Mavzu: Kanallarni va paketlarni komutatsiyaga EGA bo’lgan tarmoqlar, ularni ishlash prinsipi, afzaliklari va kamchiliklari. Reja: Paket va kanallarni kommutatsiyalash Paketlar kommutatsiyalanadigan Paketlarni buferlashtirish


Tebranuvchi trafikni uzatishdagi samarasizlik


Download 0.62 Mb.
bet4/7
Sana23.04.2023
Hajmi0.62 Mb.
#1384740
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Kanallarni va paketlarni komutatsiyaga EGA bo’lgan tarmoqlar, ul

Tebranuvchi trafikni uzatishdagi samarasizlik. Kanallarni kommutatsiyalovchi tarmoqlar foydalanuvchining trafigini samarali uzatadi, qachonki aloqa vaqti davomida uning tezligi doimiy bo’lsa va jismoniy aloqa yo’lining qayd qilingan o’tqazish xususiyatiga maksimal ravishda mos bo’lsa. Abonentlar tomonidan xosil qilinadigan axborot oqimi tebranuvchi xarakterda bo’lsa tarmoqning samaradorligi kamayadi.
Shundek qilib, telefon orqali so’zlashishlar, odamlar doimiy ravishda so’zlash jadalligini o’zgartirib turadilar, yani jim turish bilan tez gapirish xollari. Natijada mos “tovush” axborot oqimlari notekis bo’lib qoladi, demak, axborot uzatish samaradorligi kamayadi. To’g„ri, telefonda so’zlashish xolatida bu kamayish sezilarsiz darajada bo’lganligi tufayli, tovush trafigini uzatish uchun kanallarni kommutatsiyalovchi tarmoqlarni keng miqyosda ishlatish mumkun bo’ladi.
Kanallarni kommutatsiyalashli tarmoqning samaradorlikni ancha ko’p kamayishi kompyuter trafigi deb ataluvchi trafikni uzatilganda kuzatiladi – yani, kompyuter foydalanuvchisi ishlayotgan kompyuterdagi ilovalar xosil qilgan trafik. Bu trafik amaliy jixatdan deyarli xar doim tebranuvchi trafikdir. Masalan, Siz Internetdan navbatdagi saxifani yuklayotganingizda trafik tezligi keskin oshib ketadi, yuklash tugagandan so’ng esa trafik amaliy jixatdan nolgachan tushib ketishi mumkun. Agarda Siz bayon qilingan Internetga ulanish uchun kanallarni kommutatsiyalovchi tarmoqni ishlatsangiz, u xolda Sizning kompyuteringiz va veb-server orasidagi tashkiliy kanal vaqtning ko’p qisimida bo’sh turib qoladi. Shu bilan bir vaqtda tarmoq samaradorligining bir qismi Sizga biriktirilgan bo’lib qoladi va tarmoqning boshqa foydalanuvchilariga xizmat qila olmaydi. Tarmoq bundek vaqtlarda metroning bo’sh eskalatoriga o’xshab qoladi, u xarakatlanadi lekin foydali ish bajarmaydi.
Notekis kompyuter trafigini samarali uzatish uchun maxsus paketlarni kommutatsiyalash texnikasi yaratilgan.

Paketlar kommutatsiyalanadigan tarmoqlar.


Asosi paketlarni kommutatsiyalash bo’lgan tarmoqlar nisbattan yoshdir, ular birinchi global tarmoqlar ustida olib borilgan tajribalar natijasida 60 yillar oxirida paydo bо'lgan.
Paketlar kommutatsiyalanadigan tarmoqlar xuddi kanallarni kommutatsiyalanadigan tarmoqlar kabi jismoniy aloqa yo’llari bilan ulangan kommutatorlardan tashkil topgandir. Biroq bu tarmoqlarda axborotlarni uzatish butunlay boshqacha amalga oshiriladi. Masalan, u axborotlarni uzatish uchun bu axborotlar uzatiladigan yo’l bo’ylab aloqa yo’lini zaxiralash xaqida qayg„urmasdan va ta‟lab etilgan o’tkazish xususiyatini kafolatlamasdan xam axborotni qabul qila oladi. Paketlar kommutatsiyalanadigan tarmoqlar o’z abonenlari uchun oldindan aloxida, faqat ular uchun ajratilgan aloqa kanallarini yaratmaydi. Axborotlar ushlanishi mumkun va xatto yo’lda yo’qolishi xam mumkun. Paketlar kommutatsiyalanadigan tarmoqlar bundek tartibsizlikda va noaniqlikda qanday qilib axborotlarni uzatishdek muxum vazifani bajara oladilar?
Paketlar kommutatsiyalanadigan tarmoqlarni ishlashining muxum tamoili, tarmoqdan uzatiladigan axborotni bir – biridan ajratilgan axborotlar bo’lagida xavola qilishdan iborat, uni paketlar (shu bilan bir qatorda ularni yana “kadr”, “freym”, “yacheyka” atamasi bilan xam nomlanadi) deb nomlanadi.
Paket sarlovxa bilan ta‟minlangan, unda borishi kerak bo’lgan manzil va boshqa qabul qiluvchiga yetqazish uchun ishlatiladigan yordamchi axborotlardan (axborotlar maydonining uzunligi, nazorat yig„indisi va xokazolar) tashkil topgan bo’ladi.
Paketlarni kommutatsiyalash texnologiyasining aniq bir muxitga joriy etilishiga qarab paketlar qayd qilingan yoki o’zgaruvchan uzunlikka ega bo’lishi mumkun, shuningdek paket sarlovxasida joylashgan axborot tarkibi xam o’zgarishi mumkun. Masalan, ATM texnologiyasida paketlar (unda yacheyka deb ataladi) qayd qilingan uzunlikka ega, Ethernet texnologiyasida esa paketni (kadrni) faqat minimal va maksimal bo’lishi mumkun bo’lgan uzunligi o’rnatilgan.
Paketlar kommutatsiyalanadigan tarmoqlarda axborot oqimi bo’lib, umumiy belgilar to’plami bilan birlashgan, ularni umumiy tarmoq trafigidan ajratib turuvchi paketlar jamlamasiga aytiladi. Ko’pincha oqim belgisi sifatida axborotni jo’natiladigan manzili xizmat qiladi. Shundek qilib, bitta manzilga yo’naltiriladigan barcha paketlar oqimni tashkil qiladi.
Kanallarni kommutatsiyalanadigan tarmoqlaridagi kabi paketlarni kommutatsiyalanadigan tarmoqlarda xam xar bir oqim uchun qo’lda yoki avtomatik ravishda yo’nalish aniqlashtiriladi, ular kommutatorlarda saqlanuvchi ulanishlar jadvalida qayd qilinadi. Paketlar kommutatorlarga kelgach, sarlovxasidagi axborotga asosan va ulanishlar jadvaliga asosan ishlov beriladi va u yoki bu yo’nalish bo’yicha yо’naltirilad i.

Bitta oqimga yoki boshqa turli axborot oqimlariga tegishli bo’lgan paketlar tarmoqdan uzatilayotganda o’zaro “aralashib” ketishi mumkun, navbatlar xosil qilishi mumkun va bir-birini “tormozlashi” mumkun. Paketlarning yo’lida turli o’tqazish xususiyatga ega bo’lgan aloqa yo’llari uchrashi mumkun. Bir kun va tun davomida aloqa yo’lining yuklanganlik darajasi xam o’zgarishi mumkun. Bunday sharoitda bitta oqimga tegishli bo’lgan paketlar tarmoq bo’ylab turli tezlikda xarakatlanadigan xol bo’lib qolishi mumkun va xatto belgilangan joyga paketlar jo’natilgan tartibda kelmasligi xam mumkun.


Axborotlarni paketlarga ajratish tekis bo’lmagan kompyuter trafigini kanallarni kommutatsiyalanadigan tarmoqlarga qaraganda ancha samarali uzatishi mumkun. Bu quyidagicha tushuntiriladi, aloxoda kompyuterlardagi trafikni tebranishi tasodifiy xolat bo’lib va ular vaqt bo’yicha taqsimlanganda cho’qqilari qo’pincha bir-biriga duch kelmaydi. Shuning uchun aloqa yo’li ko’p sonli oxirgi tugun trafigini uzatayotganda, jamlangan oqimda tebranishlar tekislashadi va uning o’tkazish xususiyati ancha samarali ishlatiladi, uzoq vaqt bo’sh turib qolmasdan. Bu jaroyon 1.30-chizmada namoyish etilgan, unda tarmoqqa 3, 4 va
10 oxirgi tugunlardan kelayotgan bir xil bo’lmagan paketlar oqimi ko’rsatilgan (1.29-chizmaga qaralsin). Faraz qilaylik, bu oqimlar 8 kommutator yo’nalishi bo’yicha uzatilmoqda deb, demak, 5 va 8 kommutatorlari o’rtasidagi aloqa yo’lidan oqimlar o’tishida bir-biri bilan ustma-ust tushadi. Natijada xosil bo’ladigan jamlangan oqim uni tashkil etuvchi aloxida oqimlarga qaraganda ancha bir tekisda bo’ladi.


тугундан оқим 5- коммутатор томонга
тугундан оқим 5- коммутатор томонга


10- тугундан оқим 5- коммутатор томонга
5- коммутатордан жамланган оқим 8- коммутатор томонга

1.30-chizma. Paketlarni kommutatsiyalash tarmoqlarida trafikni tekislash.




Download 0.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling