Mavzu: Kanallarni va paketlarni komutatsiyaga EGA bo’lgan tarmoqlar, ularni ishlash prinsipi, afzaliklari va kamchiliklari. Reja: Paket va kanallarni kommutatsiyalash Paketlar kommutatsiyalanadigan Paketlarni buferlashtirish


Download 0.62 Mb.
bet7/7
Sana23.04.2023
Hajmi0.62 Mb.
#1384740
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Kanallarni va paketlarni komutatsiyaga EGA bo’lgan tarmoqlar, ul

Paketlarni kommutatsiyalovchi tarmoqdagi oxirgi tugunlarni ulovchi yagona, oldindan o’rnatilib qayd qilingan yo’nalish virtual kanal deb ataladi.
Virtual kanallar turg„un axborot oqimlari uchun o’rnatiladi. Umumiy trafikdan axborot oqimini ajratib olish maqsadida shu oqimning xar bir paketi maxsus alomat ko’rinishi bilan belgilanadi – tamg‘a (belgi).
Mantiqiy ulanish o’rnatiladigan tarmoqlaridek virtual kanalni o’rnatish ma‟nba – tugundan maxsus paketni (ulanish o’rnatishga so’rov) jo’natishdan boshlanadi. So’rovda jo’natilish manzili va oqim belgisi ko’rsatiladi, uning uchun bu virtual kanal o’rnatiladi. So’rov tarmoq orqali o’tib jo’natuvchidan to qabul qiluvchining yo’lida joylashgan xar bir kommutatorda yangi yozuv xosil qiladi. Yozuv o’rnatilgan belgiga ega bo’lgan paketga kommutator qandek xizmat ko’rsatishi xaqida ma‟lum qiladi. Xosil qilingan virtual kanal o’sha belgi bilan idetifikatsiyalanadi.
Virtual kanal o’rnatilgandan so’ng tarmoq u orqali tegishli axborot oqimini uzatishi mumkun. Foydalanuvchining axborotlarini tashuvchi barcha paketlarda jo’natilishi kerak bo’lgan manzil endi ko’rsatilmaydi, uning vazifasini virtual kanal belgisi bajaradi. Kommutatorning kirish interfeysiga paket kelganda kelgan paketning sarlovxasidan belgi qiymatini o’qiydi va o’zining ulanishlar jadvalini ko’rib chiqadi, u jadvaldan kelgan paketni qaysi chiqish portiga paketni berish kerakligini aniqlaydi.






1.33-chizmada VC1 va VC2 belgilar bilan identifikatsiyalanuvchi ikki virtual kanal (Virtual Chanel, VC) o’tkazilgan tarmoq keltirilgan. Birinchisi 7 manzilli oxirgi tugundan, oraliqdagi 1 va 5 kommutatorlar orqali 4 manzilli oxirgi tugungachan. Ikkinchi virtual kanal VC2 axborotlarni 2 – 1 – 8 – 11 yo’ldan o’tishini ta‟minlaydi. Umumiy xolda ikki oxirgi tugunlar o’rtasida bir necha virtual kanallar o’tkazish mumkun, masalan, 7 va 4 tugunlar o’rtasida 8 oraliqdagi kommutator orqali yana bitta virtual kanal o’tishi mumkun. Chizmada ko’rsatilgan ikki paketning sarlovxalarida oqimlarning VC1 va VC2 belgilari keltirilgan, bu belgilar jo’natilishi kerak bo’lgan manzil vazifasini bajaradilar. Virtual kanallarni ishlatuvchi tarmoqlarda kommutatsiyalash jadvali deytagrammali tarmoqlardagi kommutatsiyalash jadvlidan farq qiladi. Jadval deytagramma algoritmli tarmoqlardagi bo’lishi mumkun bo’lgan barcha paket jo’natiladigan manzillar xaqida yozuvga ega bo’lmay, faqat kommutator orqali o’tuvchi virtual kanallar xaqidagi yozuvdan iborot bo’ladi. Odatda katta tarmoqlarda tugun orqali o’tkazilgan virtual kanallar soni tugunlarning umumiy soniga nisbattan ancha kam, shuning uchun bu xolda kommutatsiyalash jadvallari xam ancha qisqa, buning natijasida kommutator tomonidan jadvalni taxlil qilish xam kam vaqtni oladi. Shu sababli belgi oxirgi tugun manziliga qaraganda ancha qisqa va virtual kanalli tarmoqlarda paketning sarlovxasi tarmoq bo’ylab uzun manzilni olib o’tish o’rniga ixcham bo’lgan oqimning identifikatorini olib o’tadi.
Bir tarmoq texnologiyasi doirasida axborotlarning xarakatlanishining turli usullari tadbiq etilgan bo’lishi mumkun. Deytagrammali IP protokol Internetni tashkil etuvchi aloxida tarmoqlararo axborotlarni uzatish uchun ishlatiladi. Shu bilan bir vaqtda shu tarmoqning oxirgi tugunlari o’rtasida axborotlarni ishonchli yetkazish uchun TSR protokoli shug„ullanadi, u yo’nalishni qayd qilmasdan mantiqiy ulanish o’rnatadi. Va nixoyatda Internet – bu virtual kanallar texnikasini ishlatuvchi tarmoqqa misol, chunki Internet tarkibida virtual kanallarni quvvatlovchi ATM va Frame Relay tarmoqlari kam emas.

Download 0.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling