Mavzu: Kar’er temir yo’l tizimlari. Relsli yo’llarning tuzilishi, asosiy ko’rsatgichlari va qurilmalari


Download 1.12 Mb.
bet5/6
Sana08.11.2023
Hajmi1.12 Mb.
#1758001
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
7-maruza

Rels izlarining kengligi

Rels izlarining kengligi deb rels bosh qismlarining ichki qirralari (devorlari) orasidagi masofa (Sr) ga aytiladi (1.5-rasm).


Lokomotiv yoki vagonlar g‘ildirak juftlari kengligi yoki g‘ildiraklar kengligi deb g‘ildiraklarning rels bilan ilashadigan yuzalari (rebord) orasidagi masofa (Sk) ga aytiladi (1.5-rasm) .
Poyezdlarning normal harakatini ta’minlash uchun relslar ichki qirralari bilan g‘ildirak rebordalari orasidagi (x) erkin masofa (zazor) x = 10 mm bo‘lishi kerak, ya’ni

x=(Sp)- (Sk) =10 mm



1.5-rasm.


Relslar va g‘ildiraklar kengliklari (qadamlari).

Bu o‘lcham lokomotiv va Vagonlarning erkin harakatini, egri yo‘llardagi erkin burilishini hamda sostav harakati vaqtida ko‘ndalang chayqalishining oshib ketishini ta’minlaydi.


Yer osti konlarida temir yo‘l izlarining kengligi (Sp) 600, 750, va 900 mm, ochiq konlarda esa 750, 900, 1000 va 1524 mm ga teng. Yo‘llarning burilish joylarida izlarning kengligi 5 mm dan 15 mm gacha kengaytiriladi.


Burilishlar yoki egri yo‘ldagi rels izlari

Alohida vagon va sostavlarning burilish yo‘llarida markazdan qochma kuch hosil bo‘lib, vagon yoki sostavni tashqi relsga tomon siljitishga harakat qiladi. Bunday harakatda markazdan qochma kuchning ortib ketishi natijasida relslar va g‘ildiraklarning yedirilishi, harakatga qarshilik kuchlarining ortib ketishi kuzatiladi (1.6-rasm).



1.6-rasm.


Vagonchaning egri yo‘ldagi (burilishdagi) harakatida ta’sir qiluvchi kuchlar.

Vagoncha egri yo‘lda erkin harakat qilayotgan bo‘lsa (4.6-rasm, a), unga faqat ko‘ndalang markazdan qochma kuch ta’sir qiladi. Bu kuch xavfli bo‘lib, vagonchaning tekis harakatiga ta’sir ko‘rsatadi, g‘ildirak rebordalari va relslarning tez yemirilishiga olib keladi. Shuning uchun ushbu markazdan qochma kuchni muvozanatlashtirish muxim axamiyat kasb etadi.


Bunday egi yo‘lda harakatlanganda muvozanat holatni to‘la ta’minlash uchun yo‘lning egri chiziqli qismida izning tashqi tomondagi relsi ichki relsga nisbatan balandroq qilib joylashtiriladi (4.7-rasm)
Shu balandlikning qiymati quydagi ifoda orqali aniqlanadi.


(1.5)
bu yerda; υ- harakat tezlgi, m/s; β - ko‘ndalang qiyalik burchagi, grad.; R - egrilik radiusi, m.; g - yer tortishining tezlanishi, m/s; Sp - temir yulning kengligi. (1) ifodadan Ko‘rinib turibdiki, tashqi rels balandligining qiymatini poyezd tezligining kavadratiga va Temir yo‘l izining kengligiga to‘g‘ri proporsionalldir.
Yul egriligi radiusi qiymati quydagicha aniqlanishi mumkin:
a) 1,5 m/s bo‘lganda, R 7Sb
b) 1,5 m/s bo‘lganda, R 10Sb

Boshqa yo‘lga o‘tkazuvchi qurilma (strelochnыy perevod) izlarni bir-biri bilan ulashga va poyezdlarni bir yo‘ldan ikkinchi yo‘lga o‘tkazish uchun xizmat qiladi. O‘tkazuvchi qurilmaninng tuzilishi 4.8-rasmda ko‘rsatilgan.


Boshqa izga o‘tkazuvchi qurilmaning bir tomonlama o‘ng va chap, simmetrik, ikki tomonli yoki chorraxali Strelka s’yezdli, strelkali o‘ng va chap simmetrik, ikki tomonli yoki chorraxali strelka s’yezdli, strelkali ko‘cha, aylana uchburchak kabi turlari mavjud.
O‘tkazuvchi qurilma strelka (o‘tkir uch) lar, o‘tkazuvchi relslar, krestovinalar, Nazorat relslari va o‘tkazuvchi mexanizmlardan tashkil topadi.
Strelka (o‘tkir uch) - bir tomondan qo‘zg‘aluvchi sharnirga maxkamlangan, ikkinchi uchlari o‘tkir ikkita o‘tkazuvchi uchliklari, rama relslar va o‘tkazuvchi mexanizmlardan tashkil topadi.
Perya yoki o‘tkir uch o‘zaro tortuvchi richak bilan ulangan bo‘lib, ularning birlari ishchi holatda rama rels bilan ulanib (siqilib) turadi.

Download 1.12 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling