Mavzu. Kadirlar boshqaruvida mehnat munosabatlari etikasi Reja
Personalni boshqarish maqsadlari
Download 40.28 Kb.
|
mustaqil iw
- Bu sahifa navigatsiya:
- Personalni boshqarish va ishlab chiqarish vazifalarining ozaro aloqadorligi.
Personalni boshqarish maqsadlari.
Personalni boshqarish konsepsiyasi korxona xodimlar salohiyatini shakllantirish va rivojlantirish bilan o’zaro bog’liq bo’lib, quyidagicha tabaqalanadi: Xodimlar salohiyatini shakllantirish - bu personal mehnat munosabatlarini personalni boshqarish xizmati tomonidan belgilangan tartib-qoidalar asosida tashkil etishdir. Mazkur kategoriya boshqaruvning barcha funktsiyalari (masalan, investitsiya menejmenti va personalni boshqarish, ishlab chiqarish menejmenti va personalni boshqarish) o’rtasidagi aloqadorlikni bog’lovchi jarayonlarni anglatadi. Bunda bog’lovchi jarayonlar sifatida kommunikatsiyalar va boshqaruv qarorlari namoyon bo’ladi. Korxonaning maxsus funktsiyalari aniq menejment: ishlab chikarish, moliyaviy, sayyohlik, munisipal, innovatsiya, investitsiya menejmentlarining o’ziga xos xususiyatlarini belgilaydi. Personalni boshqarish (personal menejmenti) esa barcha funktsiyalarga taalluqlidir. Chunki bu funktsiyalarning har birini ijrochi - boshqaruv personalisiz tasavvur etib bo’lmaydi. Personalni markazlashtirilgan holda boshqarish alohida funktsiya hisoblanib, alohida bo’limlar tomonidan bajariladi. Personalni markazlashtirilmagan holda boshqarish barcha bo’linmalar (bo’limlar, sexlar, xizmatlar, laboratoriyalar, sho’balar) rahbarlari faoliyatidir. Personalni boshqarish va ishlab chiqarish vazifalarining o'zaro aloqadorligi.
Boshqaruv vazifalari atrof-muhit omillari bilan bir qatorda personalni boshqarishning muayyan chegaralarini tashkil etadi. Personal bilan hamkorlik xodimlarni izlash va ularni korxonadagi ish joylariga taqsimlashdan boshlanadi. Bu ko’pgina tashqi va ichki ijtimoiy, ma’naviy, texnik-texnologik, iqtisodiy omillar bilan bog’liqdir: - mehnat munosabatlarining huquqiy shartlari va me’yorlari; - korxona va uning sheriklarining ijtimoiy tarkibi; - ishlab chiqarishni tashkil etish va uning texnologiyasi; - logistika; - xo’jalik faoliyati tamoyillari, ishchanlik faolligi konsepsiyasi, tadbirkorlikka munosabat; - korxona bo’linmalarining tadbirkorlik faoliyati, ular mustaqilligining darajasi; - korxonani boshqarishning tashkiliy tuzilmasi. Mehnat jarayoniningsamaradorligi turli sharoitlarga bog’liq holda uning qatnashchilari faolligi bilan belgilanadi. Bu sharoitlarni bilish xodimlar ishchanlik faolligiga ta’sir o’tkazish imkonini beradi. Download 40.28 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling