Mavzu: Kichik biznes va tadbirkorlik subyektlarining moliyaviy faoliyat yahlili


Mana shuning uchun ham qarzdor shaxs pul egasiga foiz stavkasini to'laydi. Foiz stavkasi oldindan belgilanadi


Download 19.08 Kb.
bet7/8
Sana09.06.2023
Hajmi19.08 Kb.
#1471048
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Презентация Microsoft PowerPoint

Mana shuning uchun ham qarzdor shaxs pul egasiga foiz stavkasini to'laydi. Foiz stavkasi oldindan belgilanadi.

Kreditning foiz stavkasi quyidagi formula yordamida aniqlanadi:

KFS = KF/KM*100;

Bu yerda, KFS kreditning foiz stavkasi, %;

KF-qarz foizi,so'm;

KM-qarz miqdori, so'm.

Kreditlarning foiz stavkasi mamlakatning ssuda kapitallari bozorida aniqlanadi. Xalqaro kreditlarning foiz stavkasi esa jahon ssuda kapitallari bozorida aniqlanib, bu bozorlarning asosiy qismi London, Tokio, Nyu-York, Frankfurt, Parij va Bryussel shaharlarida joylashgan.

Kreditlarning foiz stavkasi turli omillar ta’sirida o'zgarib turadi. Bu omillarning asosiylari quyidagilardir:

Kreditlarning foiz stavkasi turli omillar ta’sirida o'zgarib turadi. Bu omillarning asosiylari quyidagilardir:

Pul bozoridagi talab va taklifning nisbati, ya’ni bozorda qanday miqdorda qarz puliga talab bor va unga nisbatan qanday miqdorda qarzga beriladigan pul chiqarilgan. Talab oshsa, foiz ortadi, taklif tushsa, u kamayadi.

Qarzga olinadigan pulni ishlatishdan kutiladigan naf darajasi, aniqrog'i shu pulning iste’mol qiymati. Qarz puli tadbirkor uchun ko'p foyda keltirsa yoki iste’molchi ehtiyojini toMaroq qondirsa, foiz yuqori bo'ladi, aks holda u pasayib ketadi. Bunda pulni hozir ishlatishdan tegadigannaftaqqoslanadi. Qarzni to'lash muddati va sharti. Agar qarz uzoq muddatga berilib, uni sekin-asta, kichik-kichik qismlarga bo'lib, bemalol qaytarish mumkin bo'lsa, qarzdor yuqori foizga rozi bo'ladi. Agar qarz qisqa vaqtga berilsa va uni bir yo'la to'lash shart bo'lsa, qarzdor past foizni ma’qul ko'radi. Gap shundaki, qarz qanchalik uzoq muddatga berilsa, shunchalik uni ishlatib, daromad ko'rish mumkin va shu hisobdan foiz to'lash oson bo'ladi. Qarzning qanday pul bilan berilishi. Agar qarz erkin konvertirlangan valyutada berilsa, foiz yuqori belgilanadi, agar u oddiy valyutada berilsa, foiz nisbatan past o'rnatiladi. Konvertirlangan pul nufuzli bo'lgani uchun uni ishlatish oson, undan tezda daromad ko'rish mumkin.


Download 19.08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling