Mavzu: Kichik guruhlar psixologiyasi


Kurs ishining tuzilishi va xajmi


Download 132.2 Kb.
bet3/11
Sana16.06.2023
Hajmi132.2 Kb.
#1495190
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Otaxonova Guli

Kurs ishining tuzilishi va xajmi: Ish kirish, 2 bob, 4 bo’lim, xulosa, foydlanilgan adabiyotlar va ilovadan iborat. Jami sahifadan tashkil topgan.

I BOB. Kichik guruhlar psixologiyasi.
1.1. Kichik guruhlar klassifikatsiyasi

Kundalik hayotda shaxs muloqotda bo‘ladigan, vaqtini birgalikda o‘tkazadigan kishilar guruhi ham turli xil bo‘ladi. Masalan, agar odamlar ko‘chada tasodifiy hodisani tomoshabini bo‘lib turishgan bo‘lsa, ularni psixologiya tilida guruh emas, agregasiya (olomon) deb atashadi. Haqiqiy guruh uchun o‘sha odamlarning barchasiga aloqador umumiy faoliyat va hamkorlik qilish, bir-birlariga ta’sir ko‘rsatish imkoniyati bo‘lishi kerak.


Rus olimi Robert Semyonovich Nemov kichik sotsial guruhlarning quyidagi klassifikasiyasini taklif etgan:



Tarixan kichik guruhlarni rasmiy va norasmiy turlarga bo‘lish qabul qilingan. Bunday bo‘linishni amerikalik olim E.Meyo taklif etgan edi. Uning fikricha, rasmiy guruh har bir a’zolarining rasmiy rollarga ega ekanligi, ular mavqeining va guruhda tutgan o‘rnining aniqligi bilan xarakterlanadi. Bu guruhlardagi munosabatlar asosan «vertikal» tarzda ro‘y berib, guruhning bir yoki bir necha a’zosida «hokimiyat» bo‘lganligi uchun ham, ular boshqalarni boshqarish, ularga buyruq, rasmiy ko‘rsatmalar berish huquqiga ega bo‘ladilar. Rasmiy guruhga misol qilib har qanday birgalikdagi faoliyat maqsadlari asosida shakllangan jamoalarni ishlab chiqarish brigadasi, talabalar guruhi, sinf o‘quvchilari, pedagogik jamoa va boshqalarni olish mumkin.


Rasmiy guruhlardan farqli o‘laroq, norasmiy guruhlar ham mavjud bo‘ladiki, ular asosan stixiyali tarzda, aniq maqsadsiz tarkib topadi va ularda a’zolarning aniq mavqelari, rollari oldindan belgilangan bo‘lmaydi. Ko‘pincha norasmiy guruh rasmiy guruh tarkibida tashkil topadi va ularni boshqarish ham oldindan belgilangan bo‘lmay, odamlar ichidan u yoki bu shaxsiy sifatlari tufayli ajralib chiqqan a’zolar norasmiy rahbarlik rolini bajarishlari mumkin.
Bundan tashqari, sotsial psixologiyada referent guruh tushunchasi ham bor. Bu tushuncha fanga birinchi marta amerikalik tadqiqotchi G.Xaymen tomonidan 1942 yilda kiritilgan edi. U o‘z tadqiqotlarida shuni isbot qildiki, ma’lum bo‘lishicha, guruh a’zolari uchun shu guruh ichida yoki boshqa doiralarda shunday shaxslar mavjud bo‘lar ekanki, u o‘z xatti-harakatlari, fikrlari va yo‘nalishlarida o‘sha guruh a’zolariga ergashish, ularni tanqidsiz qabul qilishga moyil hamda tayyor bo‘lar ekan. Shunday shaxslar guruhi referent guruh nomini oldi.
O‘quvchi uchun bunday guruh rolini maktabdagi bir necha o‘qituvchilar, otasi yoki onasi, yaqin do‘sti yoki qarindoshlaridan kimdir o‘ynashi mumkin. Shunisi xarakterliki, shaxs doimo shu guruhga ergashadi, uni qadrlaydi, u bilan muloqotda bo‘lishga intiladi. Rus psixologlari bu guruhni odatda shaxs uchun mavjud haqiqiy guruh (a’zolik guruhi) tarkibidagi yoki unga qarshi bo‘lgan guruh sifatida qaraydilar. Nima bo‘lganda ham ana shunday guruhning mavjudligi shaxs uchun ahamiyatli bo‘lib, uning xulq-atvori uchun etalon hisoblanadi.
Amerikalik sotsiologlar referent guruhlarning bir necha turlarini farqlaydilar.
Normativ guruhlar – bu shaxs uchun shunday insonlar guruhiki, ularning normalarini u ma’qullaydi, ularga amal qilishga hamisha tayyor bo‘ladi. Bunday guruhlarga birinchi navbatda oilani, diniy yoki milliy uyushmalarni, professoinal guruhlarni kiritish mumkin.
Qiyoslash guruhlari – bu shunday guruhki, shaxs o‘sha guruhga kirishni, uning ma’qullashiga muhtoj bo‘lmaydi, lekin o‘z harakatlarini yo‘lga solishda unga asoslanadi va korreksiya qiladi.
Negativ guruhlar – shundayki, shaxs ularning xatti-harakatlaridan ataylab voz kechadi, chunki ular shaxsiy qarashlardan mutloq farq qiladi. Masalan, ikki qo‘shni bir-biri bilan murosalari kelishmasa, hattoki, devorlarini oqlashda ham biri tanlagan rangni ikkinchisi tanlamaydi. Biri «oq» desa, ikkinchisi – aksincha, «qora» deb turaveradi.
Nima sababdan odamlar guruhlarga birlashadilar va ko‘pincha guruhga a’zoliklarini juda ham qadrlaydilar? Shubhasiz, guruhlar, umuman, jamiyatning va uning har bir a’zosining u yoki bu ehtiyojlarini qondirishni ta’minlaydi. Amerikalik sotsiolog Nil Djozef Smelzer quyidagi guruh funksiyalarini ajratib ko‘rsatadi:

Download 132.2 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling