Mavzu: ketma-ketlikdagi raqamli qurilmalar. Reja: Registrlar va ularning turlari Registrlarning asosiy vazifalari
Download 87.71 Kb. Pdf ko'rish
|
10-mavzu (1)
Ketma-ketli registr
Ketma-ketli registr kirishdagi ma’lumotlarni ketma-ket tartibda yozish, saqlash va uzatish uchun mo‘ljallangan. Ma’lumot yozishdan avval registr dastlabki holatga (0) o‘rnatiladi. JK-triggerlar asosidagi to‘rt razryadli ketma-ketli siljitish registri funksional sxemasi 2-rasmda keltirilgan. Registr tarkibiga kiruvchi razryadli triggerlar o‘zaro ulanganligi sababli, bunday registr yuqorida aytib o‘tilgan mikroamallardan tashhari saqlanayotgan ma’lumotni o‘nga siljitish amalini ham bajaradi. 1-rasm. Parallel registr sxemasi (a) va uning shartli belgisi(b). 2-rasm. Toʻrt razryadli ketma-ketli siljitish registrining funksional sxemasi. Bu turdagi triggerda ikkilik son razryadlari (masalan, 0101) kichik razryaddan boshlab vaqt bo‘yicha ketma-ket yoziladi va o‘qiladi. Kirishga 1 berilganda Q 3 chiqishda takt impulsi tugagach 1 hosil bo‘ladi. Bir vaqtning o‘zida keyingi takt impulsi bilan birga kirishga ikkinchi razryad soni - 0 beriladi. Takt impulsi tugagach Q 3 chiqishda 1 hosil bo‘ladi. Shunday qilib, ikkinchi razryad qiymatini yozish bilan birga birinchi (chapdagi) triggerda yozilgan birinchi razryad soni keyingi triggerga uzatiladi (siljiydi). Uchinchi takt impulsidan so‘ng ma’lumot o‘nga uzatiladi, to‘rtinchi 0 takt impulsidan so‘ng 1, 0 va 1 sonlari mos ravishda chapdan birinchi, ikkinchi, uchinchi va to‘rtinchi triggerlarga yozilgan bo‘ladi va Q 0 - Q 3 chiqishlardan ularni o‘qib olish mumkin. Registrda ma’umotni saqlab turish uchun takt impulslari berish to‘htatiladi. Siljituvchi registrlarda faqat ikki pog‘onali yoki dinamik boshqaruvli triggerlar qo‘llaniladi. Bu esa sinxrosingnal berilishi bilan maTumotni faqat bitta razryadga siljitishni kafolatlaydi. Ko‘p hollarda arifmetik qurilmalarni tuzishda maTumotni chapga surish talab etiladi. MaTumotlarni ikkala yo‘nalishda siljitish imkoniga ega bo‘lgan ketma- ketli registrlar reversiv registrlar deb ataladi. Sijitish registri parallel kodni ketma-ketli kodga o‘zgartirishda ham qo‘llanilishi mumkin. Bu holda, triggerlar parallel kodga mos keluvchi dastlabki holatga o‘rnatiladi. Registrdan son ketma-ketli chiqishda ketma-ket kod ko‘rinishida olinadi. Teskari o‘zgartirishni amalga oshirish uchun registr kirishiga ketma-ket kod kiritib, triggerning parallel chiqishidan parallel kod olinadi. Download 87.71 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling