’yicha xarajat 1,659 Shubhali qarzlar zahirasi 1,659 Olinadigan veksellarni aks ettirish va o‘lchash Olinadigan veksel, bu ma’lum muddat ichida ma’lum summani to‘lash bo‘yicha yozma majburiyatdir. Vekselni imzolagan va shu bilan veksel bo‘yicha to‘lovni o‘z zimmasiga olgan shaxs veksel beruvchi deb ataladi. Veksel bo‘yicha to‘lovni oladigan shaxs remitent deb ataladi. Agar vekselning to‘lov muddati bir yildan kam bo‘lsa, u xolda remitent uni olinadigan veksellar sifatida balansning likvidli aktivlar bo‘limida aks etishi kerak, veksel beruvchi esa uni bershgan veksellar sifatida joriy majburiyatlar bo‘limida aks etishi kerak. Odatda, olinadigan veksellar quyidagi keltirilgan sabablarga ko‘ra qo‘llaniladi: To‘lov muddatining uzaytirilishi (muddati o‘tib ketgan olinadigan hisobvaraqning qoplanishi uchun). Hisobvaraq-faktura va boshka tijorat hujjatlariga nisbatan qarzning tasdiqlovchi muqimroq dalil ekanligi. Foizlarni undirib olish uchun rasmiy asos. Muomalaga chiqarish imkonining mavjudligi. Kreditlash bo‘yicha operasiyalar olinadigan veksellarning bosh manbai bo‘lib xizmat qiladi. Olinadigan veksellar shuningdek odatiy sotish natijasi bo‘lib, debitorlik qarzlarni qoplash, uzoq muddatli aktivlarni almashtirish, shuningdek xizmatchilarga berilgan bo‘naklarning vaqtini uzaytiradi. Kredit berilganda qarz oluvchisi veksel beruvchi, qarz beruvchisi esa veksel ushlovchi, ya’ni remitent hisoblaiadi. Tovar sotuvchidan xaridorga o‘tkazilganda, veksel berilganda, xaridor vekselni beruvchisi, sotuvchi esa vekselni ushlovchisi hisoblanadi. Vekselning to‘lov muddati - bu vekselning muomala muddati tugashidir, bu vaqtning ichida oxirgi to‘lov amalga oshirilishi kerak. Vekselda ko‘rsatilgan foiz stavkasi kreditga layoqatlilik va tavakkalchilikni baholashdagi majburiyatlar bo‘yicha qo‘llaniladigan bozor stavkasiga teng bo‘lmasligi mumkin. Lekin, e’lon qilingan stavka har doim foiz to‘lovlari aniqlanganida qo‘llaniladi. Agar e’lon qilingan stavka va bozor stavkasi mos kelmaganida, vekselni baholash va foiz bo‘yicha daromadni o‘lchash uchun bozor stavkasi qo‘llaniladi. Bozor stavkasi - bu qarama-qarshi manfaatli va operasiyaga jalb etilgan mustaqil tomonlar tarafidan qabul qilingan stavkadir. Buxgalteriya hisobi uchun agar qiymat yoki bozor stavkasi bo‘yicha veksel talab qilgan barcha pullik to‘lov joriy qiymati ma’lum bo‘lsa, vekselning asosiy summasi bozordagi qiymat yoki veksel o‘rniga sotilgan tovarning yoki ko‘rsatilgan xizmatning pullik qiymat ekvivalentlarida o‘lchanadi. Umumiy summa - bu foizni hisoblash uchun kerak bo‘lgan summadir. Umumiy summadan boshqa to‘langan xamma summalar foiz hisoblanadi. Vekselning nominal qiymati - bu vekselda ko‘rsatilgan pul summasi bo‘lib, uniig muomaladagi muddatining oxirida to‘lanadigan foizlar summasi qo‘shilmaydi. Umumiy summa nominal qiymatga teng bo‘ladi, agarda e’lon qilingan foiz stavkasi bozor foiz stavkasiga teng bo‘lsa. Vekselning aylanish muddati davomidagi umumiy foiz ko‘rinishidagi daromad pul tushumlarining umumiy summasidan nominal summaning ayirmasiga tengdir. Veksellarni foizli va foizsiz veksellarga ajratish mumkin. Foizli veksellar foizlar to‘lashni hisoblashda nominal qiymatga qo‘llaniladigan foiz stavkasini ifodalaydi. Foizsiz veksellarda foiz stavkasi ko‘rsatilmaydi, lekin u umumiy summadan yuqori bo‘lgan nominal qiymat orqali ifodalanadi. O‘z navbatida foizli veksellar talab kilingan pullik to‘lovlarga mos holda ikki turga ajraladi: (1) oddiy veksellar- yakuniy to‘lovdan boshqa, faqat foizlarning pullik to‘lovlari va (2)murakkab veksellar- pullik to‘lovlar o‘z ichiga foizlarni hamda asosiy summani oladi. Oddiy viksel f oiz xisoblanadigan davrning boshi v iksel nominali olingan summa bo’yicha kompaniya farmoishiga binoan: to’lash majburiyatini o’z zimmasiga olaman "Бир минг дол. 00 цент D D. ММ. 200хyil qo’shilgan yillik 8% asoslangan foiz Pemitent Qoplash sanasi Foiz stafkasi viksel beruvchi Oddiy veksellarning hisobida quyidagi atamalarni yaxshi tushunish zarur: qoplash muddati, vekselning muomala muddati, ssuda foizi va foiz stavkasi, to‘lov summasi, vekselning hisobi va hisob stavkasi, hisobga olingan vekselning to‘lovi. Qoplash muddati - vekselning to‘lov sanasidir. U to‘g‘ridan to‘g‘ri vekselda yoki boshqa yo‘l bilan ko‘rsatiladi. Quyidagi to‘lov sanalari ko‘prok ko‘rsatiladi: aniq sana, vekselning rasmiylashtirish sanasidan boshlab ma’lum oylarning soni; vekselni rasmiylashtirish sanasidan boshlab ma’lum kunlar soni. Vekselning muomala muddati kunlarda aniqlanadi, masalan 10 maydan 10 avgustgacha yozilgan vekselning muomala muddati 93 kunni tashkil etadi.
Ssuda foizi va foiz stavkasi kreditdan foydalanganligi uchun to‘lovni yoki berilgan kredit uchun mukofotni aks etadi. Ssuda foizining darajasi uch omilga bog‘liq: vekselning nominali, foiz stavkasi kreditning muddati. Foizning hisobi uchun quyidagi formula qo‘llaniladi: Download 186.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling