Mavzu: Kichik biznes va tadbirkorlik subyektlariga xizmat kо‘rsatuvchi bozor infratuzilmasi turlari Reja: Kirish


Kichik biznes va tadbirkorlikni rivojlantirishda banklarning roli


Download 41.63 Kb.
bet3/8
Sana28.12.2022
Hajmi41.63 Kb.
#1024231
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Кичик бизнес ва тадбиркорлик субъектларига хизмат кўрсатувчи бозор инфратузилмаси турлари.

2. Kichik biznes va tadbirkorlikni rivojlantirishda banklarning roli
Bozor iqtisodiyoti o'tilishi tufayli mamlakatda yangi moliyaviy siyosat ishlab chiqildi va hukumat tomonidan real hayotda amalga oshirilmoqda. Jamiyatdagi har bir iqtisodiy faoliyatning boshlanishi davlatning yaqindan turib bergan moliyaviy yordami tufayli rivojlanib, takomillashib boradi. Jumladan, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni qo'llab-quwatlashda banklarning rolini oshirib borishga alohida e’tibor beriladi.
Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik korxonalarining asosiy faoliyati banklar bilan chambarchas bog'liq bo'lib, ular olib borayotgan faoliyat xomashyoni sotib olish, ishlab chiqarilgan tovariar, ko'rsatiladigan xizmatlarga haq to'lash, ishlovchilarni ish haqi bilan ta’minlash, turli toifadagi korxonalar, firma va boshqalar yuridik shaxslar bilan bo'ladigan iqtisodiy munosabatlar, ya’ni olingan foyda va daromaddan soliq to'lash, transport, kommunal xizmatlar uchun to'lovlarning barcha turiari banklar orqali, o'z navbatida, olinadigan kreditlar va boshqa hisob-kitoblar ham banklar orqali amalga oshadi.
Alohida ta’kidlash kerakki, mamlakatimiz mustaqillikka erishgunga qadar bank va banklar bilan boladigan turli iqtisodiy munosabatlar unchalik oshkora etilmas edi. Jahon xo'jaligining muhim xo'jalik yuritish qismi bo'lgan kichik biznes va xususiy tadbirkorlik korxonalarini barcha faoliyati banklar bilan bog langanligi bugungi kunda hammaga ma’lumdir. Shuning uchun ham rivojlangan mamlakatlarda, masalan, AQSHda bank tizimining faoliyati nihoyatda rivojlangan bolib, tadbirkorlikning aktiv iqtisodiy faoliyat yuritishida banklar barcha mulk shaklidagi korxonalarga kompleksravishdaxizmatko'rsatadi.
Bugungi kunda mamlakatimiz 30 ta bank faoliyat yuritib, shundan 3 tasi davlat banklari, 13 tasi aksiyadorlik tijorat banklari, 9 tasi xususiy banklar, 5 tasi xorijiy kapital ishtirokidagi banklar hisoblanadi.
Keyingi yillarda tijorat banklari faoliyatining kengayib borishi o'z navbatida ular tomonidan berilayotgan kreditlar, banklardagi depozitlar va umumiy kapital hajmiga ham sezilarli ta’sir etmoqda (2.1-jadval).
2.1-jadval O zbekiston Respublikasi tijorat banklarining kreditlari, depozitlari va umumiy kapitali, mlrd. so'm


Korsatkichlar

2005-v.

2006-v.

2007-y.

2008-v.

2009-y.

Kreditlar

3876.0

4104,2

4777.6

6374,4

8558.2

Depozitlar

1688,7

2544,5

3829,2

5771,6

8703,1

Shujumladan:
















-yuridikshaxslar depozitlari

1239,2

1866,2

2834,6

4127,6

5953.2

-jismoniyshaxslar depozitlari

449.5

678,3

994.6

1644,0

2749.9

Umumiy kapital

930.9

1070,1

1502.6

2104,3

3010,4

Jadval ma’lumotlaridan korinadiki, 2005-2009-yillar mobaynida tijorat banklari kreditlari hajmi 2,2 marta, depozitlari hajmi 5,2 marta, umumiy kapitali 3,2 martaoshgan.
Banklarimiz kapitalining yetarlilik darajasi 23 foizdan oshadi.
Bu esa banklar monitoringi bilan shug ullanadigan xalqaro Bazelb qo'mitasi tomonidan belgilangan xalqaro standartlardan qariyb 3 barobar ko'pdir.
Umumiy aktivlari mamlakatimiz bank tizimining 90 foizdan ortig ini tashkil etadigan 14 ta tijorat banki «Fitch Reytings», «Mudis» va «Standart
end Purs» kabi yetakchi xalqaro reyting kompaniyalarining «barqaror» degan yuqori reyting bahosini olishga muvaffaq bo'ldi. Hozirgi kunda banklarning umumiy aktivlari aholi va yuridik shaxslar hisobraqamlaridagi mablag'lar miqdoridan 2 barobardan ham ortiq bo'lib, bu ularning to'liq himoyasi va to'lovlarning o'z vaqtida amalga oshirilishini kafolatlaydi.
Bank tizimining umumiy joriy likvidligi banklarning tashqi to'lovlar bo'yicha joriy majburiyatlaridan 10 barobar ko'pdir. Boshqacha aytganda, respublikamiz bank tizimining mustahkam himoyasi yaratilgan. Bank tizimining mustahkamlanishi va unga nisbatan aholi ishonchining ortishi natijasida omonatlar hajmi sezilarli ravishda ortib bormoqda. Faqat o'tgan yilning o'zida aholi omonatlari miqdori 1,7 barobar oshdi.
Rasmdan ko'rinadiki, 2003-2010-yillar mobaynida aholi daromadlari hajmi 16 barobardan ko'proq oshgan. Keyingi yillarda banklarning kredit portfeli tarkibi tubdan o'zgarib bormoqda. Agar 2000-yilda kredit portfelining qariyb 54 foizi tashqi qarzlar evaziga shakllangan bo'lsa, 2009-yilda banklarimiz jami kredit portfelining 84 foizi ichki manbalar hisobidanshakllantirilgan.
Bugungi sharoitda esa bunday ijobiy o'zgarish iqtisodiyotimizning istiqboldagi taraqqiyoti uchun g'oyat muhim ahamiyatga ega.
Aytish kerakki, tashqi qarzlar aksariyat hollarda uzoq muddatga, faqat iqtisodiyotning strategik tarmoqlarini modernizatsiya qilish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarini qo'llab-quvvatlash bo'yicha investitsiya loyihalarini moliyalash uchun jalb etilmoqda.
Tijorat banklari tomonidan kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarini qo'llab-quwatlash borasida e’tiborli jihatlardan biri CTzbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 10-noyabrdagi 4051-sonli «Mikrokreditbank» aksiyadorlik tijorat bankining tadbirkorlik subyektlarini qo'llab-quwatlash borasidagi faoliyatini yanada kengaytirish chora-tadbirlari to g risida»gi Farmoniga muvofiq:

  • tadbirkorlik faoliyatini boshlash uchun 18 oygacha muddatga beriladigan eng kam ish haqining 200 barobari miqdoridagi imtiyozli mikrokreditlar bo'yicha maksimal stavkani yillik 5 foizdan 3 foizga;

  • kichik biznes subyektlari faoliyatini kengaytirish va aylanma mablag larini to'ldirish uchun 24 oygacha muddatga beriladigan eng kam ish haqining 500 barobari miqdoridagi mikrokreditlar bo'yicha Markaziy bank tomonidan qayta moliyalashtirish stavkasining 100 dan 50 foiziga;

  • kichik biznes subyektlari uchun 3 yilgacha muddatga beriladigan eng kam ish haqining 2000 barobari miqdoridagi imtiyozli mikrolizing xizmatlari bo'yicha maksimal stavkani yillik 7 foizdan 5 foizga tushirildi.

Kreditlashda bunday ahamiyatli imtiyozlarning belgilanishi mazkur soha vakillari tomonidan kreditga talabning va ayni paytda ularga berilayotgan kredit hajmining yildan-yilga oshib borishiga olib kelmoqda.

Download 41.63 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling