Mavzu: Kanallarni va paketlarni komutatsiyaga EGA bo’lgan tarmoqlar, ularni ishlash prinsipi, afzaliklari va kamchiliklari. Reja: Paket va kanallarni kommutatsiyalash Paketlar kommutatsiyalanadigan Paketlarni buferlashtirish


Download 0.62 Mb.
bet3/7
Sana23.04.2023
Hajmi0.62 Mb.
#1384740
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Kanallarni va paketlarni komutatsiyaga EGA bo’lgan tarmoqlar, ul

Tashkiliy kanal. Elementar kanallarni kommutatsiyalash (ulanishlar) orqali qurilgan aloqa tashkiliy kanal deb ataladi. Ko’rilayotgan misolda A va V abonentlarni ulash uchun 2 ta elementar kanalli “qalinlik” dagi tashkiliy kanal xosil qilingan. Agarda bizning farazimizni o’zgartirib va taklif etiladigan yuklama
R bit/s dan oshmasligi kafolatlanadi deb xisoblansa, u xolda abonentlarning ixtiyorlarida tashkiliy kanalni 1 ta elementar kanal “qalinligi” da ega bo’lsalari yetarli bo’ladi. Abonentlar axborotlar bilan jadal almashayotgan vaqtda tashkiliy kanalning o’tkazish xususiyatiga ancha yuqori talab qo’yishlari xam mumkun. Buning uchun ular o’zlariga xar bir aloqa yo’lida ko’p (lekin albatta barcha aloqa yo’llari uchun bir xil) sonli elementar kanallarni zaxiralashlari kerak bо’ladi.

В абанент
А абанент

1.27-chizma. Kanallarni kommutatsiyalash tarmog’ida tashkiliy kanal.



Tashkiliy kanallarning quyidagi xususiyatlarini qayd qilib o’tamiz:
tashkiliy kanal o’zining uzunligini oxirigachan bir xil sondagi
elemetar kanallardan iborat bo’ladi;
tashkiliy kanal o’zining uzunligini oxirigachan doimiy va qayd qilingan o’tqazish xususiyatiga ega bo’ladi;
tashkiliy kanal ikki abonentning aloqa vaqti uchu vaqtinch
aloqa vaqtida tashkiliy kanal tarkibiga kiruvchi barcha elementar kanallar to’liq abonentlar ixtiyoriga o’tadi (shu abonetlar uchun yaratilgan tashkiliy kanl);
aloqa vaqti davomida abonentlar tarmoqqa tashkiliy kanal tezligidan ortiq bo’lmagan tezlikda axborot uzatishlari mumkun;
tashkiliy kanalga berilgan axbort bu axborotni so’ragan abonentga vaqt bo’yicha ushlamasdan, yoqotmasdan va shu vaqt davomida tarmoqda boshqa ulanishlar bo’lishidan qatiy nazar axborot uzatilgan ma‟nba tezligida kafolatlangan ravishda yetkaziladi;
aloqa vaqti tugagandan so’ng tegishli tashkiliy kanal tarkibiga kiruvchi elementar kanal bo’sh deb e‟lon qilinadi va boshqa abonetlar tomonidan ishlatish uchun taqsimlanuvchi resurslar ixtiyoriga qaytariladi.
Tarmoqda bir vaqt davomida bir necha aloqa vaqti amalga oshiriladi (telefon tarmoqlari uchun oddiy xol, vir vaqt davomidv yuzlab va minglab abonentlarning gaplari uzatiladi). Aloqa vaqtlar o’rtasida tarmoqni taqsimlash elementar kanallar darajasida sodir bo’ladi. Masalan, A va V abonetlar uchun S2 – S3 aloqa yo’llarida ikkita kanalni qanday ajratilganligini biz faraz qilishimiz mumkun, qolgan uchta elementar kanal shu vaqtda shu aloqa yo’li orqali o’tuvchi qolgan uchta boshqa aloqa vaqti uchun taqsimlandi (1.27-chizmaga qaralsin). Bundek multipleksirlash bir vaqtda xar bir jismoniy kanal orqali bir necha mantiqiy ulanishlar trafigini o’tqazish imkoniyatini beradi.
Multipleksirlash abonentlar resurslar (bizning xolda elementar kanal) uchun raqobatlashishga majbur ekanliklarini bildiradi. Bo’lishi mumkin qandaydir oraliq aloqa yo’li bo’sh elementar kanalini ishlatib bo’lgan, u xolda uning yo’nalishi ushbu aloqa yo’lidan o’tadigan bo’lsa yangi aloqa vaqti sodir bo’la olmaydi.
Budek xollarni bila olish uchun kanallarni kommutatsiyalovchi tarmoqlarda axborot almashuvidan oldin ulanishlarni о‘rnatish amali bajariladi. Bu amalga binoan aloqa vaqti kerak bo’lgan abonent (masalan, bizning xolda A abonent) kommutatsion tarmoqqa sо‘rov – ma‟lumot jo’natadi, unda chaqiruvchi abonent manzili bo’ladi, masalan, V abonent.
So’rovning maqsadi – chaqiruvchi va chaqiriluvchi abonentlar o’rtasida tashkiliy kanal xosil qilish mumkunligini tekshirishdan iboratdir. Buning uchun ikki shart bajarilishi talab etiladi: xar bir aloqa yo’lida A bilan V o’rtasida yotuvchi zarur bo’lgan sondagi bo’sh elementar kanallar mavjutligi va shuningdek chaqirilayotgan abonentning boshqa ulanishda band bo’lmasligi.
So’rov ushbu juft abonentning axborot oqimi uchun aniqlangan yo’nalish bo’yicha xarakatlanadi. Bunda oqimning global belgisiga (chaqirilayotgan abonent manzili) mos ravishda qo’yiluvchi kommutatsiyalashning global jadvali ishlatiladi,
kommutator interfeysining identifikatori (bundek jadvallarni ko’pincha yo’naltirish jadvali deb ataladi).
Agarda so’rovni A abonentdan V abonentga o’tishi natijasida ulanishni o’rnatishga xech qanday to’siq yo’qligi aniqlansa, tashkiliy kanalni qayd qilish sodir bo’ladi. Buning uchun A dan V gachan bo’lgan yo’l bo’ylab barcha kommutatorlarda kommutatsiyalashning maxalliy jadvaliga yozish amalga oshiriladi, unda bu aloqa vaqti uchun zaxiralangan oqimning maxalliy belgisi bilan elementar kanal nomerining mosligi ko’rsatiladi. Faqat shundan so’ng tashkiliy kanal o’rnatilgan deb xisoblanadi va A va V abonentlar o’zining aloqa vaqtini boshlashlari mumkun bo’ladi.
Shundek qilib, kanallarni kommutatsiyalash tarmoqlarida axborotlarni xarakatlanishi ikki bosqichda amalga oshiriladi.
Tarmoqqa xizmatchi so’rov – ma‟lumot keladi, unda chaqirilayotgan abonent manzili bo’ladi va tashkiliy kanalni ulanishi tashkillashtiriladi.
Tayyorlangan tashkiliy kanal bo’yicha asosiy axborotlar oqimi o’tkaziladi, uni uzatish uchun endi xech qanday yordamchi axborot talab etilmaydi, shu jumladan chaqirilayotgan abonent manzili xam. Kommutatorlarda axborotlarni kommutatsiyalash maxalliy belgi asosida amalga oshiriladi – elementar kanal nomerlari orqali.
Ulanishni o’rnatishga so’rov xar doim xam muvaffaqiyatli bo’lavermaydi. Agarda chaqiruvchi va chaqiriluvchi abonentlar o’rtasidagi yo’lda bo’sh elementar kanallar bo’lmasa yoki chaqirilayotgan tugun band bo’lsa, u xolda ulanish о‘rnatilishi bekor qilinadi. Masalan, agarda A va V abonentlar o’rtasidagi aloqa vaqtida S abonent tarmoqqa D abonent bilan ulanish o’rnatilishiga so’rov jo’natsa, u xolda S abonent so’rovi bekor qilinadi, chunki unga zarur bo’lgan S3 va S4 kommutatorlarning aloqa yo’lini tashkil etuvchi ikki elementar kanallar A va V abonentlarni ulash uchun ajratib bo’lingan (1.28-chizma). Ulanish o’rnatilishi bekor qilinganda, tarmoq chaqiruvchi abonentni maxsus xabar bilan xabardor qiladi. Tarmoqda qancha yuklama ko’p bo’lsa, yani tarmoq shu vaqtda qancha ko’p ulanishlarni quvvatlasa, yangi ulanish so’rovini qoniqtirishni bekor qilish extimoli shuncha ko’p bo’ladi.
Biz ulanishlar o’rnatishni dinamik avtomatik ish tartibini bayon qildik, u abonentlarni tarmoqda ulanishlarini o’rnatishga xizmatchi so’rov-xabar jo’nata olish imkoniyatiga va tarmoq tugularining bundek so’rovga ishlov bera olishlariga asoslangan. Bundek ish tartib telefon tarmoqlari tomonidan ishlatiladi.
Biroq bu ish tartib kanallarni kommutatsiyalovchi tarmoqning bo’lishi mumkun bo’lgan yagona ish tartibi emas, boshqa ulanishlarni o’rnatishning statik (qo’ldagi) ish tartibi xam mavjutdir. Bu ish tartibi tarkibiy kanalni abonent bilan

qisqa vaqt ulanish uchun o’rnatilmay, balkim uzoq vaqt davom etuvchi ulanishlar zarur bo’lgan xolat uchun xarakterlidir.
А абанент

1.28-chizma. Paketlarni kommutatsiyalash tarmog„ida ulanishni o’rnatishda


buzilish.

Bunday uzoq vaqt ishlovchi kanallarni yaratishni abonent amalga oshira olmaydi, uni tarmoq ma‟muri tomonidan yaratiladi. Ananaviy telefon tarmog„i uchun qo’ldagi statik ish tartibi o’zining qisqa vaqtli ulanishi bilan kam ishlatiladi, biroq u shaxarlararo va davlatlar o’rtasida yuqori tezlikdagi telekommunikatsion kanallar uchun o’zini oqlaydi.


Kanallarni kommutatsiyalash texnologiyasi tarmoqdagi tasodifiy voqealarni minimallashtirishga mo’ljallangan, yani bu texnologiya determenizmga qarab intiladi. Turli bo’lishi mumkun bo’lgan noaniqliklarni oldini olish maqsadida axborot almashuvini tashkillashtirish bilan bog„liq bo’lgan ishlarning ko’p qismi axborotlarni uzatish boshlanishidan oldin bajariladi. Avval berilgan manzil bo’yicha kerakli bo’lgan elementar kanallarning butun yo’li jo’natuvchidan qabul qiluvchigacha egalik qilishi bo’yicha tekshiriladi. So’ng bu kanallar aloqa vaqti uchun faqat ikki abonent ishlatishi uchun biriktiriladi va xar bir abonent tarafida
“to’siqni yopuvchi”si (shlyuzoviye zadvijki) bor bitta uzuliksiz “nayga” (trubaga) (tashkiliy kanal) kommutatsiyalanadi. Shundan so’ng, tayyorgarchilik ishlari kam-ko’stsiz tugatilgach endi eng kam ishni bajarish kerak bo’ladi, yani “to’siqni yopuvchilarni” ochib axborot oqimini erkin va tarmoqning berilgan nuqtalari o’rtasida to’siqsiz “oqishiga” imkon beriladi.

Download 0.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling