Мавзу: Кaсбгa йўнaлтириш билaн боғлиқ турли жaрaёнлaрнинг моделлaрини ишлaб чиқиш вa унинг тaркибий қисмлaрини aсослaш


Kasbga yo’naltirish ishi maktab tizimining vazifalariga


Download 19.07 Kb.
bet2/6
Sana10.11.2023
Hajmi19.07 Kb.
#1762875
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
5-ma\'ruza

Kasbga yo’naltirish ishi maktab tizimining vazifalariga:
  • ham shaxsiy mehnat, ham jamoa mehnati muayyan tashkilotchilik malakalarini shakllantirishdan iborat.
  • politexnik va boshlang’ich kasbiy malakalarning muayyan tizimini egallagan bo’lg’usi malakali mutaxassisni tayyorlashdan;
  • shaxsning milliy g’оya asosida yuksak ma’naviy-axloqiy fazilatlariga ega bo’lgan fuqarolarni tarbiyalashdan;

Dars jarayonida ma`lumotlar berish bosqichlari
Boshlang`ich 1-4-sinflarda
8-9-sinflarda
5-7-sinflarda

Boshlang`ich 1-4-sinflarda

Ilk kasbga yo’naltirish (I-IV sinflar) bolalarni mehnatga tayyorlashdan, yosh xususiyatlarini hisobga olib, ularni kasblar, mehnat olami bilan tanishtirishdan, ularda o’z mehnati bilan boshqalarga naf keltirish extiyojini shakllantirishdan iborat. Bunga esa bolalarni qo’ldan keladigan ijtimoiy-foydali mehnatga, o’quv va o’yin faoliyatining har xil turlariga jalb etish mumkin.

5-7-sinflarda

O’rta bo’g’inda (V-VII sinflar) maktab o’quvchilari ijtimoiy-foydali, unumli mehnatga kirishadilar, ularda kasb tanlashning ijtimoiy ahamiyatga molik sabablari, mehnat faoliyatining konkret sohasiga bo’lgan qiziqish shakllanadi.

8-9-sinflarda

Navbatdagi bosqichda (VIII-IX sinflar) o’quvchilarda sistemalashtirilgan bilimlar, kasblar olamida mo’ljal ola bilish mahorati, konkret kasbga bo’lgan qiziqish shakllanishi lozim, asosiy e’tibor yuqori sinf o’quvchilarini moddiy ishlab chiqarish sohasidagi mehnatga tayyorlash ijtimoiy-kasbiy jihatdan bir maqsadni ko’zda tutganligiga qaratilishi kerak.

  •  

Darslarda kasbga yo’naltirish ishlarining forma va metodlari


1. Ta`lim jarayonida o’quvchilarni turli xil kasblar bilan tanishtirish bo’yicha muntazam ish olib borish ularni kasb tanlashga yo’llashning muhim sharti hisoblanadi.
2. O’quvchilarni har bir jamoa, xujalik, tuman, shahar ishlab chiqarish muhiti orqali mehnat faoliyatining barcha turlari bilan tanishtirish mumkin, shuning uchun ham har bir mehnat ta`limi o’qituvchisi maktabda o’rganiladigan fan doirasidan tashqaridagi, maktab atrofidagi ishlab chiqarish muhiti bilan yaxshi tanish bo’lishi lozim. Masalan, Toshkent shahar maktablarida ishlayotgan mehnat ta`limi o’qituvchisi metallarga mexanik ishlov berish darsida slesarlik ishlarini o’tayotganda shaharning metall ishlab chiqaradigan zavodi bilan tanishtirishi mumkin.
3. Shuningdek, o’quvchilarning korxona bilan, ya`ni sanoat korxonasiga qachon nom berilgani, ishlab chiqaradigan mahsulotning nomi hamda asosiy kasb va ixtisoslarning qisqacha ro’yxatini tanishtirish amalga oshiriladi.

Download 19.07 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling