III-BOB. FIZIKA O’QUV MAVZULARIGA PEDAGOGIK TEXNOLOGIYANI KIRITISH
Fizika faniga pedagogik texnologiyani kiritish mexanizmi:
1. Jamoani guruhga bo’lish;
2. Mavzuni tanlash;
3. Darsni uslubiy yo’llarini izlash, masalan, seminar, trening,
individual maslahat berish, ko’rgazmali darslar tashkil qilish bilan
o’quvchilarni o’zaro faollikka olib kelish.
Quyida Magistrant Baxtiyor Misliddinovning kasb-hunar kollejlarida fizika o`qitish jarayoniga tatbiq etgan dads ishlanmalari xavola etiladi
3.1. “Elektromagnit INDUKSIYA HODISSASI .faradey
tajribalari” MAVZUSIDAGI
PEDAGOGIK ANNOTATSIYaSI
O’quv predmeti: Fizika
Mavzu: Elektromagnit induktsiya hodissasi.Faradey tajribalarini o’rganish.
Keysning asosiy maqsadi: Elektromagnit induktsiya hodissasi o’zi nima ekanligini va uni yuzaga kelish sabablarini o’rganish. Faradey tajribalarini o’rganish
O’quv faoliyatidan kutiladigan natijalar:
Elektromagnit induktsiya hodissasi qanday hosil bo’lish sabablarini ko’rsatib berish;
Faradey tajribalarini yoritib berish;
muammoli vazifalarni yechishda nazariy bilimlarini qo’llash;
muammoni aniqlab, uni hal qilishda yechim topish.
Ushbu keysni muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun oldindan talabalar quyidagi bilim va ko’nikmalarga ega bo’lmoqlari zarur:
Talaba bilishi kerak:
Elektromagnit induktsiya hodisasi, uyurmali elektr maydon,Magnit maydon, magnit induktsiya oqimining o’zgarishi ,Elektr toki ,minus ishora ,Elektr maydon ,ersted tajribasi ,voltmetr , g’altak,induktsion tok, magnitlar to’plami,Lens qoidasi, Lorens kuchi,Yopiq kontur, ε=- , >0, <0,Fuko toklari Faradey tajribasi Ersted tajribasi.
Talaba amalga oshirishi kerak:
- mavzuni mustaqil o’rganadi; muammoning mohiyatini aniqlashtiradi; g’oyalarni ilgari suradi; ma’lumotlarni tanqidiy nuqtai nazardan ko’rib chiqib, mustaqil qaror qabul qilishni o’rganadi; o’z nuqtai nazariga ega bo’lib, mantiqiy xulosa chiqaradi; o’quv ma’lumotlar bilan mustaqil ishlaydi; ma’lumotlarni taqqoslaydi, tahlil qiladi va umumlashtiradi;
Talaba ega bo’lmog’i kerak:
kommunikativ ko’nikmalarga; taqdimot ko’nikmalariga; hamkorlikdagi ishlar ko’nikmalariga; muammoli holatlar tahlil qilish ko’nikmalariga.
Do'stlaringiz bilan baham: |