Mavzu: Kichik guruhlar psixologiyasi


Guruhlardagi yana bir jarayon


Download 132.2 Kb.
bet6/11
Sana16.06.2023
Hajmi132.2 Kb.
#1495190
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Otaxonova Guli

Guruhlardagi yana bir jarayon bu guruhning uyushqoqligi muammosidir. Guruh a’zolarining bir-birlarini yaxshi bilishlari, bir-birlarining dunyoqarashlari, hayotiy printsiplari, qadriyatlarini yaxshi tasavvur qilishlari bunday uyushqoqlikning birinchi omilidir. Ikkinchi va asosiy omil bu o‘sha guruhni birlashtirib turgan faoliyat maqsadlarini, uning yo‘nalishi va mazmunini bilishdagi g‘oyaviy birlikdir. Umuman, eksperimental tadqiqotlarda qayd etilgan guruhga oid fikrlardagi umumiy uyushqoqlikga ijobiy zamin hisoblanadi.
Guruhlardagi liderlik va umumiy qarorlarga kelish ham dinamik jarayonlarga kiradi, lekin bu masalalarni boshqarish psixologiyasi masalalari doirasida keyingi mavzuda o‘rganamiz.
Asosiy parametrlar yordamida guruhni ijtimoiy-psixologik jihatdan tahlil qilish mumkin. Ushbu parametrlarning to‘liq kombinatsiyasini guruhning o‘ziga xos xususiyatlariga va guruhdagi odamning pozitsiyasini belgilaydigan tavsiflarga bo‘lish mumkin.
Guruhning xususiyatlariga quyidagilar kiradi: guruh kompozitsiyasi (tarkibi), strukturasi (tuzilishi), guruhiy jarayonlar.
Guruh kompozitsiyasi yoki uning tarkibi – bu butun guruhni tahlil qilish nuqtai nazaridan muhim bo‘lgan guruh a’zolarining xususiyatlari to‘plami.
Guruhning strukturasi (tuzilishi) guruhning alohida a’zolari tomonidan bajariladigan funksiyalar nuqtai nazaridan, shuningdek, undagi shaxslararo munosabatlar nuqtai nazaridan ko‘rib chiqiladi.
Guruhiy jarayonlarga guruh rivojlanish jarayoni va birlashishi, guruhdagi bosim, qaror qabul qilish jarayoni kabi guruh dinamikasining ko‘rsatkichlari kiradi.
Shaxsning guruh munosabatlari tizimidagi mavqei, avvalo, uning statusi va bajaradigan rollari bilan tavsiflanadi.
Status (yoki mavqe) bu shaxsning guruhdagi o‘rnini va guruhning boshqa a’zolari uni qanday qabul qilishini belgilaydigan psixologik xususiyatlarning yig‘indisi yoki to‘plami.
Status rollar tizimi orqali amalga oshiriladi, ya’ni odam guruhdagi mavqeiga muvofiq bajarishi kerak bo‘lgan turli funksiyalar.

Download 132.2 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling