Mavzu. Kichik biznes korxonalarining jozibadorligini tahlil qilish va talabni o’rganish
-rasm. Marketingning asosiy kategoriyalari1
Download 108.43 Kb.
|
7.1-rasm. Marketingning asosiy kategoriyalari1
Talab – mavjud, potentsial hamda xohish talabga bo’linadi. Tovar – ehtiyoj yoki muhtojlikni qondira oladigan hamda bozorga e’tiborni tortish, sotib olish, ishlatish yoki iste’mol qilish maqsadida taklif etilgan barcha narsalardir. Marketingning mohiyati iste’molchilar talabiga mos tovarni ishlab chiqarish va xizmat ko’rsatish hamda unga talab, ishlab chiqarish imkoniyatlarini mo’ljallashdan iborat. Bunda faol marketingdan samarali foydalanish muhim ahamiyat kasb etadi. Mamlakatimiz ishbilarmonlari orasida marketing tizimlaridan qaysi birini qo’llash, respublikamizning qaysi sharoitlarini, xususiyatlarini qanday tartibda e’tiborga olish lozim, degan savollar tug’ilishi tabiiydir. Bu savollarga to’liq javob topish murakkab va u birqancha omillarga bog’liq, ya’ni korxonalarning iqtisodiy-moliyaviy holati, shakllanayotgan bozorkonyukturasi, ishlab chiqarilayotgan mahsulot turi, raqobat va korxonaning bozor talablarining o’zgarishiga mos ravishda mahsulotni takomillashtirish va boshqalar. Kichik biznes faoliyatida ishlab chiqarish va savdo faoliyatini tashkil qilishning o’ziga xos xususiyati bu turdagi tadbirkorlik sohasiga marketing tamoyllarini tatbiq etish jarayoniga o’z ta’sirini ko’rsatadi. Kichik biznes faoliyatida marketing tizimini qo’llashning eng muhim tomoni, korxonaning iste’molchilar bilan to’g’ridan- to’g’ri muloqotda bulish zaruriyati va imkoniyatidir. Shuning uchun ham kichik biznes va xususiy tadbirkorlik faoliyatida marketing funktsiyasi bozorni tashkil etishdan boshlab, sotuv oldi va sotuvdan keyingi xizmatlarni tashkil etishgacha o’ziga xos xususiyatga ega bo’ladi. Kichik biznes faoliyati ishlab chiqarish xarakteriga ega bo’lgan korxona bo’lganligi uchun marketing faoliyatning barcha elementlarini o’zlashtiradi va ular orasida quydagilar asosiy o’rinda turadi; - bozor vaziyatlarini va tendentsiyalarini o’rganish, prognozlash va eng samarali bozor segmentlarini aniqlash; - ilmiy-tekshirish va tajriba konstruktorlik kashfiyotlari va mahsulot turini doimiy mukammallashtirish, iste’molchilar buyurtmasi asosida ishlab chiqarishni tashkil etish; - xaridorlar bilan to’g’ridan-to’g’ri doimiy aloqa o’rnatish va ularning to’lov qobilyatini nazorat kilish; -mahsulotni sotish usullarini va tarqatish kanallarini takomillashtirish; - reklama va sotuvni rag’batlantirish, etkazib berilayotgan mahsulotlar uchun sotuvdan keyin xizmat ko’rsatishni tashkil qilish va hokozo. Kichik biznes faoliyatida marketingni tatbiq etish darajasidan kelib chiqqan holda marketing kontseptsiyasining uchta turini ko’rsatish mumkin; - birinchidan, kichik biznes faoliyatida nafaqat marketing xizmatini tashkil etish, balki boshqarish uslubini o’zgartirish va faoliyatni to’laligicha bozorni boshqarish kontseptsiyasi hisoblangan marketinga yo’naltirish; - ikkinchidan, biznes va xususiy tadbirkorlikda marketing faoliyatining ayrim o’zaro bog’liq uslub va manbalar komplekisni ishlatish, ya’ni mahsulotni yaratish va ishlab chiqarishni bozor kon’yukturasi va talabni o’rganish asosida amalga oshirish, sotuvdan keyingi xizmatni tashkil etish va hokozo; - uchinchidan, biznes va xususiy tadbirkorlikda marketingni ayrim elementlarini amalga oshirish, masalan, reklama, sotuvni rag’batlantirish talabidan kelib chiqqan holda narxni belgilash. Hozirgi bozor munosabatlari sharoitida kichik biznes va xususiy tadbirkorlik faoliyatida yuqorida ko’rsatib o’tilgan marketing kontseptsiyalarining ikkinchi turidan samarali foydalanilsa maqsadga muvofiq hisoblanadi, chunki kichik biznes va xususiy tadbirkorlik miqyosining kichikligi tufayli kam xarajatli samarali marketing tadbirlarini o’tkazish zarur deb hisoblaymiz. O’zbekiston Respublikasi sharoitida marketing bilan mustaqil shug’ullanuvchi, ya’ni bozor izlanishlarini olib boruvchi va xaridorlar bilan faol aloqada bo’luvchi iste’mol mollari ishlab chiqaruvchi korxonalar ozchilikni tashkil etadi. Aksincha, ommaviy talab mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi kichik korxonalar asosiy o’rin egallaydi va ular tashqaridan ko’rsatiladigan marketing xizmatlariga muhtojdirlar. Shuning uchun, bunday korxonalarni o’z vaqtida mahsulotlar, bozor, iste’molchilar talabi va narx - navo to’g’risidagi aniq ma’lumotlar bilan ta’minlash zarurdir. Shu sababli marketing samaradorligi tahlil qilinganda turli kanallar, mahsulotlar, hududlar va boshqa marketing ob’ektlarining keltirayotgan nisbiy daromadi ko’rinadi. Korxonadagi yoki uning bo’linmasidagi marketing samaradorligi uning yo’nalishining 5 ta asosiy tashkiliy qismlariga bog’liq, xaridorlarga e’tiborini qaratish, marketing integratsiyasi, ma’lumotlarining ishonchliligi, strategik yo’naltirganlik va tezkor samaradorlik (1.1.1- rasm). Download 108.43 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling