Mavzu: Kimyo darslarida,,Oksidlanish-qaytarilish reaksiyalari va ularni tenglashtirish” mavzusini o‘qitishning zamonaviy usullari. Kirish


OKSIDLANISH-QAYTARILISH REAKSIYALARINING MOHIYATI


Download 46.98 Kb.
bet2/11
Sana30.01.2024
Hajmi46.98 Kb.
#1817029
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Oksidlanish-qaytarilish reaksiyalarining mohiyati. 2 Oksidlanish-fayllar.org

OKSIDLANISH-QAYTARILISH REAKSIYALARINING MOHIYATI.

Barcha kimyoviy reaksiyalarni ikki turga bo'lish mumkin. Ularning birinchisiga reaksiyaga kirishayotgan moddalar tarkibidagi atomlarning oksidlanish darajasi o'zgarmaydigan reaksiyalar kiradi. Masalan:


+1 − 1 + +1 − 1 + 1 − 1 + 1 − 2
HCl + KOH = KCl + H2O
+2 − 1 + 1 + 5 − 2 = +2 + 5 − 2 + 1 − 1 MgCl2 + 2NaNO3 = Mg(NO3)2 + 2NaCl
Ko'rinib turibdiki, atomlardan har birining oksidlanish darajasi reaksiyadan oldin ham, keyin ham o'zgarmasdan qolgan.
Ikkinchi turga reaksiyaga kirishayotgan moddalar atomlarining oksidlanish darajasi o'zgaradigan reaksiyalar kiradi. Masalan:
+1 − 5 − 2 = +1 − 1
2KClO3 = 2KCl + 3O2
+1 − 1 0 0 + 1 − 1
2KI + Cl2 = I2 + 2KCl
Bu holda birinchi reaksiyada xlor va kislorod atomlarining, ikkinchi reaksiyada esa yod va xlor atomlarining oksidlanish darajalari o'zgardi.
Reaksiyaga kirishayotgan moddalar tarkibidagi atomlarning oksidlanish darajasi o'zgarishi bilan boradigan reaksiyalar oksidlanishqaytarilish reaksiyalari deyiladi.
Oksidlanish darajasining o'zgarishi elektronlarning biror atomga tomon tortilishi yoki bir atomdan boshqa atomga o'tishi bilan bog' liq. Oksidlanish-qaytarilish reaksiyalari eng ko'p tarqalgan reaksiyalar bo 'lib, tabiatda va texnikada katta ahamiyatga ega. Ular Yer yuzasidagi hayot faoliyatining asosi hisoblanadi. Tirik a'zolardagi nafas olish va moddalar almashinuvi, chirish va bigg'ish, o'simliklarning yashil qismlaridagi fotosintez ana shu reaksiyalar bilan bog'liq. Bu reaksiyalarni yoqilg’i yonganida, metallarning korroziyalanish jarayonlarida va elektrolizda kuzatish mumkin. Ular metallurgiya jarayonlarining va elementlarning tabiatda aylanishining asosini tashkil etadi. Shunday reaksiyalar yordamida ammiak, ishqorlar, nitrat, xlorid va sulfat kislotalar hamda boshqa ko'pgina qimmatli mahsulotlar olinadi.
Oksidlanish-qaytarilish reaksiyalarida - atom, molekula yoki ionning elektron berish jarayoni oksidlanish deyiladi. Masalan:

Al∘− 3e = Al3+


8H2∘ − 2e = 2H

Fe2+− e = Fe3+


2Cl−− 2e = Cl2

Bunday jarayonda atom yoki ionning oksidlanish darajasi ortadi. Atom, molekula yoki ionning elektronlar biriktirib olish jarayoni qaytarilish deyiladi. Masalan:


S∘+ 2e = S2− Cl∘2 + 2e = 2Cl− Fe3+−+ e = Fe2+
Qaytarilishda zarrachaning oksidlanish darajasi kamayadi.
Elektronlarini beradigan atom, molekula yoki ionlar qaytaruvchilar deyiladi.
Reaksiya davomida ular oksidlanadi. Elektronlarni biriktirib oladigan atom, molekula yoki ionlar oksidlovchilar deyiladi. Reaksiya vaqtida ular qaytariladi. Atom,
molekula yoki ionlar muayyan moddalar tarkibiga kirganligi sababli, bu moddalar ham tegishlicha qaytaruvchilar yoki oksidlovchilar deyiladi.
Oksidlanish hamma vaqt qaytarilish jarayoni bilan birga sodir bo ladi va aksincha, qaytarilish doimo oksidlanish jarayoni bilan bog liq, buni quyidagi tenglamalar bilan ifodalash mumkin:
Qaytaruvchi −e ⇄ Oksidlovchi
Oksidlovchi +e ⇄⇄ Qaytaruvchi
Oksidlanish-qaytarilish reaksiyalari ikkita bir-biriga qarama-qarshi jarayonning oksidlanish bilan qaytarilishning birligidan iborat.
Qaytaruvchi bergan elektronlar soni oksidlovchi biriktirib olgan elektronlar soniga teng. Bunda elektronlar bir atomdan boshqa atomga butunlay o'tishidan yoki atomlarning biri tomon qisman siljishidan qat'i nazar, shartli ravishda, faqat


elektronlar berish va biriktirib olish haqida so'z yuritiladi.


Download 46.98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling