Mavzu: Kichik maktab yoshidagi oʻquvchilarning ijtimoiylashuvi omili sifatida nutqning rivojlanishi. Kirish. I bob. Kichik maktab yoshidagi bolalarning ijtimoiylashuvi omili sifatida nutq
Piajening aqliy rivojlanish bosqichlari psixodiagnostikasi
Download 51.02 Kb.
|
RAYA
2.2. Piajening aqliy rivojlanish bosqichlari psixodiagnostikasi.
1930-yillardan boshlab J.Piaje tomonidan belgilangan va izchil ravishda hal etib borilgan ulkan vazifa- bir vaqtning o’zida bir qancha ya`ni biologik, gneseologik, psixologik, mantiqiy va ijtimoiy tomonlarga ega bo’lgan murakkab tizim sifatida intellektni kompleksli o’zaro tartibli tahlildir. J.Piajening fikriga ko’ra, bolalarning kognitiv rivojlanishini psixologik tadqiqotni nazorat qiluvchi psixologiyaning genetik metodi bilish nazariyasining asosiy savollariga ekspermental javob berishni talab qiladi: anglanimaganlikdan bilishga noaniqlikdan aniq bilishga o’tish qanday sodir bo’ladi. Tug`ma g`oyalar mavjudmi yoki bizning bilimimiz butunlay tajribadan olinadimi bilishning asosiy kategoriyalari tushunchalari ob`ekt , makon, vaqt, miqdor va boshqalar qanday shakllanadi. J.Piaje inson intellektini yashash muhitiga moslashish shakllaridan biri sifatida talqin qilgan. Har qanday tirik organizm atrof-muhit bilan uyg`un o’zaro munosabatni qo’llab-quvvatlashda ichki ehtiyojga ega bo’ladi. YA`ni muhitga moslashish ehtiyoji muhit bilan muvozanatda bo’lish kuzatiladi. Muhit ta`siri organizmni muvozanatdan chiqaradi. Organizm yana qaytadan muvozanatga moslashishga erishish uchun yo’qotilgan muvozanatni qoplashda uzluksiz faol holatda bo’lishi kerak masalan, kesilgan barmoq ya`ni chetdan muhit ta`sirida lat eyish jarohat olish o’zini o’zi nazorat qilish jarayonlarini faollashtiradi ular pirovard natijada turg`unlikni barqarorlikni ya`ni kesilgan barmoqdagi teri qoplashini qayta tiklashi kerak. J.Piaje tomonidan muvozanatga hususan bilishga intilish rivojlanishning yuqori tamoyili sifatida e`tirof etilgan muvozanat omilni joriy etish harakatda bo’lish jarayoni o’zini o’zi rivojlantirish sifatida psixik rivojlanishni intellekt rivojlanishi tushunilishiga imkon beradi. Bilishga moslashish jarayoni ikkita har xil yo’nalishdagi jarayonlar assimiliyatsiya va akkomodatsiyadan hosil bo’ladi. Assimiliyatsiya va akkomodatsiya qarama-qarshi yo’nalgan lekin chambarchas bog`liq va xulq-atvordagi bir-birini to’ldiruvchi tendentsiyadir. Ovqat va hazm qilish bilan qiyoslasa bo’ladi. Muammoli vaziyatni hal qilish mavjud bo’lgan harakat chizmasi yoki kognitiv chizma yordamida sodir bo’ladi. Mutolaa qilganda axborot assimilyatsiyasi yuz beradi. Bola umumiy qilib olish chizmasidan foydalanib har xil ob`ektlarni olish mumkin. Assimilyatsiyani bilish tuzilishlarini bir butunligini barqarorligini ta`minlaydi. Muammoli vaziyatni o’zi yoki yangi ob`ekt ba`zi o’zgarishlarga (transformatsiyalarga) uchragan. Akkomadatsiya – bu yangi vaziyatga, yangi vazifaga muvofiq ravishda chizmani o’zgartirishda u variabellik, rivojlanish, yangi chizmalarni ishlab chiqishni ta`minlaydi. Bola unga qog`oz varog`i yoki to’p uzatayotganligidan bog`liqlikda (ushlab qolish chizmasi akkomadatsiyaga uchraydi) qo’li barmoqlarini har xil ko’rinishda hozirlashga o’rganadi. Assimilyatsiya va akkomadatsiya tendentsiyalarini muvozanatlashtirish birmuncha darajada samarali moslashuvini ta`minlaydi, lekin bu holat har doim taxminiy vaqtincha bo’lib buzilishi yana kuzatiladi. Ushbu tarkibiy qismlarni hulq-atvordagi o’zaro aloqasi har xil bo’lishi mumkin akkomadatsiyadan assimilyatsiyani ustunligi kichkina bolalarning ramziy o’yinlarida kuzatiladi. Bolaning hoxishi va qiziqishidan bog`liqlikda qari daraxt bo’lagi “hazilkash” ham qo’g`irchoq ham qayiq, ham samaliyot bo’lishi mumkin. Akkomadatsiya ko’proq taqlid qiluvchi harakatlarda tashqi ta`sir xususiyatlariga o’z xulq-atvorini o’xshatish vaziyatida (masalan bola qutining ochilib yopilishini og`iz harakatlari orqali taqlid qiladi “o’lik o’rdak” obrazini harakatlari orqali yaratadi) namoyon bo’ladi. Bolaning intellekti faoliyat asosida narsalardan foydalanish tajribasi asosida shakllanadi. Ob`ektlarni bilish uchun sub`ekt ular bilan birga harakat qilishi kerak: tutib qolish, ushlab ko’rish, yaqinlashish, yo’q qilish, aralashtirish, taqqoslash va boshqalar. Barcha egallagan tajriba faoliyat chizmasi ko’rinishida saqlanadi. Faoliyat chizmasi – J.Piaje ta`limotidagi juda muhim tushunchalardan biridir. So’zning tor ma`nosida harakat chizmasi tushunchasi bu umumiy bo’lib, turli vaziyatlarda ko’p marta takrorlanuvchi harakatda saqlanadi. So’zning keng ma`nosida- harakat chizmasi- bu ma`lum bir darajadagi aqliy rivojlanish tuzilmasidir. Ma`lum bir bosqichda harakatning umumiy chizmasini rivojlanishini operatsiyaga (operant tuzilishga) aylanadi. SHuning uchun J.Piaje ta`limoti operatsional deb ataladi. Operatsiya- bu tizimda qaytariluvchan va guruhlarga ajratilgan ichki predmetli harakatdir. Fikrlash faoliyatini tuzishi hayot davomida shakllanadi egallagan tajribaga ega bo’lib, rivojlanishning turli bosqichlarida sifat jihatdan farqlanadi. Assimilyatsiya va akkomadatsiya jarayonlari ontogenezdagi aqliy rivojlanishni uzluksizligi va ketma-ketligini ta`minlaydi, fikrlash harakatlarini (tuzilishi) tashkillashning o’ziga xosligi esa intellektning ajratilgan bosqichlarini aniqlaydi. J.Piajega ko’ra, psixikani rivojlanish –bu etakchi intellektual ko’rinishlarini o’zgarishidir. Har bir bosqich boshqasining ustiga ko’riladi, ularning har biri keyingilarini shakllanishi uchun zarur, shuning uchun ularning (borish) kechish tartibi qayd qilingan va shunday belgilangan ularni yuz berish tezligi esa har xil bo’lishi mumkin. Tajriba egallashning qulay yoki nomaqbul imkoniyatlaridan madaniy va ilmiy sharoit sifatida bog`liqlikda. Inson intelektini rivojlanishi: rivojlanishning davr va bosqichlari. J.Piaje rivojlanishning uchta asosiy davrlarini ajratgan: 1. Sensamotor intellekt (tug`ilgandan 1,5 yoshga qadar) 2.Aniq operatsion (reprezentativ) intellekt (1,5-2yoshdan 11 yoshga qadar) 3.Formal (rasmiy) – operatsion intellekt (11-12 yoshdan 14-15 yoshga qadar) J.Piaje har bir bosqichni ikki yo’l bilan ta`riflaydi: ijobiy (oldingi darajadagi tuzimini murakkablashishi defferentsiyatsiya (farqlanish) natijasi sifatida) va salbiy (keyingi bosqichlarda bartaraf etiladigan o’ziga xoslik va kamchiliklar nuqtai-nazarida) 1. Sensamator davr. J.Piaje tafakkur rivojlanishining tadqiqini, hayotning birinchi ikki yilligida bolaning amaliy predmetli faoliyatini tahlil qilishdan boshlaydi. Uning ta`kidlashicha, hatto nihoyatda mavhum bilimlar manbani harakatda qidirish kerak, bilim tayyor ko’rinishda (sirtdan) tashqaridan kelmaydi inson uni ko’rishi kerak. J.Piaje o’zining 3 ta farzandi rivojlanishini kuzatib (qizlari Jaklin va Lyusena va o’g`li Loran) sensamator rivojlanishning 6 bosqichini ajratgan. Bu tug`ma mexanizmlar va sensor jarayonlardan (surish reflektsiya singari) ixtiyoriy atayin qo’llaniladigan uyushgan xulq-atvor shakllariga o’tish bosqichlaridir. Bola tug`ilganidan to 15 yoshga qadar jarohat tuzilishlari va his-tuyg`ular rivojlanishi bilan xarakterlanadi: u ko’radi, eshitadi, teginadi, hidlaydi, murakkab va chigal tug`ma qiziqish bilan amalga oshiradi. Sensamator intellektning ikkta kichik davrlarga ajratiladi: 7-8 oyga qadar go’dakning o’z tanasiga markazlashuvi kuzatishgandi. 9 oylikdan boshlab fazoviy sohada fazoviy intellekt chizmasini ob`ektivligi sodir bo’ladi. Maqsadga erishish uchun vosita sifatida bola tomonidan ma`lum bir harakatlarni qo’llanilishi intellekt shakllanishining mezonidir. SHunday qilib birinchi kichik davr oxiriga kelib bolalar o’zining harakatlari va natijalari o’rtasidagi aloqani kashf qiladilar. J.Piaje topshiriqlari nomini olgan. Ko’pincha bu tajribalarni shuningdek muvozanatni saqlash testi og`irlik, uzunlik, hajm, son va boshqa deb ham ataladi. Modomiki, bunday turdagi barcha topshiriqlar umumiy tamoyillarga asoslangan ekan, namuna uchun hajmni saqlanish testini ko’rib chiqamiz. Suyuqlik hajmini saqlanish testi. O’tkazish bosqichlari 1.Dastavval bolaga bir xil miqdorda suv yoki sharbat bilan to’ldirilgan ikkita stakan ko’rsatiladi. Bola ikkala stakanda suyuqlik miqdori bir xilmi deb so’raydi. Bola suvlar bir xilligini tushunib etishi juda muhimdir. Dastlabki tenglikni qayd qilish majburiy. Baholanayotgan xususiyatning dastlabki tengligi albatta pertseptiv idrokli o’xshashlik bilan kuzatiladi ikkala stakandagi suvlar darajasi miqdori tenglashtirilgan. 2.So’ngra eksperementator katta odam suvni bir stakandan boshqa shakldagi kengroq va pastroq stakanga qo’yadi. Odatda, eksperementator bolaning diqqatini ushbu boshqadan qo’yishga qaratadi. Qara, men nima qilayapman o’zgartirish qilinadi, bunda garchi baholanayotgan xususiyatga hech ham ta`sir ko’rsatmasida,pertseptiv idrokli o’xshashlik buziladi. 2.Qayta quyilgandan keyin savol takrorlanadi. Ikkala stakanda suv miqdori bir xilmi lekin albatta avvalgi dastlabki shaklda bo’lishi kerak. Odatda, 7 yoshgacha bo’lgan bolalar saqlashning standart topshiriqlarini uddalay olmaydilar. Maktabgacha tarbiya yoshidagilar topshiriqlarni hal etayotib, J.Piaje fenomenlari–fazoviy, pertseptiv qayta o’zgartirishda ob`ektlarning turli xususiyatlarini saqlash doimiylik, invarlantlik haqida ularga xos tasavvurlarni namoyon qiladilar. Bu bolalar psixologiyasidagi eng ishonchli dalildir, ular har qaysi maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarda ifodalanishi mumkin. Odatda, bola stakanlardan biridagi suv endi kamroqligi yoki ko’proqni aytadi, ya`ni pertseptiv qayta o’zgartirishda predmetning xususiyatlarini saqlab qolishini tushunish yo’qoladi. Bunda saqlanib qolmaslik fenomeni kuzatiladi. Maktabgacha tarbiya yoshidagi bola ob`ektni idrokga tayanib, dolzarb yaxlit, bevosita egotsentrik sifatida baholaydi. U aynan holatga diqqatini yo’naltiradi va bir vaqtning o’zida oldin predmetlar qanday ko’rinishda bo’lganligi haqida o’ylay olmaydi, amalga oshirishgan harakat umuman olganda qaytarilishini suv bir xil stakanlarga quyilgan bo’lishi mumkin, bitta ob`ektga diqqatini qaratib, suyuqlik darajasini past-balandligidagi farqi bir vaqtda ikkita parametrni o’lchamni stakan balandligi va kengligi e`tiborga ololmaydi. J.Piaje saqlanib qolmaslik fenomenini bolani etti yoshga to’lgunga qadar mantiqiy fikr–mulohaza yuritishga va detsentratsiyasiga markaziy vazifalarni mahalliyga berish qodir emasligini isboti sifatida baholaydi. Bu vaziyatda ikkala stakandagi suvlar miqdori bir xilmi degan takroriy savolga bola xususiyatlar tengligini ta`kidlaydi. U belgilar saqlanib qolishini aytadi. Saqlanib qolish testini bajarishi-aniq operatsiyalarni ishlash mezonidir. Eslatib o’tamiz mantiqiy operatsiya–bu qaytariluvchanlik bilan xarakterlanadigan aqliy harakatdir. Qaytariluvchanlik, masalan A va B hamda B va A o’rtasidagi masofa tengligi tasdiqlash. Nisbatiga yoki qo’shish va ayirish munosabatiga taalluqlidir. Qaytariluvchanlik tamoyilidan xayolan foydalanish qobiliyati aniq operatsional tafakkur bosqichini egallashning asosiy belgilaridan biri hisoblanadi. J.Piaje topshirig`ining boshqa varianti – ko’p jihatlarni inobatga olish testi yaxlit va uning qismlarini taqqoslashni taklif etadi. Ko’p jihatlarni inobatga olish testi. 1.Bir qancha tanish ob`ektlar, masalan, g`oyalar ko’rsatiladi. Ob`ektlar ikkita kichik sinflarga oq va qizil bo’lishi kerak, bu kichik sinflardagi elementlar soni bir xil bo’lishi kerak emas 4 ta qizil va 2ta oq. 2. Bolaga quyidagicha savol beriladi qaysi biri ko’proq qizil gullarmi yoki gullar. 3. Besh yashar oddiy javobi qizil gullar ko’proq. J.Piajening izohi quyidagicha bola sinfga yo’nalgan va sinf va uning kichik sinflari haqida bir vaqtning o’zida o’ylay olmaydi. Bola qachon bunday topshiriqlarni to’g`ri hal qilishni boshlasa, odatda 7 yoshdan so’ng bu aqliy qobiliyat o’sganligi qaytaruvchanlikni yuzaga kelganligi, operatsional tuzilish shakllanganligidan bog`liq bo’lgan detsentratsiyaga qobiliyat ortganligi haqida dalolat beradi. Bola qachon bunday topshiriqlarni to’g`ri hal qilishni boshlasa, odatda 7 yoshdan so’ng bu aqliy qobiliyat o’sganligi, qaytariluvchanlikni yuzaga kelganligi operatsional tuzilish shakllanganligidan bog`liq bo’lgan detsentratsiyaga qobiliyat ortganligi haqida dalolat beradi. Bola predmetning ikki xil belgisi o’zaro bog`liq emasligini, bir-biriga tobe emasligini masalan, narsaning shakli va miqdori tushunishga qodir bo’ladi. Har xil belgilarni-predmet materiali, uzunligi, og`irligi, hajmini, keyinroq vaqti, tezligini saqlanib qolishi haqida tushuncha paydo bo’ladi. Ob`ektlar va qismlarni tasniflash qobiliyati yuzaga keladi ya`ni qatorlarga tartibga solib joylashtirish masalan, miqdorini kamayishi tartibida. Endi bola bevosita idrok ta`sirini engib o’tib, ma`lum bir vaziyatga mantiqiy tafakkurni tadbiq etadi. Ijtimoiy va madaniy qurshov rivojlanish bosqichining kechishi tezligini tezlashtirishi yoki sekinlashtirishi mumkin. Birinchi navbatda bu unga mashg`ulot uchun to’g`ri keladigan materiallarni, ham etish uchun topshiriqlarni etkazib berish hisobiga amalga oshadi. Tayyor bilimni berish to’g`ri javoblarni yod olish samarasiz, rivojlanish insonning shaxsiy faolligi amalga oshib, bilish jarayonlari faol tashkillashtirilib, tartibga solinganda sodir bo’ladi. SHuningdek, tafakkurni rivojlanishi uchun va ayniqsa, boshqa nuqtai nazarlarni anglashni rivojlantirish uchun g`oyalar, fikr-mulohazalar almashinuvi va tengdoshlar bilan bo’lgan bahs-munozara muhim. Aniq operatsion tafakkurga o’tish barcha psixik jarayonlar, axloqiy fikrlar va qobiliyatlarni boshqa odamlar bilan hamkorlikka moslashtiradi. Biroq barcha bu mantiqiy operatsiyalar aniq- faqatgina haqiqiy, ko’zga ko’rinadigan anglanadigan predmetlar va ular bilan bog`liq bo’lgan harakatlarga qo’llaniladi, bolaga haqiqat havola etilgan aniq mazmunga bo’ysunadi. Xulosa. NUTQ– odamlar til orqali bir-biri bilan muomala va aloqa qilishning alohida usulidir. Odam o‘z nutqi yordami bilan o‘zining bilimlari, fikrlari, hislari va istaklarini boshqa kishilarga aytib bera oladi va boshqa kishilarning fikrlarini o‘zlashtirib oladi, boshqa kishilarning hislari va istaklarini bilib oladi. Odamlar o‘zlarining faoliyatlari va kundalik hayotlarida bir-birlari bilan shu tarzda aloqa qilib turadilar. Nutq vositasi bilan aloqa bog‘lash jarayonida har bir kishi bilimlarning ko‘p qismini boshqa kishilardan oladi. Nutq vositasi bilan aloqa bog‘lash odamning doimiy ehtiyoji bo‘lib, bu aloqa fikr olishuvga xizmat qiladi.Odam boshqa kishilar bilan nutq orqali muomala qilmay yashay olmaydi. Odam yakka o‘zi qolganida, ko‘pincha, xayolidagi suhbatdoshlar bilan «o‘z ichida» gaplashadi. Odam o‘ziga notanish bo‘lgan bir yoki bir necha kishi o‘rtasiga tushib qolsa, unda nimalarnidir aytish yoki shu kishilardan nimalarnidir eshitish ehtiyoji albatta paydo bo‘ladi. Bu ehtiyoj qondirilmay qolsa, odamni ma’yus qiladigan «o‘ng‘aysizlik» hissi tug‘iladi. Odamning «aytadigan hech bir gapi» bo‘lmagan taqdirda ham shunday ehtiyoj paydo bo‘ladi. Bunday hollarda u «nima qilishini» bilmay qoladi. Bunday hollarda unda «nimani gapirsam ekan?», «nimadan gap boshlasam ekan», «qanday gap boshlasam ekan!» deb gap mavzuini qidirish boshlanadi. Har bir kishining yoshiga, bilimiga, umumiy izlanish saviyasiga qarab, uning nutqi o‘ziga xos hususiyatlarga ega bo‘ladi. Ayrim kishilar kasbining xususiyatlari, shu kishilarning nimalarga qiziqishi, mijozi va shu kabi xususiyatlari ularniig nutqlarida namoyon bo‘ladi. Har bir kishi bir yoki bir necha tildan foydalanib, o‘zicha gapiradi. har bir kishining o‘z nutqi bor. Odam ongining alohida funksiyasi bo‘lgan nutq psixologiya fani tomonidan o‘rganiladi. Til esa ijtimoiy hodisadir. Til ayrim kishida mustaqil ravishda mavjuddir. Tilning ijodkori esa xalqning o‘zidir, tarixan tarkib topgan millatning o‘zidir. Nutq bilan til bir-biridan farq qiladi, lekin ayni vaqtda ularni bir-biridan ajratib bo‘lmaydi; nutq ham, til ham bir-biriga bog‘langan, ular birlikda mavjuddir. Bu birlik shundan iboratki, har bir til tarixiy taraqqiyot davomida odamlarning nutq vositasi bilan aloqa bog‘lash jarayonida vujudga kelgan va o‘sib borgan. Har bir tilning yashab turishi kishilarning shu tilda gaplashuvlariga bog‘liq. Agar odamlar biror tilda gaplashmay qo‘ysalar bu til ham yo‘q bo‘lib ketadi: u «o‘lik til» bo‘lib qoladi. Biz «o‘lik» tillar borligini shu til aks ettirilgan yozma yodgorliklardan bilamiz. Masalan, qadimgi grek (yunon), lotin tillari mana shunday «o‘lik» tillardir. Til bilan nutqning birligi yana shundan ham namoyon bo‘ladiki, har bir kishi o‘z nutqida biror tildan foydalanadi, ba’zilari esa bir necha tildan foydalanadilar. Odamlarning o‘zaro aloqalarida ularning nutqlari turli ma’nolarda yoki funksiyalarda namoyon bo‘ladi. Nutqning asosiy vazifasi, demak, uning asosiy funksiyasi – odamlarning bir-birlari bilan aloqa qilish vositasi bo‘lishdir. Bu aloqa asosan odamlarning o‘z fikrlarini bir-birlariga aytishlaridan iborat bo‘ladi. Aloqa jarayonida fikrlar nutq yordamida shakllanadi, ifodalanadi, aytiladi va tushunib olinadi. Og‘zaki yoki yozma nutqda ifodalab berilgan fikrlar shu fikrlarni aytuvchi kishi uchun ham ravshanroq bo‘lib qoladi. Shunday qilib, nutq aloqa jarayonida tafakkur quroli bo‘lib xizmat qiladi. Shu bilan birga mana shu aloqa jarayonida nutq ifodalash vositasi bo‘lib, biror nima bildirish vositasi bo‘lib, ta’sir o‘tkazish vositasi bo‘lib ham xizmat qiladi. Nutqda bizning fikrlarimiz bilan birlikda tuyg‘u-hislarimiz ham ifodalanadi. Og‘zaki nutqda hissiyotlarimiz so‘z yordami bilan qilingan tasvirlarda, ohangda, qofiyada, xitob va savollarda, gaplashish vaqtidagi pauzalarda va ayniqsa intonatsiyalarda namoyon bo‘ladi. Chunonchi, biz biron kishining ismini ataganimizda, shu kishiga bo‘lgan turli hislarimizni va munosabatlarimizni o‘zimizdagi mehrni, g‘azabni, g‘ururni, muhabbatni, hurmatni, nafratni, mensimaslikni va boshqa shu kabilarni atayin yoki beixtiyor namoyon qilishimiz mumkin. Shu bilan birga, gapiruvchining intonatsiyasida uning holati ham, charchaganligi, umuman hayajoni, o‘ziga bo‘lgan ishonchi yoki ishonchsizligi ifodalanadi.Nutq–biror nimani bildiruvchi vosita. Odamning nutqida uning fikrlari va xilma-xil ichki holati– emotsional kechinmalari va irodasigina ifodalanib qolmasdan, shu bilan Nutq va ayrim so‘zlar narsalarning faqat belgilari – «yorliqlari» gina emas. Narsalarni ifodalovchi nomlar nutqning xususiy funksiyalaridan biridir, xolos. Har bir so‘zning bundan tashqari yana ichki mazmuni ham bor, har bir so‘z ma’lum tushunchani ifodalaydi. Nutq – ta’sir ko‘rsatish vositasi bo‘lib xizmat qiladi. Ta’sir ko‘rsatish – biz nutqimizni kimga qaratayotgan bo‘lsak, shu kishida biz istagan hislar, intilishlar va harakatlarni tug‘dirish, ularning fikrini biz istagan tomonga burish, ularni o‘zimiz hohlaganimizcha o‘ylashga majbur etish, ularni ishontirish demakdir Foydalanilgan adabiyotlar Shavkat Mirziyoyev. Buyuk kelajagimizni mard va oliyjanob xalqimiz bilan birga quramiz. 2021. Shavkat Mirziyoyev. Tanqidiy tahlil,qat'iy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik- har bir rahbar faolyatining kundalik qoidasi bo'lishi kerak.2022. Katta psixologik lug'at / komp. va umumiy ed. B. G. Meshcheryakova, V. P. Zinchenko - Sankt-Peterburg: EUROZNAK, 2005. - 632 b. Eng yangi psixologik-pedagogik lug'at / komp. E. S. Rapatsevich; jami ostida ed. A.P. Astaxova. - Minsk: Zamonaviy maktab, 2010. - 928 p. Eng yangi psixologik lug'at / V. B. Shapar, V. E. Rossoxa, O. V. Shapar; jami ostida ed. V. B. Shaparya. - Rostov-na-Donu: Feniks, 2005. - 808 p. Psixologik lug'at / ed.-komp. V. N. Korpulin, M. N. Smirnova, N. O. Gordeeva, L. M. Balabanova; umumiy tahririyati ostida. Ota-onalar uchun psixologik lug'at / S. S. Stepanov. - Moskva: Akademiya, 1996. - 160 Psixologik entsiklopedik lug'at / M. I. Enikeev - Moskva: TK Velby, Prospekt, 2006. - 560 p. https://minikar.ru www.ziyonet.uz www.wikepediya.uz Download 51.02 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling