Mavzu: Kanallarni va paketlarni komutatsiyaga EGA bo’lgan tarmoqlar, ularni ishlash prinsipi, afzaliklari va kamchiliklari. Reja: Paket va kanallarni kommutatsiyalash Paketlar kommutatsiyalanadigan Paketlarni buferlashtirish
Download 0.62 Mb.
|
Kanallarni va paketlarni komutatsiyaga EGA bo’lgan tarmoqlar, ul
Elementar kanal (yoki oddiy kanal ) – bu kanallarni kommutatsiyalash tarmoqlarini asos texnik tavsifi bo’lib, ushbu tarmoq turi doirasida qandaydir qayd qilingan o’tqazish xususiyatining qiymatidir. Kanallarni kommutatsiyalash tarmoqlarida xar qandek aloqa yo’li ushbu tarmoq turi uchun qabul qilingan elementar kanalga bo’linuvchi o’tqazish xususiyatiga ega. (Oldingi bo’limlarda biz “kanal” atamasini “aloqa yо’li” atamasining sinoniumi sifatida ishlatgan edi.
Kanallarni kommutatsiyalash tarmoqlari xaqida gapirar ekanbiz biz “kanal” atamasiga o’tqazish xususiyatini birligining qiymati sifatida ishlatdik). Elementar kanal qiymati yoki boshqacha qilib aytganda, aloqa yo’lini o’tqazish xususiyatining minimal birligi turli omillardan kelib chiqqan xoldan tanlanadi. Biroq elementar kanalni taklif etilgan yuklamani uzatish uchun zarur bo’lgan minimal o’tqazish xususiyatidan kam tanlash kerak emas. Masalan, bugungi kunda ananaviy telefon tarmoqlaridagi elementar kanallarni eng ko’p tarqalgan qiymati 64 Kbayt/s – bu tovushni sifatli raqamli uzatish uchun minimal yetarli tezlikdir (Siz tovushni raqamli shaklga o’zgartirish xaqidagi ma‟lumot bilan “ATM texnologiyasi” bayon etilgan bo’limda tanishishingiz mumkun). Kanallarni kommutatsiyalanadigan tarmoqlarda aloqa yo’llari (kompyuter tarmoqlarining boshqa turlaridagi kabi) turli o’tqazish xususiyatiga ega, biri – katta, boshqasi esa – kichik. Turli tezlik sifatiga ega bo’lgan aloqa yo’lini tanlanar ekan, tarmoqni loyixalashtiruvchi mutaxassislar axborot oqimining turli jadalligini xisobga olishga urinadilar, ular tarmoqning turli qismlarida xosil bо’lishi mumkun tarmoq markaziga qancha yaqin bo’lsa, shuncha о’tkazish xususiyati yuqori, chunki magistral yo’llar ko’p sonli tashqi aloqa yo’llar trafigini birlashtiradi. Xar bir aloqa yo’lining o’tkazish xususiyati elementar kanallarning butun soniga teng bo’lishi kanallarni kommutatsiyalanadigan tarmoqlarning xususiyatidir. Shunday qilib, abonentlarni telefon tarmog„iga ulash uchun ishlatiladigan aloqa yo’li, 2, 24 yoki 30 ta elementar kanallardan iborat bo’lishi mumkun, kommutatorlarni birlashtiruvchi yo’llar esa – 480 yoki 1920 ta kanallardan iborat bo’lishi mumkun. Faraz qilaylik bu tarmoq R bit/s elementar kanal bilan tavsiflanadi. Tarmoqda 2, 3, 4 va 5 elementar kanallardan tashkil topgan turli o’tkazish xususiyatli aloqa yo’llari mavjut bo’ladi. Chizmada aloqa vaqtida (telefonda suxbatlashishda) to’rtta kommutator (S1, S2, S3 va S4) orqali o’tuvchi axborot oqimini xosil qiluvchi ikki abonent A va V keltirilgan. Shuningdek abonentlar o’rtasidagi axborot oqimining jadalligi 2R bit/s dan oshmaydi deb faraz qilaylik. U xolda bu ikki abonetni o’zaro axborot almashuvi uchun o’z ixtiyorlarida bir juftdan xar bir aloqa yo’lidan “ajratilgan” elementar kanallarga ega bo’lsa yetarlidir (A punktdan V punktga axborotni uzatish yo’lidagi yo’nalishida yotuvchi). Chizmada A va V abonentlarga zarur bo’lgan bu elementar kanallar qalin chiziq bilan ko’rsatilgan. Download 0.62 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling