Mavzu: Kar’er temir yo’l tizimlari. Relsli yo’llarning tuzilishi, asosiy ko’rsatgichlari va qurilmalari


Download 1.12 Mb.
bet6/6
Sana08.11.2023
Hajmi1.12 Mb.
#1758001
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
7-maruza

Krestovina o‘tkazuvchi relslarning kesishish joyiga o‘rnatiladi. Krestovina po‘lat plitaga o‘rnatilgan o‘tkir uchlik o‘rtalik va g‘ildiraklar rebordalari (gardishlari) harakatlanishi


1.8-rasm.


Boshqa yo‘lga o‘tkazuvchi qurilma sxemasi.
uchun o‘tkir uchni yoni bo‘ylab “usovik” lar o‘rnatilagn moslamadir. Krestovina o‘rtaligi markaziy burchagi o‘tkazuvchi relslarning radiusini va butun o‘tkazuvchi qurilmaning uzunligini belgilaydi.
Krestovinani markasi quydagicha aniqlanadi.

α - krestovinaning burchagi va u kasr sonlari 1/2, 1/3, 1/4, 1/5 bilan belgilanadi. Krestovina markasining qiymati qancha katta bo‘lsa strelkaning egrilik radiyusi shuncha kichik va o‘tish masofasi shunchalik qisqa bo‘ladi. Krestovina qattiq po‘latdan yaxlit yasalishi xam mumkin.
Nazorat relslari – krestovina qarshisiga o‘rnatilib, g‘ildiraklarning iri krestovinadan o‘tayotganda ikkinchi g‘ildirakni yo‘nalishini o‘zgartirishga va g‘ildiraklarning relsdan chetga chiqishini oldini oladi.
Boshqa izga o‘tkazuvchi qurilma joyida qo‘l bilan yoki masofadan bajarilishi mumkin.yuldan-yo‘lga o‘tkazuvchi qurilma turlari
Rels yo‘lini yotqizish marksheyderlar tomonidan lahim yoki zaminda yo‘l chizig‘ini belgilab olishdan boshlanadi. Lahimning yoki Zaminning tekisligi, burilish joylari va qiyaliklari belgilab olinadi
Rels yo‘lini yotqizish marksheyderlar tomonidan lahim yoki zaminda yo‘l chizig‘ini belgilab olishdan boshlanadi. Lahimning yoki zaminning tekisligi, burilish joylari va qiyaliklari belgilab olinadi
Rels yo‘lini yotqizish marksheyderlar tomonidan lahim yoki zaminda yo‘l chizig‘ini belgilab olishdan boshlanadi. Lahimning yoki zaminning tekisligi, burilish joylari va qiyaliklari belgilab olinadi.
Shpallar, relslar va boshqa materiallar shaxtaga tushirilishdan oldin tayyorlanadi, ya’ni shpallar qoziq yoki boshqa biriktiruvchi elementlar o‘tnatiladigan joylari teshiladi, burilish joylariga o‘rnatiladigan relslar press yordamida egiladi va x.k. lar.
Rels yo‘lini yotqizish aniqlangan joyga shpallarni o‘rnatishdan boshlanadi. Bunda qattiy ravishda ip yoki shnur tortilib, shpallar orasidagi masofa aniqlangan o‘lchamlarda qo‘yiladi.



1.9-расм. Ўтказувчи қурилма ёрдамида йўлларни бирлаштириш турлари:
а - бир томонлама ўнг ўтказгич;
б – бир томонлама чап ўтказгич;
в – симметрик ўтказгич;
г – бир томонлама ўнг сеъзд ўтказгич;
д – икки ўзаро перпендикуляр йўлни
бирлаштирувчи йўл учбурчаги;
е – бир неча параллел йўлларни
бирлаштирувчи ўтказувчи кўча.



1.10. Rels yo‘llarini yotqizish
Bundan keyin bir necha rels zvenolari ayrim joylardan mustaxkamlanmasdan shpalga o‘rnatiladi. Relslarning oraliqlari to‘g‘rilangandan keyin shpalga qoziqlar yordamida qotirilib chiqiladi. Yo‘l chizig‘i to‘g‘rilangandan keyin dastlabki jipslashtirish ishlari boshlanadi. Bunda shpallar orasiga ballast materiallari to‘ldirilib presslanadi, shpallar ko‘tariladi, rels bosh qismi yuqorisi marksheyderlar nazoratida tekislanadi. Ballast materiallari dastlab relslar orasiga, keyin shpallar tagiga, undan keyin sayoz va jipslanmagan joylarga to‘kilib, qayta jips bostiriladi. Undan keyin esa qo‘shimcha shpal balandligining 3/2 qismigacha ballast materiali to‘ldiriladi. 100 dan oshiq bo‘lgan qiya yo‘llarda shpal yotqiziladigan joylarga ko‘ndalang chuqurchalar (uralar) qaziladi.Yo‘ldan-yo‘lga o‘tqazuvchi qurilmalar qattiy chizma (epyura) asosida yotqiziladi. Bunda o‘tkazuvchining asosiy 3 ta xarakterli asosiy nuqtalari aniq o‘rnatilishi talab etiladi. Bular: O1 – o‘tkazuvchi qurilmani markazi yoki to‘g‘ri va Yon yo‘llar O‘qlarining kesishish nuqtasi; O2 – rama relslarning boshlanish nuqtasi; O3 – krestovina “matematik markazi” xolati yoki krestovina yon qirralarining kesishish nuqtasi.
Nazorat savollari:

  1. Relsli yo‘llar tuzilishini gapirib bering.

  2. Relslar turlari va ularning ishlatilish joylari

  3. Shpallarning vazifasi va turlari

  4. Temir yo‘l gabaritlari, trassasi, plani va profili.

  5. Burilishlar yoki egri yo‘ldagi rels izlari

  6. Yo‘ldan-yo‘lga o‘tkazuvchi qurilmalar va ularning tuzilishini gapirib bering.

  7. Rels uchlarini ulashni tushuntiring

Download 1.12 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling