Mavzu: Kichik biznes va tadbirkorlik subyektlarining moliyaviy faoliyat yahlili

v) boshqa to'g'ri va egri xarajatlar

Download 19.08 Kb.
bet3/8
Sana09.06.2023
Hajmi19.08 Kb.
#1471048
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Презентация Microsoft PowerPoint

v) boshqa to'g'ri va egri xarajatlar.

Kichik biznesni kredit bilan ta’minlash deganda, bu ularga pul yoki tovar shaklidagi vositalarni ma’lum muddatga haq to'lash sharti bilan qarzga olish va qaytarib berish yuzasidan kelib chiqadigan munosabatlar tushuniladi. Kredit munosabati da ikki subyektning biri pul egasi, ya’ni qarz beruvchi; ikkinchisi pulga muhtoj, ya’ni qarz oluvchi o'rtasida yuzaga keladi. Kredit, tovar va pul ko'rinishidagi mablag larni qaytarib berish, muddatlilik va foiz to'lash shartlari asosida berish natijasida yuzaga keladi.

Kredit berish muddatiga ko'ra, uch turga bo'linadi:

1.Qisqa muddatli kreditlar (muddati bir yilgacha bo'lgan kreditlar).

2.O'rta muddatli kreditlar (muddati bir yildan uch yilgacha bo'lgan kreditlar).

3.Uzoq muddatli kreditlar (muddati uch yildan ortiq kreditlar). Xalqaro kreditlar berilish muddatiga ko'ra birmuncha farq qiladi.

Bunda bir yildan besh yilgacha muddatga berilgan kreditlar o'rta muddatli, besh yil va undan ortiq muddatga berilgan kreditlar uzoq muddatli kreditlar deb hisoblanadi.

Kredit va moliya tushunchalari o'rtasida bir tomondan, umumiylik bo'lsa, ikkinchi tomondan, farqli jihatlar mavjud.

Agar moliya barcha xo'jalik subyektlarining o'ziga tegishli pul mablag'lari xususidagi aloqalarni anglatsa, kredit, bundan farqliroq, o'zga mulki bo'lgan pulni qarzga olib ishlatish borasidagi munosabatlarni bildiradi va bozor munosabatlarining bir elementi hisoblanadi. Moliya bilan kreditning umumiyligi shuki, ularning har ikkalasi ham pul mablag'lari yuzasidan bo'lgan munosabatlarni jamlash va ishlatish usulining turlicha bo'lishidan kelib chiqadi. Moliyada o'z mulki bo'lgan pul resurslarini xohlagan vaqtda, hech qanday xarajatsiz ishlatishi mumkin. Kredit esa o'zgalar pul mablag'ini haq to'lagan holda vaqtincha ishlatib turish va muddati kelganda qaytarib berishni anglatadi. Kredit tovar-pul munosabatlariga xos va pul harakatini bildiruvchikategoriyadir.

Download 19.08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8

Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling