Mavzu: Kar’er temir yo’l tizimlari. Relsli yo’llarning tuzilishi, asosiy ko’rsatgichlari va qurilmalari


Download 1.12 Mb.
bet3/6
Sana08.11.2023
Hajmi1.12 Mb.
#1758001
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
7-maruza

Shpallar ikkala rels uchlarini bog‘lab yuklamani yoki bosimini shu izlardan ballast qatlamiga uzatishga, zaminga bo‘lgan Nisbiy bosimni kamaytirishga va x.k. larga xizmat qiladi.
Shpallar yogoch, metall va temir-betondan yasaladi. Yogochli shpallar qarag‘ay, kedr va tilog‘och daraxtidan tayyorlanadi.
Ko‘ndalang kesimiga qarab shpallar Brusok va yassi shaklida bo‘ladi. Ularning ishlash muddatlarini oshirish maqsadida maxsus moy - antiseptik bilan shimdiriladi. Brusok shakldagi Shpallarning qalinligi 120 mm, yuqori qismi kengligi 100 mm, pastki qismi esa 180 mm. Yassi shpallar qalinligi esa 110 mm, kengligi esa mos ravishda 95 va 240 mm bo‘ladi. Shpallarning uzunligi 600 mm kenglikdagi temir yo‘llarda 1200 mm, 750 mm kenglikda 1500 mm, 900 mm kenglikda 1600 mm, 1524 mm li yo‘lda esa 2700 mm bo‘lishi kerak.
1 km masofadagi temir yo‘lga o‘rnatiladigan shpallar soni Zamin holatiga, tashilayotgan yuk miqdoriga yoki Xarakatdagi sostavning og‘irligiga bog‘liq ravishda 1524 mm li yo‘lga 1440, 1600, 1840, 1920, 2000 dona; 750 mm li yo‘lga esa 1500, 1625, 1750, 1856 dona shpal sarflanadi. Shpallar orasidagi masofa 25 sm dan oshmasligi kerak.
Uzoq muddat ishlaydigan magistral yo‘llarda temir-beton shpallar ishlatiladi. Bunday shpallarning eng ko‘p ishlab chiqarilgani 250 sm uzunlikda 235 kg og‘irlikka egadir, bitta shpaldagi beton xajmi 95 litrni tashkil etadi, metall sarfi – 8 kg.
Metall shpallar tez tez ko‘chirilib turiladigan temir yo‘llarida qo‘llaniladi. Temir-beton shpallar alohida hollarda, juda Nam, ho‘l va uzoq vaqt xizmat qiluvchi yer osti yo‘llarda qo‘llaniladi.
Shpallar orasidagi masofa rels turiga va lokomotiv-vagonlar og‘irligiga bog‘liq bo‘lib, odatda 0,75-0,9 m oraliqda o‘rnatiladi.
Ballast qatlami shpal bilan ostki qurilma o‘rtasidagi elastik “yostikcha” bo‘lib harakatdagi Poyezd g‘ildiraklari zarbini yumshatishga, ostki kurilmaning notekisligini bartaraf etishga, shpaldan ostki qism (zamin) ga beriladigan bosimni bir tekis taqsimlanishini ta’minlashga, shpallarni surilib ketmasligiga va yer osti suvlarini temir yo‘ldan chetlashiga xizmat qiladi. Ballast materiali tushayotgan zarbdan ezilib va sochilib ketmasligi, o‘zida suv va changlarni ushlab qolmasligi kerak. Shag‘al, sheben, Tosh maydalari kabi qattiq tog‘ jinslari ballast uchun material bo‘lishi mukin.
Tosh maydalari va maydalangan toshning o‘lchamalari 20 mm dan 40 mm, shag‘alning o‘lchamlari 3 mm dan 30 mm gacha qabul qilinadi. Ballast qatlamiga shpalning 2/3 qismi ko‘milib turadi. Shpalning ostida ballast qatlamining qalinligi 10 sm dan kam bo‘lmasligi kerak. 1524 mm kenglikdagi doimiy temir yo‘lda ballast qalinligi 25-40 sm oraliqda, suriluvchan yo‘lda esa 15-25 sm ni tashkil qiladi.
1 km yo‘lga ballast materiali sarfi asosiy magistral yo‘llarda (yer yuzasida) 1500-2000 m3, suriluvchan yo‘llarda esa 600-1000 m3 ni tashkil qiladi.


1.3-rasm. Shaxta temir yo‘l kesimi va asosiy o‘lchamlari.



Shaxta relsli yo‘llari pastki qurilmasi asosiy elementlaridan yana biri suv qochirish ariqchalaridir. Bu ariqchalar lahimning bir chetidan o‘tilib, lahim asosi shu ariqcha tomon qiyaroq kilib o‘tiladi (4.3-rasm). Agar lahim beton bilan mustaxkamlangan bo‘lsa, ariqcha tag va devorlari beton bilan qoplanadi.

Download 1.12 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling