Mavzu: kanada davlatiga umumiiqtisodiy geografik ta’rifi reja: kirish


Download 1.99 Mb.
bet6/15
Sana19.06.2023
Hajmi1.99 Mb.
#1608304
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
Bekchanova Ruxsora kurs ishi

Mashinasozlik sanoatiga- jami sanoat mahsulot qiymatining va qayta ishlash sanoatida band sanoat ishchi xodimlarining 30 foizi to'g'ri keladi. Mamlakatda tez sur'atlar bilan o'sib borayotgan mashinasozlik tarmoqlari ichida transport (avtomobilsozlik, kemasozlik, temir yo'llarining harakatlanuvchi sostavlari) va qishloq xo'jalik mashinasozligi alohida ajralib turadi. Mamlakatda energetika hamda tog'-kon va o'rmon sanoati uchun asbob uskunalar ishlab chiqarish rivojlantirilgan, bo'lib Toronta, Monreal, Gamilton, Ottava, Galifaks, Vankuver kabi mashinasozlikning muhim markazlari shakillangan.
Kimyo sanoati-ushbu sanoat tarmog'i asosiy ximiya, mineral o'g'itlar, polimerlar, platmassalar, sintetik mahsulotlar ishlab chiqaradi. Kanada mineral o'g'itlar ishlab chiqarish bo'yicha dunyoda 4-chi o'rinda turadi. Mamlakatda Sarniya , Monreal, Toronta, Niagara-Fols, Kitchener kabi kimyo sanoatining muhim markazlari ishlab turibdi.
O'rmon sellyuloza-qog'oz sanoati- mamlakatning boy o'rmon resurslarga tayanib, so'nggi yillarda tez sur'atlarda rivojlanib bormoqda. Mazkur tarmoqda asosiy ishlab chiqarish mamlakatning sharqiy qismida va yirik gidroelektr stansiyalar joylashgan rayonlarda to'plangan. So'nggi yillarda sellyuloza-qog'oz ishlab chiqaruvchi korxonalar mamlakatning g'arbida Britaniya Kolumbiyasi provinsiyasida, Manitoba provinsiyaning shimolida, Albert, Soskachevan provinsiyalarida ham qurib ishga tushirildi. Kanada yog'och va qog'oz mahsulotlarini eksport qiluvchi mamlakatlardir. Xo’jaligi. Kanada — yuksak taraqqiy etgan industrial-agrar mamlakat. Yalpi ichki mahsulotda sanoatning ulushi 22 %, qishloq xoʻjaligi ulushi 2,2 %.
Aholi jon boshiga mineral xom ashyo va yarim fabrikatlar ishlab chiqarish jihatdan Kanada taraqqiy etgan koʻpgina mamlakatlardan ustunlik qiladi. Nikel, rux, kumush, molibden rudalari, asbest, oltin, platina, niobiy, tabiiy gaz, oltingurt qazib chiqarishda, gazetabop qogʻoz, alyuminiy, sellyuloza, tilingan binokorlik yogʻochlari ishlab chiqarishda dunyoda oldingi oʻrinlardan birida turadi. Kanadada koʻmir, neft, temir rudasi, volfram, uran (metall tarkibidagi ruda), kaliyli tuzlar, oltingugurt qam qazib chiqariladi. Yiliga oʻrtacha 490,8 mlrd. kVt-soat elektr energiya hosil qilinadi. Toronto, Vankuver va Ontario atrofida bir kancha yirik issiqlik elektr stansiya va AES bor. Asosiy GESlari Kvebek, Ontario va Britaniya Kolumbiyasi viloyatlarida. Ishlab chiqaruvchi sanoatda oziq-ovqat va tamaki sanoati’, qora va rangli metallurgiya hamda metall ishlash, transport mashinasozligi va b. tarmoqlar yetakchi oʻrinda.
Mashinasozlik ishlab chiqaruvchi sanoat mahsuloti qiymatining 1/2 qismini beradi. Uning asosiy tarmogʻi — transport mashinasozligi (avtomobil, kema, aviatsiya, vagon va lokomotivso zli k). Boshqa sanoat tarmoqlaridan qishloq xoʻjaligi mashinasozligi, neft va gaz sanoati, kon, oʻrmon va sellyuloza-qogʻoz sanoati uchun uskunalar ishlab chiqarish kor-xonalari yaxshi rivojlangan. Mashinasozlikning asosiy markazlari: Toronto, Montreal, Uinsor, Gamilton va b. Kora metallurgiya Gamilton, Su-Sent-Mari, Uellend va Sidni shaharlarida, alyuminiy, rangli metallar ishlab chiqarish Arvid, Kitimat, Norand, Sadberi, Tompson, Traylda toʻplangan. Neftni kayta ishlash zavodlari Montreal va Sarniyada joylashgan. Kimyoviy oʻgʻitlar, sintetik kauchuk va plastmassa ishlab chiqarish rivojlangan. Asosiy markazlari: Sarniya, Montreal, Toronto, NiagaraFole va Kitchener. Un tortish, goʻsht, baliq-konserva va likyor-araq ishlab chiqarish oziqovqat sanoatining asosiy tarmoqlari boʻlib, ular muhim eksport ahamiyatiga ega. Yengil sanoat tarmoqlaridan toʻqimachilik, koʻn-poyabzal va tikuvchilik nisbatan yaxshi rivojlangan. Mahsulotning yarmi Montrealda ishlab chiqariladi. Tilingan taxta, gazetabop qogʻoz, karton ishlab chiqarish markazlari: Britaniya Kolumbiyasi va Kvebek viloyatlari. Kishloq xoʻjaligi sermahsul, fermalari mexanizatsiyalashgan va ixtisoslashgan. K-xga yaroqli yerlarning U4 qismiga yaqini yirik xoʻjaliklarga birlashgan. 70 mln. gektar yer fermalar bilan band. Dehqonchilik ustun. Gʻalla (bugʻdoy, arpa, suli, makkajoʻxori), texnika ekinlari (qand lavlagi, soya, zigʻir, tamaki), oʻt va yem-xashak, sab-zavot, kartoshka, raps yetishtiriladi. Fermalarning 9/yu kismi elektrlashtirilgan. Don xoʻjaligi rivojlangan asosiy joylar: dasht viloyatlari, ay-niqsa, Saskachevan va Manitoba. Yetishtirilgan bugʻdoyning ‘/2 qismidan ziyodrogʻi, arpa hosilining ‘/3 qismi chetgachiqariladi. Sut chorvachiligi Ontario, Kvebek va Britaniya Kolumbiyasi viloyatlarida rivojlangan. Chorvachiligida qoramol, choʻchqa, qoʻy va ot boqiladi. Qishloq xoʻjaligi mahsulotining 60 % ga yaqinini chorvachilik yetishtirib beradi.
Oʻrmon xoʻjaligi Britaniya Kolumbiyasi, Kvebek va Ontarioda yaxshi rivojlangan. Jahonda tayyorlanadigan yogʻochning ‘/yu Kanadaga toʻgʻri keladi. Baliq-chilik, hayvonotchilik, parrandachilik, moʻynachilik rivojlangan.Hozirgi Kanada AQSH, Yaponiya, Germaniya, Buyuk Britaniya, Fransiya, Italiya davlatlari bilan birga «katta yettilik» mamlakatlar guruxiga kirib, xorijiy dunyoning industrial yetakchi mamlakatlaridan biridir. Mamlakatda qisqa tarixiy vaqt davomida bozor munosabatlariga asoslangan iqtisodiyot barpo etildi.
Kanada xorijiy dunyoda nikel, rux, asbest,kaliy tuzlari va gazeta qog'ozlari ishlab chiqarish bo'yicha yetakchi mamlakatdir. Bundan tashqari mamlakat oltin, kumush, uran, molibden, titan, gips, oltingugurt, kobalt, temir rudasi, mis qazib chiqarishda yetakchi o'rinlarni egallaydi. Kanada qazib oluvchi sanoat mahsulotlari xom-ashyo va yarim fabrikatlarning jami 80 foizini jahon bozoriga chiqaradi. Mamlakat eksportining 70 foizi AKShga to'g'ri keladi.
Kanadada qishloq xo'jaligida foydalaniladigan yerlarning umumiy maydoni 79 mln gektarni tashkil etadi. Mamlakatning shimolidagi bepoyon hududlarida tovar qishloq xo'jaligini rivojlantirish uchun iqlim sharoitlaridan foydalanish noqulay. Kanada shimoliy hududlarida yashovchi tub aholining asosiy xo'jaligi, o'tmishda bo'lgani singari dengiz ovchiligi, baliqchilik, tundraning kontinental qismida esa bug'u va mo'ynali hayvonlar ovchiligi kabi an'anaviy tarmoqlar tashkil etadi.
Kanadada qishloq xo'jaligida foydalaniladigan yerlar tarkibida haydaladigan yerlar katta qismini ya'ni 60 foizni egallaydi. Shudgor qilinadigan yerlarning katta qismi 75 foizi janubdagi Dasht provinsiyasida joylashgan.
Mamlakatning bosh qishloq xo'jaligi rayoni Dasht provinsiyasi (Soskachevan, Albert, Manitoba provinsiyalari) va (Ontario, Kvebek) provinsiyalari hisoblanadi. So'nggi yillarda Uzoq G'arbning qishloq xo'jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarishdagi hissasi oshmoqda.
Dasht provinsiyalari don yetishtirishdagi yaylov go'sht qoramolchiligi va qo'ychilikning go'sht-jun mahsulotlari yetishtirishga ixtisoslashgan. Mamlakatda Saskachevan provinsiyasi asosiy bug'doy yetishtiruvchi provinsiyasi hisoblanadi. (Ushbu provinsiya gerbida-uchta bug'doy boshog'i tasvirlangan). Kanada dunyoda donli ekinlar yalpi hosili bo'yicha beshinchi o'rinda turadi. Bug'doy yetishtirish, ayniqsa uni eksport qilish bo'yicha esa yetakchi mamlakatlar guruxiga kiradi. (Kanada bug'doy eksporti qilish bo'yicha dunyoda ikkinchi o'rinda turadi).
Ko'lbo'yi rayonida chorvachilikning sut va go'sht yetishtirish yo'nalishi, cho'chqachilik, parrandachilik va dehqonchilikning sabzavotchilik, Niagara rayonida esa mevachilik tarqalgan. Mamlakatdagi eng kichik va aholis, qishloq xo'jaligiga ixtisoslashgan Shaxzoda Eduard oroli provinsiyasi o'zining dunyoda eng yirik kartoshkalari bilan mashhur, bu yerda yetishtirilgan sifatli kartoshka urug'lari dunyoning ko'plab mamlakatlariga eksport qilinadi.
Kanadaning Yangi Shotlandiya va Britaniya Kolumbiyasida mevachilik rivojlangan. Ayniqsa olma yetishtirish Yangi Shotlandiya provinsiyasida rivojlangan. Shuningdek bu yerda Kanada uchun xos uzum yetishtirish va vino ishlab chiqarish, olma, nok, olcha, shaftoli, o'rik yetishtirish yo'lga qo'yilgan. Mamlakatda baliqchilik rivojlangan.



Download 1.99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling