Mavzu. Kichik biznes korxonalarining jozibadorligini tahlil qilish va talabni o’rganish


-rasm. Bozorni segmentlash turlari3


Download 108.43 Kb.
bet5/6
Sana05.01.2022
Hajmi108.43 Kb.
#225501
1   2   3   4   5   6
7.3-rasm. Bozorni segmentlash turlari3.

Yakuniy segmentlash bozor muhiti sharoitlari va firmaning o’z imkoniyatlarini tartibga solib o’tkazishdagi bozor tahlilini yakunlovchi bosqichidir. Quyidagi rasmda bozorni segmentatsiyalash mezonlari berilgan. Bozor segmentatsiyasining tamoyillari quyidagilardir:

- geografik tamoyil;

- psixografik tamoyil;

- demografik tamoyil;

- xulq-atvor tamoyili;



- holat tamoyili.


Географик

Ижтимоий-иқтисодий

Ижтимоий-иқтисодий

Демографик





Сегментлаш тамойиллари



Ҳолат

Хулқ - атвор


7.4-rasm. Xaridorlarga qarab bozorni segmentatsiyalash mezonlari.

Geografik tamoyil orqali bozorning joylashuvi, aholi soni va zichligi, tijorat faoliyatining tuzilishi, mintaqaviy rivojlanish dinamikasi, inflyatsiya darajasi, huquqiy cheklashlar hisobga olinadi.Psixografik tamoyil natijasida hayot tarzi, shaxsning tipi, jamoat holati kabi hisobga olinib, turmush tarzi shaxsning o’z faoliyati, qiziqishlari, kat’iyati va e’tikodlarida o’z aksini topadi. Shaxsning turi esa hayotdan mamnun, melanxolik, o’zgalardek ish ko’ruvchi, o’zbilarmon va boshqa hislatlarda bo’lishi mumkin. Demografik tamoyillarda oilani soni va sifat tarkibi, oilaning hayotiylik davri bosqichi, daromadlilik darajasi, mashg’ulot turi, ma’lumoti, millati kabilar inobatga olinadi hamda bozor segmentatsiyasining asosiy tamoyillaridan biri hisoblanadi. Xulq-atvor tamoyili orqali xarid qilishga yo’l, foydalanuvchi maqomi, iste’mol jadalligi, bog’lanib qolish darajasi, tovar haqida ma’lumot berish, tovarga bo’lgan munosabati hisobga olinadi. Segmentatsiya jarayonining muhim bosqichi bozorning maqsadli segmentini tanlash hisoblanadi. Maqsadli segmentni tanlash muammosi etarli darajada murakkab bo’lib, uni hal etish uchun quyidagi ketmaketlikda turishi tavsiya etiladi: - segment o’lchami va uning o’zgarish (o’sish, kamayish) tezligini o’rnatish; - segmentning jalb etuvchanlik tuzilishini tadqiq etish - o’zlashtirayotgan segment maqsadi va tashkilot resurslarini aniqlash. Segment o’lchami uning miqdoriy o’lchamlari va birinchi navbatda sig’imi bilan tavsiflanadi. Segment sig’imini aniqlash uchun tovarlar hajmi, ushbu segmentda ularni umumiy sotish qiymati, bozor joylashgan tumanda yashovchi ushbu tovarning potentsial iste’molchilari sonini aniqlash zarurdir. Bozor sig’imini o’rganish asosida ishlab chiqarish quvvatlarini shakllantirish uchun va tovar sotish bo’yicha taqsimlash tarmog’i tuzilishi uchun asos hisoblanuvchi uning o’sish dinamikasi baholanadi. Shuni hisobga olish kerakki, ya’ni bozor faoliyati natijalarini qo’llash, bozorda ishlash bog’liq xarajatlarni qoplab, rejalashtirilgan foydani olishga kafolat berishi kerak. Segmentning jalb etuvchanligi tuzilishni tadqiq etish raqobat darajasini o’rganish, mavjud mahsulotlar raqobatbardoshligi, xaridorlarga munosabati, taklif etilayotgan va mavjud tovarlarga bo’lgan segment ehtiyoji barqarorligi, mavjud xaridor ehtiyojlarini qondiruvchi mutlako yangi mahsulotni bozorga kiritish zarurligi va imkoniyatini o’z ichiga oladi. O’zlashtirayotgan segment maqsadlariga erishish uchun zarur tashkilotning maqsad va resurslarini aniqlash strategik muhim ahamiyatga ega bo’lib, tashkilotning uzoq muddatli maqsadlariga mos holda joriy maqsadlari bilan amalga oshirish hamda shunga mos holda maqsadli bozorda ishlash uchun potentsial imkoniyat resurslarini etarlimi yoki yo’qligini o’rnatish uchun zarurdir. Buning uchun tavakkalchilikni hisoblash maqsadga muvofiq. Tashkilotning tavakkalchiligini hisoblash uchun maxsus marketing, konsalting kompaniyalarini taklif qilish mumkin. Maqsadli segmentlarni tanlashda quyidagi strategiyalardan foydalanish mumkin: - differentsiallanmagan marketing strategiyasi;

- differentsiallangan marketing strategiyasi; - kontsentrlangan marketing strategiyasi. Amaliyot shuni ko’rsatadiki, bozor munosabatlari tiklanishi va shakllanishi davrida tadbirkorlik tuzilishida ko’plab korxonalar differentsiallanmagan marketing strategiyasini saqlab turdi. Bu strategiya firmaning xaridorlarni xarid jarayoni va tovarga munosabat hamda motivatsiyasidagi turli-tumanlikka emas, balki xaridor ehtiyojlarida qiziqish umumiyligini ko’zlaydi. Bunday tovarlar va marketing dasturlarini ishlab chiqish orqali firma o’z maqsadiga xaridorlarni o’rtacha massasini qondirib erishishi mumkin. Strategiyadan foydalanuvchi firmalar muvaffaqiyatining muhim omili standartlashtirish va tovar ishlab chiqarish umumiyligi hisoblanadi. Differentsiallanmagan marketing strategiyasi mahsulot ishlab chiqarish va sotishda kam xarajatlarni ta’minlaydi. Biroq X.Meffert ta’kidlaganidek, «bu strategiya zamonaviy marketing tamoyillariga qarama-qarshi turadi». Marketingning zamonaviy kontseptsiyasida ikkita strategiya ko’riladi: differentsiallangan va kontsentrlangan marketing strategiyasi. Differentsiallangan marketing strategiyasida kichik biznes korxonasidan uning faoliyatini bir necha segmentda ular uchun maxsus ishlab chiqarilgan tovarlar va marketing dasturlari bo’lishini talab qiladi. Bu strategiya xaridorlarning motivlari va tushunchalariga mos keluvchi marketing dasturi va xaridorlarga mo’ljallangan marketingning asosiy tamoyiliga mos keladi. Bu strategiya xaridorning bozordagi holatini to’liq ifodalaydi, shuning uchun, odatda, yuqori sotish hajmi va kontsentrlangan marketing strategiyasiga nisbatan kichik tavakkalchilik darajasini ta’minlaydi. Differentsiallangan marketing strategiyasi yuqori investitsiya, ishlab chiqarish va boshqarish xarajatlarini talab qiladi, shuning uchun u yirik korxonalar uchun zarurdir.

Mahsulot differentsiatsiyasi turli bozorga chiqishning keyingi imkoniyatidir. Bu birinchi navbatda tovar taqsimoti diversifikatsiya strategiyasini olib borishga asoslanadi. Kontsentrlangan marketing strategiyasi korxonalardan bozorning foyda segmentiga, ya’ni bitta yoki bir necha segmentiga e’tibor qaratishni talab etadi. Bu bozor segmentiga firma bitta yoki bir necha mahsulot bilan hamda maqsadli marketing dasturi bilan yondashadi. O’z mazmuniga ko’ra bu strategiya bozor chuqurchasi kontseptsiyasiga mos keladi, ya’ni shunday bozor segmentida ishlash kerakki, tovar ushbu firma va uning etkazib berish imkoniyatlari uchun ko’proq mos keluvchi hisoblanadi. Kontsentrlangan marketing strategiyasi ko’proq kichik va o’rta korxonalarga mos keladi, chunki bozorning barcha segmentlarida ishlash uchun etarli moliyaviy vositalar bo’lishi talab etilmaydi.



    1. Download 108.43 Kb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling