Mavzu: Kichik guruhlar psixologiyasi
Download 132.2 Kb.
|
Otaxonova Guli
1) ijtimoiylashtiruvchi;
2) instrumental; 3) ekspressiv (ifodali); 4) qo‘llab-quvvatlovchi. Ijtimoiylashtirish – bu shaxsni muayyan ijtimoiy muhitga jalb qilish va uning me’yorlari va qadriyatlarini o‘zlashtirish jarayoni. Inson yuqori darajada uyushgan primatlar singari faqat guruhda o‘zini saqlab qolishi va yosh avlodga ta’lim va tarbiya berilishini ta’minlaydi. Guruhda, ayniqsa, oilada, shaxs bir qator zarur ijtimoiy ko‘nikmalarni egallaydi. Bola yashaydigan boshlang‘ich guruhlar uning kengroq ijtimoiy aloqalar tizimiga qo‘shilishi uchun asos yaratadilar. Shaxsning biror bir shaklda ijtimoiylashishi o‘zining butun hayoti davomida amalga oshiriladi. Shunday qilib, shaxs a’zo bo‘lgan turli xil guruhlar, unga ushbu jamiyatning qadriyatlariga muvofiq ravishda ma’lum darajada ta’sir qiladi. Guruhning instrumental funksiyasi odamlarning birgalikdagi faoliyatini amalga oshirishdir. Ko‘pgina ishlarni yolg‘iz amalga oshirish mumkin emas. Konveyer jamoasi, qutqaruv guruhi, futbol jamoasi, xoreografik ansambl – bularning barchasi jamiyatda muhim rol o‘ynaydigan guruhlarga misoldir. Ularni vazifaga yo‘naltirilgan guruhlar ham deyishadi. Bunday guruhlarda ishtirok etish, qoida tariqasida, odamga moddiy hayotni ta’minlaydi, unga o‘zini namoyon qilish imkoniyatini beradi. Guruhning ekspressiv funksiyasi odamlarning ma’qullash, hurmat va ishonchga bo‘lgan ehtiyojlarini qondirishdir. Ushbu rolni ko‘pincha birlamchi va norasmiy guruhlar amalga oshiradi. Shaxs a’zo sifatida, unga psixologik jihatdan yaqin bo‘lgan odamlar, ya’ni qarindosh va do‘stlar bilan muloqot qilishni yaxshi ko‘radi. Guruhning qo‘llab-quvvatlovchi funksiyasi odamlar ular uchun qiyin vaziyatlarda birlashishga moyil bo‘lishida namoyon bo‘ladi. Ular yoqimsiz his-tuyg‘ularni yengillashtirish maqsadida guruhdan psixologik qo‘llab-quvvatlashini istaydilar. Bunga yaqqol misol sifatida amerikalik psixolog Stenli Shaxterning tajribasini keltirish mumkin. Birinchidan, universitetlardan birining talabalari bo‘lgan respondentlarni ikki guruhga bo‘lishadi. Ulardan birinchisining a’zolariga ular elektr tokining nisbatan kuchli zarbalariga duchor bo‘lishlari haqida xabar berishadi. Ikkinchi guruh a’zolariga esa ularga juda yengil, qichishadigandek elektr toki urishi kutayotganini aytishadi. Bundan tashqari, barcha talabalarga eksperiment qanday tarzda boshlanishini xohlashlari haqida savol beriladi: yolg‘izmi yoki boshqa ishtirokchilar bilan birgami? Birinchi guruh respondentlarining tahminan uchdan ikki qismi boshqalar bilan birga bo‘lishni istashlari aniqlangan. Ikkinchi guruhda, aksincha, respondentlarning tahminan uchdan ikki qismi eksperimentning boshlanishini yolg‘iz yoki boshqalar bilan birga boshlanishining farqi yo‘qligini aytishadi. Shunday qilib, Shaxter biror kishi tahdid soluvchi omilga duch kelganda guruh unga psixologik qo‘llab-quvvatlovchi yoki dalda beruvchilik hissini berishi mumkin, deb xulosaga keladi. Xavf oldida odamlar bir-biriga psixologik jihatdan yaqinlashishga moyil bo‘ladilar. Guruhning qo‘llab-quvvatlovchi funksiyasi guruh psixoterapiyasi mashg‘ulotlarida yaqqolroq namoyon bo‘lishi mumkin. Bundan tashqari, ba’zan odam psixologik jihatdan guruhning boshqa a’zolariga shu qadar yaqinlashib qoladiki, uning guruhdan ketishi yoki uni tark etishining (masalan, davolanishning umumiy yakuniga ko‘ra) boshdan kechirilishi qiyin bo‘lib qoladi. Shuning uchun guruh psixoterapiyasi kursini tugatish uchun maxsus variant – bu guruh tarkibini saqlab qolish va patsiyenlarning shifokorlarsiz ham aloqani davom ettirish hisoblanadi. Download 132.2 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling