Мавзу: Кимё ва озик-овкат саноати корхоналарида ишлаб чикаришни


Nazorat va muhokama uchun savollar


Download 0.97 Mb.
bet41/62
Sana17.10.2023
Hajmi0.97 Mb.
#1705617
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   62
Bog'liq
коос маъруза 2017

Nazorat va muhokama uchun savollar
1 Texnik me’yorlash usulining mohiyati va maqsadi nimadan iborat?
2. Qanday mehnat normalar turlarini bilasiz?
3. Mehnat normalar qanday hisoblanadi?
4. Ish vaqti qanday elemenlardan tashkil topgan?
13-MODUL. MARKETING FAOLIYATINI TASHKIL ETISH

  1. Korxona marketing faoliyatining maqsadi va vazifalari

  2. Bozor sharoitida izlanishning asosiy mazmuni

  3. Talab va taklifni bashoratlash usullari

  4. Korxonaning baholash siyosati




  1. Korxona marketing faoliyatining maqsadi va vazifalari

Marketing xizmati – bu, korxona (firma)ning mustaqil tarkibiy bo‘linmasi. U bozorni o‘rganib, unga mahsulotni ishlab chiqarishni moslash asosida korxonaning ishlab chiqarish – sotish faoliyatini maqsadga qarab amalga oshiradi.
Marketing chora-tadbirlari yig‘indisining vazifalari quyidagilar:

  • bozorning talablarini aniqlash;

  • imkoniyati bo‘lgan xaridorlarga ularning talablari bo‘yicha ma’lumotlar berish;

  • talablarni qondira oladigan tovar va xizmatlar to‘g‘risida axborot berish;

  • tovar va xizmatlarni etkazib berish.

Korxona marketing xizmatining faoliyati to‘rta bir-biri bilan bog‘liq quyidagi turta vazifadan iborat:

  • raqobatbardosh mahsulotni yaratish jarayonini tashkil etish;

  • egiluvchan baholash siyosatini olib borish;

  • samarali sotish tizimini tashkil qilish;

  • bozordagi tovarning siljitishni boshqarish.

Marketing vazifalarini echish umumiy uslubi mahsulotni sotish sohasida korxonaning maqsadga moslashgan yo‘nalishlarini ta’minlaydi. Bu yo‘l-yo‘riqlar muhim iqtisodiy ko‘rsatkichlar asosida beriladi: sotish hajmi, foydaning miqdori, rentabellik darajasi, korxonaning bozor ulushi va boshqalar. Marketing siyosati ularga erishish uchun o‘rganib kiritiladi. Uning asosini marketing faoliyatining maqsadlari tashkil etadi.
Marketing maqsadlari ifodalanishini bozorda korxonaning asosiy birlamchiliklarini aniqlashdan boshlash maqsadga muvofiqdir. SHuning uchun bu jarayonda quyidagi savollarga javob topish kerak:
Bozor uchun ishlab chiqarilgan mahsulotlarda qanday o‘zgarishlar yuz beradi?
Korxona qaysi yo‘nalish bo‘yicha rivojlanishi kerak?
YAngi holatga qanday o‘tish mumkin?
Bozorda yuz bergan o‘zgarishlarni aniqlashga korxonaning marketing muhiti elementlarining tavsifi yordam beradi. Ularga quyidagilar kiradi:

  1. - ichki muhit;

  2. - mikromuhit;

  3. - makromuhit.

Ichki muhitning tarkibiy qisimlari quyidagilardan iborat:
Ishlab chiqarish muhiti – ishlab chiqarish tuzilishi; ishlab chiqarish texnologiyasi; ishlab chiqarishda kadrlar; xom ashyo, materiallar, to‘ldiruv mahsulotlari, yarim fabrikatlar; texnologik uskunalar; ishlab chiqarishni tashkil etish usullari.
Boshqaruv muhiti – boshqaruvning tuzilishi; boshqaruvni funksiyalash; boshqaruv kadrlari; axborot; boshqaruv qarorlari, usullari va texnik mablag‘lari.
. Faoliyatning iqtisodiy natijalari.
Mikromuhitning elementlari quyidagilardir:

  • ta’minotchilar;

  • vositachilar(savdo, transport, marketing, moliya);

  • raqobatchilar(parametrik, tovar, markali, istaklar);

  • iste’molchilar(shaxsiy, ommaviy).

Makromuhitga quyidagilar kiradi:

  • siyosiy muhit;

  • demografik muhit;

  • ilmiy - texnik muhit;

  • madaniy muhit;

  • tabiy muhit.

Ikinchi savolga javob korxonaning yaqin kelajakka moslangan umumiy maqsadlarini belgilashdan boshlanadi. SHuning uchun bu borada ayrim ma’lumotlarga ega bulish kerak:
- taraqqiyotning birinchiligi nimadan iborat va korxona umumiy ixtisoslikda qaysi faoliyat turini egallaydi?;
- korxona marketingini qanday sotish shartlariga moslashtirish lozim(sotish hajmlari, mahsulotning turlanishi, sotib olish sharoitlari)?;
- marketing faoliyati qaysi strategiya turi asosida qurilishi kerak(bozorni to‘ydirish, bozorning rivoji va uning o‘zgarishlari, yangi tovarni yaratish, zararkunandalik)?.
Uchinchi savolga javob berishida belgilangan maqsadlarga etish usullari va ularni olib borish juda muhimdir:

  • tovar va baholash siyosati, mahsulotni taqsimlash kanallarini tashkil etish sohasida marketingning amaliy yo‘nalishlari va usllarini aniqlash;

  • sotishni rag‘batlantirish mablag‘larini ishlatish;

  • marketing xizmatining sonli va sifatli tarkibini topish;

  • marketing xizmatini ta’minlash va yordam berish tartibini belgilash;

  • xodmlar malakasini oshirish yo‘llarini aniqlash;

  • marketing faoliyatining nazorat usullarini belgilash.




Download 0.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   62




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling