Mavzu: Kichik maktab yoshidagi oʻquvchilarning ijtimoiylashuvi omili sifatida nutqning rivojlanishi. Kirish. I bob. Kichik maktab yoshidagi bolalarning ijtimoiylashuvi omili sifatida nutq
Download 51.02 Kb.
|
RAYA
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tadqiqotning metodlari : Tajribani o’rganish Kuzatuv Suhbat va so’rovnomalar Tadqiqotning ilmiy amaliy ahamiyati BMI ning strukturaviy tuzilishi
- I BOB. Kichik maktab yoshidagi bolalarning ijtimoiylashuvi omili sifatida - nutq. 1.1. Nutq va muloqotning psixologik tavsifi.
Tadqiqotning obyekti:Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarda bilish jarayonlari : nutq va tafakkur shakllanishini o’rganish.
Tadqiqotning ilmiy yangiligi: Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarda nutq va tafakkur shakllanishining xususiyatlari va Maktabgacha yosh davrida bolaning psixik rivojlanishi ning zamonaviy muammolarining ba zi bir yechimlarini qaror toptirish va o’ziga xos tomonlariga doir loyhalar ishlab chiqish. Tadqiqotning metodlari: Tajribani o’rganish Kuzatuv Suhbat va so’rovnomalar Tadqiqotning ilmiy amaliy ahamiyati BMI ning strukturaviy tuzilishi: Kirish Asosiy qism Xulosa va tavsiyalar Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati Ilovalardan iborat I BOB. Kichik maktab yoshidagi bolalarning ijtimoiylashuvi omili sifatida - nutq. 1.1. Nutq va muloqotning psixologik tavsifi. Kichik maktab yoshida bolalar o'z nutqlarida qaysi so'zlarni ishlatgani afzalu, qaysilarini ishlatish mumkin emasligini farqlay oladilar. 6-7 yoshli bola o'z jumlalarini murakkab grammatik tizimda tuza oladi. Bola butun bolalik davrida nutqni jadal ravishda egallab borib, nutqni o'zlashturishi ma'lum bir faoliyatga aylana boradi. Bola nutqining rivoji ko'p jihatdan uning ruhiyatiga, sog'lom, tetik o'sishiga. Bu masalalar maktabgacha ta'limda o'z yechimi ifodasini topishi va o'z ona tilida ravon gapira oladigan qilib tarbiyalashga qaratilishi zarur. Kichik maktab yoshi bolalar nutqini rivojlantirish - bu murakkab psixologik jarayon bo'lib, u faqat bolaning eshitgan nutqiga taqlid qilishidan iborat emas. Bu jarayon bolalarda umuman muloqat faoliyatini rivojlantirish va birinchi navbatda, muloqotga ehtiyoj mavjudligi bilan bog'liqdir. Maktab ta'limi bola leksikasini kengaytirish, uning o'z kechinmalarini yanada keng va xilma-xil ifodalashni o'zlashtirishi uchun imkoniyat yaratadi. Bolaning faol nutqni o'zlashtirishining ikkinchi bosqichida uchta asosiy jihat ajralib chiqadi: emosional munosabatlar; birgalikda faoliyat (hamkorlik) davomidagi munosabatlar; tovushli munosabatlar. Bolaning ruhan shakllanishida nutqning hal qiluvchi o'rinni egallashi uning turli bosqichlarda rivojlanishiga yordam beruvchi shart-sharoitlar va omillarning ahamiyatini yanada oshiradi. Bolalar kun boyi-mashg'ulotlarda, o'yinlarda, ho'jalik-maishiy va mehnat faoliyatida o'z pedagoglari bilan muloqatda bo'ladilar. O'z-o'zidan bolalar bog'chasida nutqiy muhitning rivojlantirish imkoniyatlari butunlay pedagog nutqining sifatiga bog'liq bo'ladi. Namunalu nutqqa ega bo'lish - bu tarbiyachining kasbiy tayorgarligi darajasidir. Kichik maktab yoshi bolalar nutqining rivojlanishdagi ayrim psixologik muammolar: Bola o'z nutqining kamchiligini aniqlash har doim ham oson kechmaydi, chunki muloqot jarayonida so'zlovchining diqqat-e'tibori eng avvalo nutqning shakliga emas (qay tarzda aytish), balki uning mazmuniga (nimani aytish) qaratilgan bo'ladi. Bundan tashqari, o'z nutqiga nisbatan beparvolik bilan munosabatda bo'lish natijasida ayrim kamchiliklar tilga qattiq o'rnashib qolishi va keyinchalik so'zlovchi uni sezmay qolishi mumkin. Masalan, nutqning shoshqaloqligi, tushunarsizligi, bir ohangdaligi (monotonligi), ovozning kuchliligi, ayrim tovushlar, so'zlarni noaniq talaffuz qilish kabi nuqsonlar sezilmasdan qoladi. Nutq bolalar tafakkurini va unga bog'liq bo'lgan zehnni o'tkirlash, zukkolik kabi xislatlarni ham tarkib toltiradi. Bolalarda hikoya qilish ko'nikmasi uning lug'at boyligi, jumla tuzish malakasi bilan ham ahamiyatlidir. Bolalar nutqini rivojlantirishda eng muhim vazifalar sifatida ularning lug'atini boyitish va faollashtirish, nutqining grammatik tuzilishini, tovush madaniyatini, dialogik va monologik nutqni shakllantirish, badiiy adabiyot namunalaridan foydalanish juda muhimdir. .Maktabgacha bolalik davrida u yoki bu sababga ko'ra yoshiga muvofiq, to'laqonli rivojlanmagan ko'plab bolalar uchun maktabga kelish murakkab sinov bo'lishi mumkin va ular qator muammolarga duch keladi. Bu kabi alohida qiyinchiliklarning pedagogik psixologiya fanida to'rtta guruhi farqlanadi: -Kun tartibi bilan bog'liq qiyinchiliklar (ko'proq bolalar bog'chasiga qatnamagan bolalarda kuzatiladi va ixtiyoriylik, o'zini boshqarish, uyushqoqlikning nisbatan past darajasida namoyon bo'ladi. -Kommunikativ qiyinchliklar (tengdoshlari bilan muloqot tajribasi yetarli bo'lmagan bolalarda sinf jamoasi, undagi o'z o'rniga o'rganishda qiynalishda namoyon bo'ladi). -O'qituvchilar bilan o'zaro munosabatlardagi qiyinchiliklar. -Oilaviy sharoitdagi o'zgarishlar bilan bog'liq muammolar. Shu sababli maktab nevrozlarini erta diagnostikalash, korreksiyalash va profilaktika qilish dolzarb va favqulodda muhim muammo sanaladi. 6-9 yoshdagi bolalarda nevrotik holat ichki (ortiqcha xavotir, notinchlik, o'ta senzitivlik kabi) va tashqi ijtimoiy omillar sababli kelib chiqishi mumkin: -Oilada noto'g'ri tarbiya (haddan tashqari g'amxo'rlik, ortiqcha talabchanlik, egosentrik tarbiya); -Tarbiyadagi bolaga psixologik savodsiz ta'sir, ko'pincha o'quvchini noadekvat baholashga olib keladi; -Kommunikativ malaka va ko'nikmalar yetishmasligi; -O'quvchi pozisiyasi shakllanmaganligi. Yana bir tez-tez uchraydigan atama - "Psixogen maktab dezadaptasiyasi" muammosidir. Psixogen maktab dezadaptasiyasi bola shaxsining maktab va oiladagi obyektiv mavqeyini buzadigan psixogen reaksiyalar kasalliklar va tuzilmalarni aks ettiradi. Odatda, maktab nevrozlari besabab agressivlik, maktabga borishdan qo'rqish, darslarga kirish, sinf doskasi yonida javob berishdan bosh tortish va shu kabi meyordan chetlangan dezadaptiv xulqda namoyon bo'ladi. "Maktab xavotirligi - emosional beqarorlikning nisbatan yengil shakli bo'lib, hayajon, o'quv vaziyatlarida, sinfda ortiqcha notinchlik o'ziga nisbatan yomon munosabat, pedagoglar, tengdoshlari tomonidan salbit baho kutishda namoyon bo'ladi" - A.M.Prixodjan. Dars jarayonida uqituvchi turli vaziyatlarni tasavvur qilishni so'raydi. Bu holat albatta biron-bir yordamchi qurollar-predmetlar, maketlar, sxemalar bo'lgan taqdirdagina o'quvchi tasavvurini rivojlantirish mumkin. Aks holda bu yoshdagi bolalar xali mustaqil tasavvur xarakatlari qilishga qiynaladilar. Psixolog Piaje tadqiqotlarida 6-7 yoshli bolalardan turli xil balandlikdagi idishlardagi suv miqdorini belgilash so'ralgan. Va bolalar suv miqdorini bir biri bilan teng bo'lgan idishlarda ko'rganlaridan so'nggina o'z javoblari noto'g'riligini bilganlar. Kichik maktab davrida tasavvur asosan bolalar rasm chizishda, shuningdek ertak va xikoyalar to'qiyotganlarida rivojlanadi. Kichik maktab yoshidagi bolalar tasavvuri juda keng va xilma-xil bo'ladi. Ayrim o'quvchilar asosan real borlikni tasavvur etsalar boshqalari fantastik obraz va vaziyatlarni tasavvur etdilar. Shung bog'liq kichik maktab yoshidagi bolalarni realistlar va fantazyorlarga ajratish mumkin. Bolalar ko'pincha o'zlariga ma'lum obrazlar, syujetlardan foydalangan xolda yangi obrazlarni tasavvur etadilar, yaratadilar. Bu tasavvurlar asosida ularning qo'rquvni yengish, do'st topish, xursandchilik xislari yotadi. Bundan tashqari tasavvur terapevtik natija olib keluvchi faoliyat sifatida ham namoyon bo'lishi mumkin. Bola real hayotda qiyinchiliklarga duch kelib, ulardan chiqib keta olmagan xolatda ko'pimcha hayolga beriladi. Masalan, mexribonlik uyida tarbiyalanayotgan bola o'zining hamma xavas qiladigan oilasi, uyi bo'lishini, bu uyga o'g'rilar kelib qolsa, u qahramonlik qilishini tasavvur qiladi. Tasavvur bolani vaqtinchalik bo'shashiga va bu bo'shashish vaqtida ota-onasiz yashashini davom ettirish uchun kuch to'plashga imkoniyat yaratadi. O'z bolasiga doimiy baqiradigan asabiy ona o'z farzandining tasavvurida mehribon, farishta, o'z onasini katta, qo'rqinchli xavfdan qutqarayotgan qahramonlik yoki bolaga doimiy ravishda ozor berganligi uchun ham o'lib yotgan ona sifatida tasavvur etishi mumkin. O'z tasavvurida yaxshi yoki yomon holatlarni boshidan kechirgan bola o'zining kelgusi hatti-xarakatlr motivasiyasini tayorlaydi. Kattalarga nisbatan tasavvurning bolalar hayotida ahamiyati juda katta. Bola tasavvur qilib atrof-xayotini chuqurroq bila boshlaydi, o'z-o'zining shaxsiy tajribasidan tasavvur yordamida chetga chiqa oladi, ijodiy layoqati rivojlanadi, shaxsiy xususiyatlarining rivojlanishiga xizmat qiladi. Nutqda bizning fikrlarimiz bilan birlikda tuyg‘u-hislarimiz ham ifodalanadi. Og‘zaki nutqda hissiyotlarimiz so‘z yordami bilan qilingan tasvirlarda, ohangda, qofiyada, xitob va savollarda, gaplashish vaqtidagi pauzalarda va ayniqsa intonatsiyalarda namoyon bo‘ladi. Chunonchi, biz biron kishining ismini ataganimizda, shu kishiga bo‘lgan turli hislarimizni va munosabatlarimizni o‘zimizdagi mehrni, g‘azabni, g‘ururni, muhabbatni, hurmatni, nafratni, mensimaslikni va boshqa shu kabilarni atayin yoki beixtiyor namoyon qilishimiz mumkin. Shu bilan birga, gapiruvchining intonatsiyasida uning holati ham, charchaganligi, umuman hayajoni, o‘ziga bo‘lgan ishonchi yoki ishonchsizligi ifodalanadi.Nutq–biror nimani bildiruvchi vosita. Odamning nutqida uning fikrlari va xilma-xil ichki holati– emotsional kechinmalari va irodasigina ifodalanib qolmasdan, shu bilan Nutq va ayrim so‘zlar narsalarning faqat belgilari – «yorliqlari» gina emas. Narsalarni ifodalovchi nomlar nutqning xususiy funksiyalaridan biridir, xolos. Har bir so‘zning bundan tashqari yana ichki mazmuni ham bor, har bir so‘z ma’lum tushunchani ifodalaydi. Nutq – ta’sir ko‘rsatish vositasi bo‘lib xizmat qiladi. Ta’sir ko‘rsatish – biz nutqimizni kimga qaratayotgan bo‘lsak, shu kishida biz istagan hislar, intilishlar va harakatlarni tug‘dirish, ularning fikrini biz istagan tomonga burish, ularni o‘zimiz hohlaganimizcha o‘ylashga majbur etish, ularni ishontirish demakdir. Ma’lumki, nutq yordami bilan boshqalarda xursandlik, qo‘rquv, g‘azab, ruhlanish hislarini tug‘dirish mumkin, boshqalarda biz istagan intilishlarni, harakatlarni kuzatishimiz mumkin. O‘qituvchi va tarbiyachi so‘z orqali ta’sir ko‘rsatish yo‘li bilan o‘quvchilarda muayyan intizom va hatti-harakat vujudga keltiradi. Ta’sir ko‘rsatish vositasi bo‘lgan nutq ta’lim tarbiyaning asosiy qurolidir. Amr-farmon berish, o‘tinib so‘rash – iltimos qilish, maslahat berish, o‘git-nasihat qilish, gapga unitish, dalil-isbotlar keltirish va boshqa shu kabilar so‘z vositasi bilan ta’sir ko‘rsatish formalaridir. Nutq ta’sir ko‘rsatish vositasi bo‘lib xizmat qiladi, chunki so‘zlab turgan kishining nutqida uning hissiy intilishlari, iroda va e’tiqodi aks etadi. Nutqning ta’sir o‘tkazuvchi funksiyasida intonatsiya katta rol o‘ynaydi. Intonatsiyada nozik va murakkab hislar va iroda xususiyatlari – norozilik, istak, talab hislari va shu kabilar namoyon bo‘lishi mumkin. Shu sababli, o‘quvchilarda tabiat va turmushdagi biror hodisaga qiziqish paydo qilish, bilimni yanada mustahkamroq bilib olishga ishtiyoq uyg‘otish uchun, shuningdek, ularni ma’lum bir harakatga yo‘llash uchun o‘quvchilarga ta’sir ko‘rsatmoqchi bo‘lganida o‘qituvchi o‘z nutqida talaffuzga ayniqsa alohida e’tibor bermog‘i lozim. Har bir kishi avvalo o‘z atrofidagi kishilar so‘zlashadigan tilni bilib oladi. Lekin odam mahsus o‘qib o‘rganish yo‘li bilan yoki boshqa millat kishilari bilan muttasil aloqada bo‘lib turish natijasida boshqa xalqlarning tillarini ham bilib olishi mumkin. Inson o‘z fikrlarini boshqalarga bildirmoq uchun shu fikrlarni seziladigan, ya’ni sezgi organlari orqali ta’sir qiladigan moddiy vositalarda ifodalashi lozim. Odam ovozini tovushlari va tovushlar birikmasi nutqining mana shunday moddiy vositalaridir. Odamlar nutq orqali bir-birlari bilan muomala qilishda foydalanadigan tillarning hammasi tovush tilidir. Odam nutqining tovushlari odatda fonemalar deb ataladi. Odamlarning imo-ishoralarini, mimikasini va pantomimikasini eslatuvchi xilma-xil harakatlarni biz hamisha hayvonlarda, ayniqsa oliy hayvonlarda – maymunlarda ham borligini ko‘ramiz. Biroq, hayvonlarning bu harakatlarini odamlarning imo-ishoralari, mimikasi bilan bir xildagi harakatlar deb hisoblash mumkin emas. Odamlar o‘zlarining imo-ishoralarida, mimikalarida va o‘zlarining ayrim tovush birikmalarida o‘zlarining ichki his va tuyg‘ularini ifodalaydilar. Lekin, shu bilan bir vaqtda, odam bu harakatlardan nutq elementlari tariqasida ham foydalanishi mumkin, jumladan, odam shular orqali narsalarning ma’nosini ifodalanishi, u yoki bu narsalarni ko‘rsatishi, narsalarni tasvirlab berishi mumkin. Hayvonlarda shu tarzdagi imo-ishoralar va mimika harakatlari bo‘lishi mumkin emas. Bu tajribada ham isbot qilingan. Psixologlar Voytonis va Tix maymunlarni loaqal narsalarni oz-moz bo‘lsa ham ifodalab beradigan tasvirlovchi imo - ishoralarga o‘rgatish tajribalarini o‘tkazgan edilar. Maymunlarda mimika va imo - ishora harakatlari g‘oyat ko‘p bo‘lishiga qaramay, ular bunday tasvirlovchi imo-ishoralarni o‘rgana olmadi. Boshqa hayvonlarda bo‘lgani kabi, maymunlarda ham mimika, imo-ishoralar va tovush signallari harakat faolligining umumiy ajralmas kompleksidan iborat bo‘lib, voqelik buyumlarini ifodalovchi vosita tariqasida xizmat qilmaydi. Kar-soqov odamlar imo-ishora va mimikadan aloqa vositasi tariqasida foydalanishga majburdirlar, chunki ular og‘zaki nutq tovushlarini eshitmaydilar. Yozuv ham nutqning moddiy vositasidir. Lekin yozuv tilning qandaydir alohida turi emas, yozuv – tildan foydalanishning faqat alohida usulidir. Og‘zaki nutqda ham yozma nutqda ham biz ayni bir tovush tilidan foydalanamiz. Ozaki nutq eshitish organlari vositasi bilan idrok qildirishga mo‘ljallangan nutqdir. Yozma nutq esa harflar va belgilar yordami bilan tovushlarni, Bolalar to‘g‘ri tarbiyalanib borganlarida, ayniqsa maktabgacha tarbiya yoshiga yetganlarida, ularda tilning grammatika formalarini amaliy ravishda egallash juda tez qadam bilan olg‘a qarab boradi. Shu yoshda bolalar murakkab gap sintaksisini ham egallab oladilar. Bolaning nutqida bir-biri bilan bog‘langan qo‘shma gaplar paydo bo‘ladi. Bolalarning nutqda sodda gap, bosh gap, ergash gap va hokazolar aniq, ko‘rina boshlaydi. Ularning nutqlarida murakkab gaplar ishlatiladi. Bu gaplarda biror sababiyat, maqsad, xulosa, izoh, shart va shu kabilar aks ettirila boshlaydi. Nutqning tuzilishidagi bu murakkab formalar tafakkurning murakkabroq formalari o‘sib borishiga bog‘liqdir. Bolalarda nutq o‘sishining ana shu bosqichida hodisalarning sabablari va bir-biriga bog‘lanishi to‘g‘risida turli savollar tug‘ila beradi. Shu yoshdagi bolalar kattalardan muttasil: «Nega?», «Nima uchun?» deb suray beradilar. Download 51.02 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling