Mavzu: Kanallarni va paketlarni komutatsiyaga EGA bo’lgan tarmoqlar, ularni ishlash prinsipi, afzaliklari va kamchiliklari. Reja: Paket va kanallarni kommutatsiyalash Paketlar kommutatsiyalanadigan Paketlarni buferlashtirish


Mantiqiy ulanishni о‘rnatish orqali uzatish


Download 0.62 Mb.
bet6/7
Sana23.04.2023
Hajmi0.62 Mb.
#1384740
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Kanallarni va paketlarni komutatsiyaga EGA bo’lgan tarmoqlar, ul

Mantiqiy ulanishni о‘rnatish orqali uzatish. Paketlar xarakatini biz ko’rib chiqadigan keyingi usuli paketlarning almashish “tarixini” bilishga asoslangan va u deytagramma usuliga nisbattan paketlarga ancha samarali ishlov beradi. Masalan, ulanishlarni o’rnatish xisobiga axborotlarni uzatishni yuqori ishonchliligini ta‟minlanishi paketlarni nomerlash, ikkinchi nusxasini tashlab yuborish, kelgan paketlarni va uzatishlarni takrorlashni tartibga solish yo’li bilan amalga oshiriladi.
Tarmoqning ikki oxirgi tugunlarining paketlar bilan almashish jaroyonining ba‟zi ko’rsatgichlarini moslashtirish amali mantiqiy ulanishni о‘rnatish deb ataladi. Ikki muloqat qiluvchi tugunlar kelishadigan ko’rsatgichlarni mantiqiy ulanish kо‘rsatgichlari deb ataladi.
Ulanish ko’rsatgichlari doimiy bo’lishi mumkun, yani ulanish davrining oxirigachan o’zgarmas (masalan, ulanish identifikatori, paketni shifrlash usuli yoki payetning axborotlar maydonining maksimal o’lchami), yoki o’zgaruvchan, yani ulanishlarning xozirdagi xolatini dinamik aks ettiruvchi (masalan, uzatilayotgan paketlarning ketma-ket nomeri).
Ulanishlarni o’rnatish amali odatda uchta qadamdan iborat bo’ladi. 1.Ulanishlarga tashabbuskor bo’lgan tugunni qabul qiluvchi tugunga
ulanish o’rnatishga taklifi bilan xizmatchi paket jo’natadi.
Agarda qabul qiluvchi tugun bunga rozi bo’lsa, u xolda unga javob tariqasida boshqa xizmatchi paket jo’natadi, unda ulanishni o’rnatilishini tasdiqlovchi va ushbu mantiqiy ulanish doirasida ishlatiladigan ba‟zi ko’rsatgichlarni taklif qilinadi. Bu masalan, ulanish identifikatori, olinganligini tasdiqlamasdan jo’natish mumkun bo’lgan kadrlar soni va boshqalar bo’lishi mumkun.
Ulanishlarga tashabbuskor bo’lgan tugun ulanishni o’rnatish jarayonini tugatish uchun uchinchi xizmatchi paketni jo’natish orqali amalga oshiradi, unda taklif etilgan ko’rsatgichlar unga to’g„ri kelishi xabar qilinadi.
Ulanish o’rnatilgandan so’ng va barcha ko’rsatgichlar kelishilgach, oxirgi tugunlar o’z axborotlarini uzatishni boshlaydilar. Axborotlar paketi kommutatorlar tomonidan xuddi deytagrammali usulida uzatish kabi ishlov beriladi: paket sarlovxasidan borishi kerak bo’lgan manzil olinadi va kommutatsiya jadvali bilan solishtiriladi, jadvalda yo’nalish bo’yicha keyingi qadam xaqida axborot mavjut. Deytagrammalar kabi paketlar xam bitta mantiqiy ulanishga tegishli bo’lganlari ba‟zi xollarda (masalan, aloqa yo’li ishdan chiqqanda) manzilga turli yo’nalishlardan yetkazilishi mumkun.
Biroq ulanishlarni o’rnatish orqali uzatishning deytagrammali uzatishdan muxum farqi mavjut, unda kommutatorlarda paketlarga ishlov berilishidan tashqari oxirgi tugunlarda paketlarga qo’shimcha ishlov beriladi. Masalan, agarda ulanishlarni o’rnatishda axborotlarni uzatish shifrlangan xolda uzatish kelishilgan bo’lsa, u xolda paketlarni shifrlash uzatuvchi tugun tomonidan amalga oshiriladi, shifrdan chiqarish esa qabul qiluvchi tugun tomonidan amalga oshiriladi. Xuddi shunday, mantiqiy ulanish doirasida ishonchlilikni ta‟minlash uchun paketlarni nomerlashni, yetkazilgan va yetkazilmagan paketlarning nomerini kuzatish, nusxalarni jo’natish va ikkinchi martta takrorlangan paketlarni tashlab yuboroish kabi barcha ishlarni oxirgi tugunlar o’z zimmasiga oladi.
Mantiqiy ulanish mexanizimi axborot paketlariga differensial ishlov berishni amalga oshirish imkonini beradi. Xatto juft oxirgi tugunga tegishli bo’lgan oqimlarga xam turli ishlov berilishi mumkun. Masalan, juft oxirgi tugunlar ikkita parallel ishlovchi mantiqiy ulanish o’rnatishi mumkun, ulardan birida axborotlar shifrlangan ko’rinishda uzatilishi mumkun, boshqasidan esa ochiq ma‟tin ko’rinishida uzatilishi mumkun.
Ko’rinib turibtiki ulanishlarni o’rnatish orqali uzatish axborotlarni uzatishda deytagramma usuliga nisbattan ishonchlilikni va xavsizlikni ta‟minlashda katta imkoniyatlarni yaratadi. Biroq bu usul ancha sekin ishlaydi, chunki unda mantiqiy ulanishni o’rnatish va uni quvvatlash uchun qo’shimcha xisoblashlar talab etiladi. Virtual kanalni о‘rnatish orqali uzatish. Axborotlarni xarakatlanishining keyingi usuli mantiqiy ulanishning xususiy xoliga asoslangan, uning ko’rsatgichlaridan biri bo’lib barcha paketlarga qatiy aniqlashtirilgan yo’nalishdir.
Yani ushbu ulanish doirasidagi barcha paketlar shu ulanishga biriktirilgan bir yo’ldan o’tishlari kerak.

Download 0.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling