Mavzu: Kichik biznes va tadbirkorlik subyektlariga xizmat kо‘rsatuvchi bozor infratuzilmasi turlari Reja: Kirish
Download 41.63 Kb.
|
Кичик бизнес ва тадбиркорлик субъектларига хизмат кўрсатувчи бозор инфратузилмаси турлари.
- Bu sahifa navigatsiya:
- Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar ro’yhati Kirish
Mavzu: Kichik biznes va tadbirkorlik subyektlariga xizmat kо‘rsatuvchi bozor infratuzilmasi turlari.. Reja: Kirish 1. Infratuzilma tushunchasining mohiyati va mazmuni 2. Kichik biznes va tadbirkorlikni rivojlantirishda banklarning roli 3. Tijorat banklari depozitlariga aholi va xo jalik subyektlari bo sh pul mablag larini jalb etish va bank xizmatlari turini rivojlantirish 4. Iqtisodiyotni modernizatsiyalash va investitsion faollikni oshirish, iqtisodiy nochor korxonalarni moliyaviy sog'lomlashtirish jarayonida banklarning ahamiyati 5. Kichik biznes va tadbirkorlik sub’yektlarini soliqqa tortish, ulardan olinadigan soliq turlari va soliq imtiyozlari Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar ro’yhati Kirish Barcha ko'rinishdagi tadbirkorlik faoliyatlari turli belgilariga qarab toifalarga ajratiladi: xususan, faoliyat turi, mulkchilik shakli, mulkdorlar soni, tashkiliy-iqtisodiy shakllari, yollanma mehnatdan foydalanish darajasi va hokazolar bo'yicha. Bulardan ayrimlarini ko'rib chiqamiz. Turi yoki qoʻllanilishi bo'yicha tadbirkorlik faoliyatlari - ishlab chiqarish, moliyaviy, tijorat-konsultativ va boshqa turlarga bo'linadi. Bular barchasi birgalikda yoki alohida faoliyat koʻrsatishi mumkin. Mulkchilik shakli bo'yicha korxona mulki xususiy, davlat, munitsipal bo'lishi shuningdek, Jamoa birlashmalari (tashkilotlarl) Ixtiyorida bo'lishi mumkin. Bu borada mulkka egalik qilish huquqini belgilashda, mulkni xususiy, davlat, munitsipal yoki jamoa ixtiyorida ekanligidan qatiy nazar turli cheklamalarga yoki Imtiyozlarga davlat tomonidan ko'rsatma berilishiga yo'l qo'yilmaydi. Mulkdorlar soni bo'yicha tadbirkorlik faoliyati yakka tartibli yoki jamoa shaklida bo'ladi. Yakka tartibli tadbirkorlikda mulk bir jismoniy shaxsga tegishli bo'ladi. Jamoa tadbirkorligida esa mulk bir necha subyektga tegishli bo'lib, ularning mulkka egalik hissalari aniqlangan yoki aniqlanmagan bo'lishi mumkin. Bu borada mulkka egalik, undan foydalanish va ishlatish barcha mulkka egalik qiluvchilarning roziligi bilan amalga oshiriladi. Tadbirkorlikni shakllari bo'yicha: tashkiliy-huquqiy va tashkiliy iqtisodiy turlarga boʻlish mumkin. Tashkiliy-huquqiy shakldagi tadbirkorlik jumlasiga shirkatlar, jamiyatlar, kooperativlar kiradi. Shirkatlar - tadbirkorlik faoliyatini yuritish uchun tashkil etilgan shaxslar uyushmasidir. Shirkatlar korxonani tashkil etilishida ikki yoki undan ortiq shaxslar ishtirok etgan taqdirda tuziladi. Shirkat uyushmalarining afzalligi shundaki, ularda qo'shimcha kapitalni jalb etish imkoniyati mavjuddir. Download 41.63 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling