Mavzu: ketma-ketlikdagi raqamli qurilmalar. Reja: Registrlar va ularning turlari Registrlarning asosiy vazifalari


 Registrlarning asosiy vazifalari


Download 87.71 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/9
Sana17.06.2023
Hajmi87.71 Kb.
#1537321
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
10-mavzu (1)

2. Registrlarning asosiy vazifalari 
Registrlar - axborotlarni saqlash va ular ustida ayrim amallarni bajarish 
uchun xizmat qiladigan EHMlarning uzeli yoki operatsion elementidir.
Registrlar odatda triggerlar asosida quriladi. Triggerlarning soni 
registrning razryadiga bog‘liqdir. 
Registrlar quyidagi amallarni bajaradi: 
1. Registrni nol yoki bir ( 0 yoki 1) holatga o‘rnatish. 
2. Boshqa qurilmadin kodni qabul qilish.
3. Boshqa qurilmaga kodni uzatish. 
4. Kerakli razryad sonigacha kodni chapga yoki o‘ngga siljitish. 
5. Ketma-ket kodni parallel kodga o‘zgartirish va aksincha. 
6. To‘g‘ri kodni teskari yoki qo‘shimcha kodga o‘zgartirish va aksincha.
7. Mantiqiy amallarni bajarish.
Registrlar parallel, ketma-ket, ketma-ket - parallel va parallel- ketma-ket 
turlarga bo‘linadi.
Ta’rifi: Registr ketma-ket turdagi raqamli qurilma bo‘lib, ko‘p razryadli 
ikkilik sonlar ko‘rinishidagi ma’lumotlarni eslab qolish va vaqtincha xotirada 
saqlash uchun ishlatiladi.


Registr ikkilik razryad sonlarga teng miqdordagi triggerlar majmuasidan 
iborat.
Trigger o‘zini ikkiga bo‘luvchi kabi tutadi, chunki har takt impul- sining 
sinxronizatsiya siklida ma’lumot faqat bir marta o‘zgaradi. Natijada, trigger 
chiqishidagi signal o‘zgarish chastotasi takt impulslari chastotasidan ikki marta 
kichik. Bir necha triggerli - chastotani ikkiga bo‘lish sxemalarini ketma-ket ulab, 
ikkilik ma’umotlarni nafaqat saqlash, balki chastotani bo‘lish va uning kirishiga 
kelayotgan impuls- larni sanash uchun ishlatish mumkin. Agar qurilma uning 
kirishlariga berilayotgan impulslarni hisoblashni amalga oshirsa, bu qurilma 
hisoblagich deb, agar chastota bo‘lishlarini hisoblasa - chastota bo’luvchi deb 
ataladi. Hisob natijalari hisoblagich chiqishida ikkilik son ko‘rinishida berilgan 
kod va talab etilyotgan vaqt davomida saqlanishi mumkin. 
Hisoblagichlar va chastota bo‘luvchilari EHM va boshqa raqamli avtomat 
qurilmalari, hamda aloqa va nazorat-o‘lchov apparaturasida hi- sob-kitob 
amallarini boshharishda keng qo‘llaniladi. 
Hisoblagichning asosiy statik parametri bo‘lib - K sanoq moduli 
hisoblanadi. U hisobning bo‘lish koeffitsiyenti va hisoblagich tomonidan 
o‘qilishi mumkin bo‘lgan maksimal impulslar soni bilan aniqlanadi. K ta impuls 
kelgach, hisoblagich dastlabki holatiga qaytadi. K=2
n
ga teng bo‘lib, n- 
hisoblagichning ikkilik razryadlari sonini bildiradi. Sanoq moduli qiymatiga 
ko‘ra hisoblagichlar ikkilik (sanoq moduli 2ning to‘liq darajasiga teng bo‘lgan) 
va ikkilik-kodli (sanoq moduli 2ning to‘liq darajasiga teng bo‘lmagan ixtiyoriy 
sonni qabul qilishi mumkin) turlarga bo‘linadi. 
Hisoblagichning asosiy dinamik parametri bo‘lib - t

Download 87.71 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling