Kasblar va kasblarga qiziqish haqida referatlar. - O’quvchilar orasida bunday ishlarni amalga oshirishdan maqsad kasb bilan yaqinroq tanishtirish va mehnatning muayyan bir turiga bo’lgan qiziqishni kuchaytirishdan iboratdir.
- Mehnat ta`limi dasturlarida maktabda o’quvchilarga qator kasblar hamda metall va yog’ochga ishlov berish texnologiyasisi, xizmat ko’rsatish mehnati, qishloq xo’jaligi ixtisoslari bilan tanishish imkonini beradi.
- Biroq, bu kasblar mazmunini to’la o’rganish uchun bu ma`lumotlar etarli emas. Shuning uchun ham qandaydir aniq kasbga muayyan darajada havasi bo’lgan o’quvchilarga referat temalarini taklif etish zarur.
Kasbga doir konsultatsiya ishlarining mazmuni va turlari. - Kasbga doir konsultatsiyalar tashkil qilishda xatosiz kasb tanlashda yoshlarga yordam berish, yosh inson qobiliyatini yanada to’laroq rivojlanishi uchun sharoitlar yaratish asosiy vazifa qilib qo’yiladi.
- Kasbga doir konsultatsiya maktabni bitiruvchi sinflar bilan o’tkazilgan bir martalik suhbat xarakterini olib qolmay, balki shartli bosqichlarga bo’lingan holda ta`limning barcha davrlari mobaynida o’tkazib turilishi kerak.
- Chunonchi, birinchi bosqichda (kasbni tushuntirish jarayonida, ya`ni kasb tanlashga tayyorlash davrida) kasbga doir konsultatsiya ishtiyoq va qobiliyatning rivojlanishi bo’yicha yo’naltirilgan ishlarni tanlashda o’quvchilarga yordam berishga, o’quvchi individual xususiyatlarini o’rganish asosida kasbga qiziqishni shakllantirishga qaratilgan bo’lishi kerak. SHunday qilib, kasbga tayyorlash konsultatsiyalari faqat kasbga qiziqish bo’yicha ishlarni emas, balki shaxsning shakllanishini ham nazarda tutadi.
- Ikkknchi bosqich o’quvchilarning jismoniy va aqliy rivojlanishi, kasbga qiziqishi va qobiliyati, mazkur kasbga qanchalik tayyorligi sifati, darajasi, sog’lig’i haqidagi omillarni hisobga olgan holda professional tayyorgarlik ko’rish yo’li va aniq kasb tanlash bilan bog’liqdir.
- Bu bosqichni kasbga oid konsultatsiyaning yakuniy bosqichi deb atash ham mumkin. Bu bosqich o’quvchilarning VIII—IX sinflarni bitirishlari oldidan fan o’qituvchilari, sinf rahbarlari, maktabning kasbga oid komissiyasi, kasb tanlashga yo’llash xonasi, korxonalarning vakillari, ta`lim muassasalari va buyurtmachilarning xodimlari tomonidan o’tkaziladi.
- Uchinchi bosqichda kasb tanlashlarga aniqlik kiritish hamda o’quvchilarning kasb tanlashdagi xatolarini tuzatishdan iborat aniqlovchi konsultatsiya amalga oshiriladi. Kasbga oid konsultatsiyaning bu turi, odatda, sobiq o’quvchilar korxonada ishlayotgan yoki kasb-hunar kollejlarida o’qiyotgan vaqtida o’tkaziladi.
Kasbga oid
konsultatsiyalar
Tashkiliy –
ma’lumotnoma
Tibbiy
Psixologik –
pedagogik
Do'stlaringiz bilan baham: |