Mavzu. Kichik biznes korxonalarining jozibadorligini tahlil qilish va talabni o’rganish
Корхонадаги маркетинг самарадорлиги йўналишининг ташкилий қисмлари
Download 108.43 Kb.
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- 7.2-rasm. Korxonadagi marketing samaradorligi yo’nalishining tashkiliy qismlari 2
Корхонадаги маркетинг самарадорлиги йўналишининг ташкилий қисмлари
харидорларга эътиборини қаратиш маркетинг интеграцияси тезкор самарадорлик стратегик йўналтирганлик маълумотлар нинг ишончлилиги 7.2-rasm. Korxonadagi marketing samaradorligi yo’nalishining tashkiliy qismlari2 Kichik biznes va tadbirkorlik faoliyatida qaror qabul qilish va uni ishlab chiqishda kichik biznes va tadbirkorlikning samarali vositasi hamda asosi bo’lib marketing hisoblanadi hamda kichik biznes va tadbirkorlik faoliyatini boshqarish tizimida, uni tashkil etishda, rejalashtirish va nazorat qilishda muhim ahamiyat kasb etadi. Marketing kichik biznes va tadbirkorlikning tayanch omilidir. Bu nafaqat yoqilg’i, balki kema komandasidir.Kichik biznes va tadbirkorlik faoliyatida qaror qabul qilish va uni ishlab chiqishda kichik biznes va tadbirkorlikning samarali vositasi hamda asosi bo’lib marketing hisoblanadi hamda kichik biznes va tadbirkorlik faoliyatini boshqarish tizimida, uni tashkil etishda, rejalashtirish va nazorat qilishda muhim ahamiyat kasb etadi. «Ay-si-ay» kontserni boshqaruvi raisi Djon Harvi Djons kichik biznes va tadbirkorlikda marketingni o’rnini tavsiflab shunday deydi, ya’ni «Marketing kichik biznes va tadbirkorlikning tayanch omilidir. Bu nafaqat yoqilg’i, balki kema komandasidir»5 . Marketing asosida bozorni har tomonlama o’rganish yo’nalishlarining asosiylaridan quyidagilarni ko’rsatib o’tish zarur: - talabni o’rganish; - bozor tarkibini aniqlash; - tovarni o’rganish; - raqobat sharoitlarini tadqiq qilish; - sotish shakli va uslublarini tahlil etish. Marketing quyidagilarni o’rgatadi: - bozorni o’rganish; - uni taqsimlash; - tovarlarni joylashtirish; - marketing siyosatini olib borish; - tovar siyosati; - narx siyosati; - taqsimot siyosati; - siljitish (yo’naltirish) siyosati; - yuksalish, qo’shimcha xizmatlarni (Plus) - (bunga marka, sotishdan keyingixizmat, kafolat va texnik yordam, etkazib berish, assortiment, shaxsiy iste’mol va boshqalarni kiritish mumkin). Marketing korxonalarning bozorda ishlash uslubi, bozor metodologiyasi bo’lib, iste’molchilar va ularning talab istaklarini o’rganish, ularga mos tovarlar yaratish, narx belgilash, tovarlarni etkazib berish, taqdim etish, sotish, xizmat ko’rsatishni uyushtirish usullari, vositalari, tartib-qoidalari majmui hisoblanadi. Bularning hammasi birinchi asosiy maqsadga talab bilan taklifni o’zaro muvofiqlashtirishga xizmat qiladi. Marketing tamoyillari marketing asosi va uning mohiyatini ochib beruvchi holat, talabdir. Marketingni mohiyati – tovar ishlab chiqarish va xizmat ko’rsatish albatta iste’molchiga, talab ishlab chiqarish imkoniyatlarini doimo bozor talabiga mo’ljallashdan iborat. Marketing mohiyatidan quyidagi asosiy tamoyillar kelib chiqadi. Marketingning asosiy tamoyillari: - bozorni bilish; - unga moslashish; - bozorga ta’sir o’tkazish. Xulosa qilib aytganda, marketingning mohiyati va maqsadlaridan quyidagicha asosiy tamoyillar kelib chiqadi: - iste’molchilarga yo’naltirilgan tamoyil, ya’ni iste’molchi shohdir; - istiqbolga yo’naltirilgan tamoyil, ya’ni sub’ekt faoliyati istiqbolga yo’naltirilgan bo’lishi zarur; - pirovard ko’rsatkichga erishishga yo’naltirilgan tamoyil, ya’ni bozor hissasi, foyda oshishi va hokazolar. Marketing kontseptsiyasining mazmuni uning vazifalarini amalga oshirish orqali hal etiladi. Marketing vazifalari quyidagi guruhlarga bo’linadi: - marketing tadqiqotlari; - mahsulot assortimenti ishlab chiqarish sohasini rivojlantirish; - sotish va taqsimot vazifasi; - tovarni siljitish; - narxni tashkil etish vazifasi; - marketing-menejment vazifasi. Marketing vazifalari firmaning boshqa vazifalari, ya’ni ishlab chiqarish, kadrlar, moddiy texnika ta’minoti, moliyaviy, buxgalteriya hisobi funktsiyalari bilan birga amalga oshiriladi. Marketingning vazifalari xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning boshqa vazifalaridan farqi shundan iboratki, marketing vazifalari xo’jalik yurituvchi sub’ektlar, uning iste’molchilari, mijozlari o’rtasida ayirboshlash jarayonini amalga oshirish va tashkil etishga qaratilgan. Shuning uchun ham marketing vazifalari doimo o’zgarib boradigan ehtiyoj hamda talabning shakllanishi, yaratilishi va rivojlanishiga ta’sir etadi. Xulosa qilib aytganimizda bozor munosabatlari sharoitida faoliyat ko’rsatayotgan kichik biznes sub’ektlarida marketing tizimlarini yuqorida ko’rsatilgan yo’nalishlarda amaliyotda keng foydalanishga tadbiq etish, mamlakatimiz sharoitiga mos marketing strategiyasini ishlab chiqish va uni amalga oshirish, shubhasiz kichik biznes sub’ektlarining ishbilarmonlik faoliyatini va iqtisodiyot tuzilmalarining rivojlanishini to’la ta’minlaydi. Download 108.43 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling