Mavzu: Kiberhujmlar turlari, amalga oshirish usullari va tahlillar


Xesh funksiyalar qo’llanilishi va axborot xavfsizligidagi o’rni


Download 247.72 Kb.
bet4/6
Sana08.05.2023
Hajmi247.72 Kb.
#1442816
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
bobi kiber xavfsizlik

Xesh funksiyalar qo’llanilishi va axborot xavfsizligidagi o’rni
X eshlash algoritmlarining zamonaviy kriptografiyadagi tutgan o’rni juda muhimdir va undan hozirda keng ko’lamda foydalaniladi. Yangi xesh algoritmlar xam yaratilmoqda. Yangi xesh algoritmlar kolliziyaga bardoshli, xesh qiymatning tez hisob-kitob qila olishi va.h.k xususiyatlarga ega bo’ladi.
Kriptografik xesh funksiyalar ishlatilishi
Xesh funksiyalar asosan, Elektron raqamli imzo (ERI)da, Torrent, DC Hub, Operatsion sistemalarda va fayllarning butunliligini yoki o’zgartirilganligini nazorat qilish uchun foydalaniladi. Axborot butunligini nazorat qilishning ko’proq maqbul bo’lgan metodlaridan biri xesh-funksiyadan foydalanish hisoblanadi. Xesh-funksiyaning qiymatini uning kalitini bilmasdan turib qalbakilashtirib bo’lmaydi, shu sababli xeshlash kalitini shifrlangan ko’rinishda yoki jinoyatchining «qo’li yetmaydigan» joydagi xotirada saqlash kerak.
Xesh funksiyalar tahlili
CRC32 (Cyclic redundancy check – Davriy kamchilikni tekshiruvchi kod) kompyuter qurilmalarida, ya’ni tarmoq qurilmalari va doimiy xotiradagi ma’lumotlarni xavfsizligini ta’minlashda ya’ni o’zgartirilmaganligini doimiy ravishda tekshirib boradigan oddiy xesh funksiya hisoblanadi. CRC32 xalqaro standarti CRC32-IEEE 802. Bu algoritm juda tez ishlagani bilan, kriptoxavfsizlikni to’liq ta’minlay olmaydi. Shunga qaramasdan keng qo’llaniladi chunki, ishlatilishi juda oddiy va tez. 32-bit xesh-kod odatda 8 ta simvoldan iborat 16 lik sanoq sistemasida ifodalanadi. Bu algoritm kriptografik hisoblanmaydi.
MD4 xeshlash algoritmi RSA Data Security, Inc. Ronald L. Rivest tomonidan ishlab chiqilgan. MD4 aralashgan algoritm hisoblanadi, Endi ishonchsiz hisoblanadi. Bu algoritm (32-bit protsessorlari uchun) tez va peer-to-peer tarmog'i edonkey 2000 Qo'shma Algoritm hash kodi 32 ta simvoldan iborat bo'lgan belgilar bilan o'n oltilik soni RFC 1320. tasvirlangan hisoblash ishlatiladi.
MD5 xesh funksiyasi algoritmi Massachusets texnologiya instituti professori Ronald Rivest tomonidan 1992 yilda ishlab chiqilgan. Bu algoritmda kiruvchi ma’lumot uzunligi ixtiyoriy bo‘lib, xesh qiymat uzunligi 128 bit bo‘ladi. MD 5 xesh funksiyasi algoritmida kiruvchi ma’lumot 512 bitlik bloklarga ajratilib, ular 16 ta 32 bitlik qism bloklarga ajratiladi va bular ustida amallar bajariladi.
Faraz qilaylik, bizga uzunligi b bit bo‘lgan, bu yerda b – ixtiyoriy
nomanfiy butun son, ma’lumot berilgan bo‘lsin va bu ma’lumotning bitlari quyidagicha: m0m1…m(b-1)

Download 247.72 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling