Mavzu: “Joriy aktivlar: Pul mablag’lari va ularning ekvivalentlari’’ Kurs ishi
I - BOB. PUL MABLAG’LARI VA ULARNING EKVIVALENTLARI
Download 186.5 Kb.
|
JORIY AKTIVLAR PUL MABLAG’LARI VA ULARNING
I - BOB. PUL MABLAG’LARI VA ULARNING EKVIVALENTLARI
1.1Joriy aktivlarning ta’rifi va ularning turkumlanishi. “Moliyaviy hisobotni tayyorlash va tuzishga oid tamoillar”ga muvofiq, aktivlar - bu qiymatdagi bahoga ega bo’lgan subyektning mulkiy va shaxsiy nomulkiy boyliklar huquqlaridir. Aktivda mujassamlangan kelgusi iqtisodiy naf bu - subyektning pul mablag’lari va ulaning ekvivalentlarining oqimiga bevosita yoki bilvosita yo’li bilan kirgan imkoniyatlaridir. Aktivlar aylanish muddati bo’yicha kuyishgicha bo’linishi mumkin: • uzoq muddatli (bir yildan ziyod) • qisqa muddatli yoki joriy (bir yilgacha) 1-sonli “Moliyaviy xisobotni taqdim etish”. MXXSga muvofiq aktiv qisqa muddatli sifatida quyidagi holatlarda turkumlanishi kerak: uni operasion siklning odatiy sharoitlarida sotish yoki sotish uchun saqlash yoki foydalanish uchun saqlashni nazarda tutiladi. u qisqa muddat ichida tijorat maqsadlarda saqlanadi va uni kompaniyaning xisobot davridan boshlab, 12 oy ichida sotish nazarda tutiladi, u foydalanish uchun cheklovlarga ega bo’lmagan pul mablag’lari yoki ularning ekvivalentlari sifatidagi aktivdir. Barcha boshqa aktivlar uzoq muddatli sifatida turkumlanishi zarur. Joriy aktivlarga quydagi moddalar kiradi: • ularni qayta ishlash yoki sotish muddatidan nazar tovar-moddiy zaxiralar; • xisobot davrdan boshlab bir yil ichida xisobdan chiqarilishi kerak bo’lgan kelgusi davr xarajatlari • pul mablag’lari foydalanish uchun chekllangan pul mablag’lari agar ushbu cheklovlar bir yil ichida bekor qilinadigan bo’lsa joriy aktivlarga kiritiladi. • qisqa muddatli investisiyalar. Agar ularni joriy qiymati balans qiymatidan farq qilsa unda ushbu investtitsiylar joriy qiymati bo’yicha aks ettiriladi, • xisobot davridan boshlab bir yillik qarzlar; • olinadigan xisobvaraqlar, • olinadigan veksellar; • asosiy xujalik shirkat va uning sho’ba korxonalari orasida ichki gurux operasiyalar natijasida paydo bo’lgan debitorlik qarzlar; Joriy aktivlar buxgalteriya balansida likvidllilik darajasi bo’yicha taqdim etiladi. Joriy aktivlar bo’limidagi besh asosiy elementlar: pul mablag’lari, kiska muddatli investitsiyalar, debitorlik qarzlari, TMZ, avvaldan to’langan xarajatlar. Pul mablag’lari ularning nominal qiymati bo’yicha, qisqa muddatli aktivlar - xaqqoniy qiymati bo’yicha debitorlik qarzlar-kelajakda olinishi kutilayotgan baxolangan qiymati buyicha, TMZlar-tannarxi yoki bozor qiymati va tannarxdan eng qichik bo’lgan qiymati bo’yicha, avvaldan to’langan xarajatlar - tannarxi bo’yicha aks etiriladi. Download 186.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling