Mavzu: ketma-ketlikdagi raqamli qurilmalar. Reja: Registrlar va ularning turlari Registrlarning asosiy vazifalari
Download 87.71 Kb. Pdf ko'rish
|
10-mavzu (1)
4. Hisoblagich turlari
Ketma-ketli hisoblagichlar. Soddalik uchun statik boshqaruvli uchta triggyerdan tashkil topgan jamlovchi hisoblagich ishini ko‘rib chiqamiz. Bunday hisoblagichning o‘tishlar jadvali 1-jadvalda, uning funksional sxemasi esa 3- rasmda keltirilgan. Odatda,, triggerlar, demak hisoblagichlar ham, qo‘shimcha hisoblagich chiqishlarida oldindan belgilangan sonni o‘rnatuvchi S-o‘rnatish kirishiga yoki hisoblagichni dastlabki holatiga qaytaruvchi signal beruvchi R- olib tashlash kirishlariga ega. 1-jadval Jamlovchi hisoblagichning holatlar jadvali Sanoq boshlanishidan oldin barcha triggerlar chiqishlarida nol daraja (Q 3 =Q 2 = Q 1 =0) bo‘lgan dastlabki holatga keltiriladi. Buning uchun hisoblagich sxemasida R kirishlari o‘rnatilgan bo‘lib, ular «0» ni o‘rnatish umumiy shinasiga ega. Bu shinaga olib tashlash impulsi beri- ladi. Ma’lumotlarni ketma-ket uzatuvchi hisoblagichlarda sanoq impuls- lari triggerning birinchi razryad kirishiga beriladi. Bu C-kirish. Keyingi keluvchi har bir razryad uchun qayta ulanish signallari avvalgi razryad- ning invers chiqishidan uzatiladi, ya’ni hisoblagich razryadlari ketma- ket qayta ulanadi. Triggerning invers chiqishlari ishlatilmaydi, S-o‘rnatish kirishlarida esa mantiqiy 0 potensiali mavjud bo‘ladi. 3-rasm. Ketma-ket uzatiluvchi ikki pogʻonali T-triggerli uch razryadli jamlovchi hisoblagich sxemasi. 2-jadval Ayiruvchi hisoblagichning holatlar jadvali Bu yerda m - sanoq boshidan berilayotgan kirish impulsi raqami. Hisoblagich ishini 1-jadvalga asosan tahlil qilamiz. Ko‘p razryadli ikkilik sonning kichik razryadiga mos keluvchi Q 1 o‘z holatini har sanoq impulsi kelishi bilan o‘zgartiradi; Q 2 - har ikkinchi impuls kelishi bilan, Q 3 - esa har to‘rtinchi impuls kelishi bilan. Uch razryadli hisob- lagich impulslarining maksimal soni 7 ga teng. Sakkizinchi impuls kel- ganda hisoblagich 0 ga o‘tadi va hisobni yangidan boshlaydi. Agar hisoblagich chiqishilarida Q 3 =1, Q 2 =0, Q 1 =l kombinatsiya yoki 101 ikkilik uchrazryadli son mavjud bo‘lsa, bu hisoblagichga beshinchi impuls kelganini anglatadi. Statik boshqaruvli triggerlarda C chiqishning To aktiv mantiqiy darajasi bo‘lib mantiqiy bir signali hisoblanadi. Shuning uchun bu signal berilishi davomida trigger S kirishdagi halaqitlarni (shovqinlarni) bemalol qabul qilishi mumkin. Yolg‘on ishga tushib ketishni bartaraf etish uchun C kirishda signal mavjud bo’gan vaqt mobaynida S-ma’lumot kirishida signal mantiqiy 0 ga teng miqdorda o‘zgarishsiz qolishi kerak. Amalda bu talab raqamli qurilmaning murakkablashib ketishiga olib keladi. Dinamik boshqaruvli triggerlar yuqorida aytib o‘tilgan kamchi- likdan holi. Ketma-ket uzatishli dinamik D-triggerlarda bajarilgan uchrazryadli jamlovchi hisoblagich sxemasi 4-rasmda keltirilgan. 4-rasm. Ketma-ket uzatishli dinamik D-triggerlarda bajarilgan uchrazryadli jamlovchi hisoblagich sxemasi. Ketma-ket keluvchi har razryad holatining o‘zgarishi avvalgi razryadni 1 dan 0 ga o‘zgarishi bilan amalga oshiriladi, ya’ni boshqaruv impulsining kesimi bilan. Bu esa trigger qisqa vaqt mobaynida qayta ulanishi mumkinligini anglatadi. Download 87.71 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling