Mavzu: Kar’er temir yo’l tizimlari. Relsli yo’llarning tuzilishi, asosiy ko’rsatgichlari va qurilmalari
Download 1.12 Mb.
|
7-maruza
Relsli yo‘llar tuzilishi
Temir yo‘l ostki qurilma (yer osti yo‘llarining zamini va Suv oqimi uchun ariqcha) va ustki qurilma (Ballast qatlami, shpal, rels va mustahkamlovchi qismlar) dan tuzilgan (4.1-rasm). Temir yo‘l podezdlarining tekis va avariyasiz harakatini ta’minlash uchun mustahkam, pishiq va unda harakat uchun poyezdlarni hamda o‘z elementlarini ishlash muddatini uzaytirish uchun bir muncha Elastik bo‘lishi kerak. Temir yo‘lning (bo‘shliqqa) joylashishini uning trassasi, plani va profili orqali aniqlanadi. Yo‘l o‘q chizig‘ining yerdagi (yoki kartadagi ko‘rinishi) ko‘rinishi yo‘l trassasi deyiladi. Yo‘l trassasining gorizontal tekislikdagi ko‘rinishi yo‘l plani deyiladi. Yo‘l trassasining vertikal tekislikdagi ko‘rinishi yo‘l profili deyiladi. 1.1-rasm. Temir yo‘l elementlari: 1-metall yostiqcha, 2-mustaxkamlovchi element (qoziq yoki bolt), 3-relslarni uchlarini maxkamlash boltlari, 4-rels, 5-protivougon, 6-shpal, 7-suv qochirish ariqchasi, 8-nakladkalar, 9-ballast qatlami. Relslar. Temir yo‘llar qurilishida standart relslardan foydalaniladi. Relslarning xili ularning bir metrining massasiga qarab (kg/m) belgilanadi. Poyezdlarning og‘irligi, tezligi va serqatnovligi qancha katta bo‘lsa, temir yo‘l uchun massasi shuncha katta bo‘lgan relslar qo‘llanilishi ko‘zda tutiladi. Shaxtalarda R18, R24, R33, R38, R43, R50 tipidagi relslar, ochiq kon ishlarida esa R38, R43, R50, R65 tipidagi relslar ishlatiladi. Relslar uzunligi esa ularni yotqizish joyigacha tashish usuliga qarab 8-25 metrgacha bo‘ladi. Yer osti yuk tashish lahimlarida bir metrining og‘irligi 24 kg/m dan kam bo‘lmagan relslardan foydalaniladi. Magistral yo‘llarda bir metrining massasi 33,5 kg/m va undan kata bo‘lgan relslar ishlatiladi. Relslar maxsus po‘latdan tayyorlanadi va termik ishlov beriladi. Relslar bosh qismi, Bo‘yin qismi va asos qismlaridan iboratdir (1.2-rasm). 1.2-rasm. Relsning ko‘ndalang kesimi sxemasi va qoziqcha bilan qotirish usuli. Relslarning texnik tavsiflari
Download 1.12 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling