Mavzu: Kirish. Istiqlol darsi
Download 1.65 Mb.
|
8-СИНФ АДАБИЁТ КОНСПЕКТ
Javoblar:1.B 2.A 3.C 4.C 5.D Uyga vazifa:G’azallardan birini yod olish. O’quvchilar bilimini baholash. II chorak (16 soat) Sana:_______________________________________ Mavzu:A. Navoiy “Deyin”, “Jong`a chu dermen” g`azallari tahlili Darsning maqsadi: a) ta`limiy: o`quvchilarga g`azal va uning sharhi haqida ma`lumot berish; b) tarbiyaviy: o`quvchilar qalbida go`zallikka muhabbat tuyg`usini tarbiyalash; d) rivojlantiruvchi: og`zaki va yozma nutqni o`stirish. Dars tipi : Yangi bilim beruvchi Dars turi: Odatdagi Dars usuli: Induktiv Dars metodi: Savol-javob Dars jihozi : 8-sinf Adabiyot darsligi Darsning borishi 1.Tashkiliy qism 2.Asosiy qism Takrorlash 1.Alisher Navoiy qachon qayerda tug`ilgan? 2. Alisher Navoiyning hayoti qanday kechgan? 3. Husayn Boyqaroning taxtga chiqishi Alisher navoiy hayotida qanday rol o`ynadi? 4. “Muqarrabi shohiy” unvoning ma`nosi va vakolati qanday? 5. Alisher navoiyning “O`zbekiston Milliy bog`i” da o`rnatilgan haykali peshtoqida qanday misralar bitilgan? 6.Kim Alisher Navoiyga nisbatan “ko`p va xo`b” atamalarini qo`llaydi? 7. Alisher Navoiy qalamiga mansub asarlardan 13 tasini sanab bering. 8. Alisher Navoiyning “qaro ko`zum ” radifli g`azalida qanday badiiy san`at qo`llangan? 9. “Kecha kelgumdir debon” radifli g`azali necha baytdan iborat? G`azalning maqta`sini ayting 10. Begona bayt deganda nimani tushunasiz? 11. “Sharqqa she`riyatni o`rgatib bo`lmaydi” fikrlarining muallifi kim? “Deyin ”radifli g`azali tahlili Matla`:
Qoshi yosinmu deyin ,ko`zi qarosinmu deyin, Ko`ngluma har birining dard-u balosinmu deyin?! Begona bayt: Charxi ranjinmu deyin,dahr shikanjinmu deyin, Jonima har birining javru jafosinmu deyin?! Maqta`:
Ey Navoiy,dema qosh-u ko`zining vasfini et, Qoshi yosinmu deyin , ko`zi qarosinmu deyin?! Hajm : 7 bayt 14 misra Qofiyalanish tartibi: a-a b-a d-a e-a f-a g-a h-a Radif : deyin Qofiyadosh so`zlar: qarosinmu, balosinmu, safosinmu,davosinmu, adosinmu, qabosinmu,jafosinmu,qarosinmu. Ichki qofiya ham mavjud She`rda rad ul matla` san`ati yana matla`ni takrorlash san`ati qo`llangan. “Jong`a chun dermen” matla`li g`azali tahlili Matla` Jong`a chun dermen : “Ne erdi o`lmakim kayfiyati” Derki : “Bois bo`ldi jism ichra marazning shiddati” Begona bayt: Yig`lab aytur ko`zki: “Yo`q manga ham ixtiyor,- Ki ko`rundi nogahon ul sho`xi mahvash tal`ati” Maqta`: Ey Navoiy, barcha o`z uzrin dedi ,o`lguncha kuy,- Kim sanga ishq o`ti –o`q ermish azal qismati Hajm : 7 bayt 14 misra Qofiyalanish tartibi: a-a b-a d-a e-a f-a g-a h-a Qofiyadosh so`zlar: kayfiyati ,shiddati, hirqati ,ofati,tuhmati, vahshati,tal`ati,qismati G`azalda jon,jism,bag`ir,ko`ngul,ko`z so`roqqa tutiladi. G`azallarnini ifodali o`qish Mushoira daqiqasi 15 daqiqa Uyga vazifa : G`azalni yodlash
Sana: 18.11.2014-8-“B”;19.11.2014-8-“A”____________________ Mavzu: “Yo’q”, “Bo’ldum sanga” radifli g`azallari tahlili Darsning maqsadi: ta`limiy-Alisher Navoiyning “Yo’q”,”Bo’ldum sanga”radifli g’azallarini ifodali o’qish va g’oyaviy – badiiy tahlil qilish; b) tarbiyaviy-o`quvchilar qalbida g’azallarda ilgari surilgan go’zal insoniy tuyg’ularni tarbiyalash; d) rivojlantiruvchi: o’quvchilarning g’azal tahlil qilish malakasini takomilashtirish va fikrlash salohiyatini oshirish. Dars uslubi:ifodali o’qish,tahlil,bahs; Dars jihozi :darslik,g’azallar tahlili,Navoiy siymosi va g’azallar sharhi (badiiy kitob) Darsning borishi Tashkiliy ishlar: Darsning chaqiriq bosqichida: a)salomlashish,navbatchi axboroti; b)kitob-daftarlar nazorati; d)o’quvchilar diqqatini darsga jalb qilish. O’tgan mavzu va uyga vazifani so’rash: I.Alisher Navoiy hayoti va ijodi yuzasidan tarqatmalar asosida savol-javob; II.Navoiy g’azallaridan yod so’rash va g’azallar sharhi.
I.”Yo’q”radifli g’azalini ifodali o’qish va g’azal sharhi: Yordin ayru ko’ngul-mulkedurur,sultoni yo’q, Mulkkim,sultoni yo’q,jismedurkim,joni yo’q… G’azal ramali musammani mahzuf(yoki maqsur)-foilotun-foilotun-foilotun-foilun(foilon)—-v--/-v--/-v--/-v- ruknida yozilgan.G’azal ishqiy mavzuda bitilgan bo’lib,birinchi bautda shoir yordan ayru ko’ngulni sultoni yo’q mamalakatga,sultoni yo’q mamalakatni esa joni yoq jismga o’xshatadi…Bu g’azalda ishq dardining ortida ilohiy ishq nazarda tutilgan… II.Savol-topshiriqlar ustida ishlash.
G’azal an’anaviy yeti baytdan iborat.ramali musammani mahzuf vaznida yozilgan.bitinchi baytda ko’ngilga ishq tushishi bilan oshiq uchun mashaqqatli jarayon boshlanishi ta’kidlangan…Bunda misrama misra oshiq dardi orta boradi. Ma’shuqa esa unga jabr-u sitam yetkazadi.. G’azalda ishq mavzusi turli badiiy san’atlar,tasvrlar,jozibador so’zlar,qiyoslashlar bilan qalamga olingan:
Bu misralarda Navoiy tazod san’atidan unumli foydalanib,Yor va Ma’shuqaga oid fazilatlarni ochishga yana bir bor mohirona yondashgan… II.Savol-topshiriqlar ustida ishlash. III.Darslikdan tashqari badiiy asarlardan Navoiy g’azallarini o’qib,g’oyaviy-badiiy tahlil qilish. IV.Test sinovi:
A.Ramali musammani mahzuf B.Ramali musaddasi maqsur C.Mujtassi musammani maxbun D.hazaji musaddasi mahzuf 2.Ajratilgan so’zlarni izohlang: Yordin ayru ko’ngul-mulkedurur ,sultoni yo’q, Mulkkim,sultoni yo’q,jismedururkim,joni yo’q. A.Qofiya B.Radif C.Turoq D.Misra 3.Men qachon dedim :”Vafo qilg’il manga”,zulm aylading, Sen qachon deding”Fido bo’lg’il manga”,bo’ldum sanga- Qanday san’at qo’llanilgan?
4.Jomi Jam birla Hizr suyi nasibimdir mudom, Yuz balo yetmaski, men ham bir balo bo’ldum sanga.-Qanday san’at qo’llanilgan? A.Tazod B.Irsoli masal C.Tardi aks D.Talmeh 5.O’zaro o’zakdosh so’zlardan foydalanish san’ati Sharq adabiyotida qanday ataladi? A.Ishtiqoq B.Tardi aks C.Tajnis D.Talmeh Javoblar:1.A 2.A 3.B 4.D 5.A Uyga vazifa:gazallardan birini yod olish,g’azallarni g’oyaviy-badiiy tahlil qilish; Oquvchilar bilimini baholash. Ko’rildi: 18.11.2014-y. Dir. o’rinb: 2. Alisher Navoiyning hayoti qanday kechgan? 3. Husayn Boyqaroning taxtga chiqishi Alisher navoiy hayotida qanday rol o`ynadi? 4. “Muqarrabi shohiy” unvoning ma`nosi va vakolati qanday? 5. Alisher navoiyning “O`zbekiston Milliy bog`i” da o`rnatilgan haykali peshtoqida qanday misralar bitilgan? 6.Kim Alisher Navoiyga nisbatan “ko`p va xo`b” atamalarini qo`llaydi? 7. Alisher Navoiy qalamiga mansub asarlardan 13 tasini sanab bering. 8. Alisher Navoiyning “qaro ko`zum ” radifli g`azalida qanday badiiy san`at qo`llangan? 9. “Kecha kelgumdir debon” radifli g`azali necha baytdan iborat? G`azalning maqta`sini ayting 10. Begona bayt deganda nimani tushunasiz? 11. “Sharqqa she`riyatni o`rgatib bo`lmaydi” fikrlarining muallifi kim? “O`n sakiz ming olam oshubi” matla`li g`azal tahlili Matla`:
O`n sakiz ming olam oshubi agar boshindadur, Ne ajab ,chun sarvinozim o`n sakkiz yoshindadur. Begona bayt: May ketur, ey mug`ki, yuz hayrat aro qolmish Masih Bul`ajablarkim , bu eski dayr xuffoshindadur. Maqta`:
To Navoiy to`kti ul Oy furqatidin bahri ashk, Har qachon boqsang,Quyosh aning yoshindadur. Hajm :7 bayt 14 misra Qofiyalanish tartibi: a-a b-a d-a e-a f-a g-a h-a Qofiyadosh so`zlar: boshindadur, yoshindadur, boshindadur, qoshindadur, naqqoshindadur ,toshindadur, xuffoshindadur, yoshindadur. G`azalda talmeh san`ati qo`llangan.Masih so`zi orqali talmeh yuzaga keltirilgan. Mustaqil tahlil qilish u-n “Yordin ayru ko`ngil..”matla`li g`azali
Uyga vazifa: G`azalni yodlash. Adabiyot 8-sinf Sana: 19.11.2014-y-8-”B”;.21.11.2014-y-8-“A”; Mavzu: A.Navoiy qit`alari Darsning maqsadi: a) ta`limiy-Alisher Navoiy qit`alarini o`qish va tahlil qilish; b) tarbiyaviy- o`quvchilar qalbida poklik,insoniylik,shukronalik tuyg`ularini tarbiyalash; d) rivojlantiruvchi- o’quvchilarning fikrlash salohiyati va dunyoqarashini takomillashtirish. Dars turi:mustahkamlash; Dars uslubi:bahs,ifodali o’qish,tahlil; Dars jihozi :darslik,Navoiy qit’alari,tarqatmalar. Darsning borishi: Tashkiliy ishlar: Darsning chaqiriq bosqichida: a)salomlashish,navbatchi axboroti; b)kitob-daftarlar nazorati; d)o’quvchilar diqqatini darsga jalb qilish. O’tgan mavzu va uyga vazifani so’rash: I.Aqlih hujum: 1. Alisher Navoiy qalamiga mansub asarlardan 13 tasini sanab bering. 2. Alisher Navoiyning “Qaro ko`zum ” radifli g`azalida qanday badiiy san`at qo`llangan? 3. “Kecha kelgumdir debon” radifli g`azali necha baytdan iborat? G`azalning maqta`sini ayting 4. Begona bayt deganda nimani tushunasiz? 5. “Sharqqa she`riyatni o`rgatib bo`lmaydi” fikrlarining muallifi kim? 6. Alisher Navoiy ijodidan g`azaldan tashqari yana qanday janrlar o`rin olgan? II.Shoir ijodi asosida yod olingan she’rlardan she’riy daqiqalar o’tkazish. Darsning mohiyatini anglash bosqichida: I.Shoirlar ijojidagi qi’t’alar asosida savol-javob. II.Alisher Navoiy qi’t’alaridan ifodali o’qib,g’oyaviy-badiiy tahlil qilish. Chun g`araz so`zdin erur ma`ni anga, Noqil o`lsa xoh xotun , xoh er. So`zchi holing boqma , boq so`z holini, Ko`rma kim der ani , ko`rgilkim ne der. Bu qit’ada Alisher Navoiy insonning tashqi qiyofasiga emas,balki aytayotgan so’ziga boq,deb ta’kidlaydi.Bu uning kimligini senga ko’rsatib beradi.Maqsadli aytilgan so’z ma’noli bo’ladi…Bunda shoir insonning odobi uning so;zidan bilinadi,deb uqtiradi… II. Kamol et kasbkim, olam uyidin Sanga farz o`lmag`ay g`amnok chiqmoq Jahondin notamom o`tmak biaynih , Erur hammomdin nopok chiqmoq Bu qit’ada esa shoir inson o’zini kamolga yetkazishni kasb qilib olishi kerakligini uqtirib,senga olam uyidan g’amgin bo’lib chiqish farz hisoblanmayda,bu dunyodan notamom,kamolga yetmasdan o’tmoq-xuddi hammomga kirib,chala yuvinib,nopok holda chiqqanday gap,deydi Darsning mustahkamlash bosqichida: I.Ulki iflosdin ayog’inda, Kafsh yo’li azmi chog’I yo’qtur oning. Shukr qildik boqib birav sori,- Ki yururg’a ayog’i yo’qtur oning. Bu qit’aning asosiy g’oyasi-shukronalik.Shir bu misralarda;oyoqqa kiyishga kavushi yo’q kishi kavush kiyish uchun oyog’i borligiga shukur qilsin,chunki yurishga oyog’I bor,ana boshqa birovga boqsin,yuray desa,oyog’i yo’q uning… II,Savol-topshiriqlar ustida ishlash.
1.”Kamol et kasbkim..”qit’asi “Xazoyin ul-maoniy”ning qaysi devonidan olingan? A.”G’aroyib us-sig’ar” B.”Badoyi’ ul-vasat” C.”Favoyid ul-kibar” D.”Navodir ush-shabob” 2.”Kamol et kasbkim..”qit’asi g’oyasi. A.Kasb tanlash B.Ezgulik C.Poklik,komillik D.To’g’rilik 3.Shoirning shukronalik haqidagi qit’asi: A.”Kamol et kasbkim…” B.”Ulki,iflosdin ayog’inda…” C.”Chun manga lutf etti…” D.”Yuqori o’lturni kim tilasa…” 4.Yaxshilig gar qilmasa,bori yamonlig’ qilmasa,- Kim yamonlig’ qilmasa,qilg’ancha bordur yaxshilig’..Qanday san’at qo’llanilgan? A.Talmeh B.Tanosub C.Irsoli masal D.Tazod 5.”Bosh omon bo’lsa,do’ppi topiladi”-qaysi qit’aga mos xalq maqoli’ A.”Ulki iflosdin ayoginda..’ B.”Kamol et kasbkim…” C.”Har kishikim topsa…’ D.”Chun manga lutfv etti…”
a) ta`limiy: g`azal va qit’a haqida nazariy bilim va tushunchalar hosil qilish va g’azal, qit’alar tahlili asosida bilimlarni takomillashtirish; b) tarbiyaviy: o`quvchilar qalbida adbiyotga,she’riyatga bo’lgan qiziqishni yanada oshirish; d) rivojlantiruvchi: og`zaki nutq va nazariy bilimlarni osirish. Dars turi:yangi bilim berish; Dars uslubi:suhbat,nazariy ma’lumot,mushoira,tahli Dars jihozi :darslik,g’azallar va qit’alardan namunalar,ilmiy kitob. Darsning borishi: Tashkiliy ishlar: Darsning chaqiriq bosqichida: a)salomlashish,navbatci axboroti; b)kitob-daftarlar nazorati; d)o’quvchilar diqqatini darsga jalb qilish.
1.Alisher Navoiy lirik merosi yuzasidan tarqatmalar asosida savol-javob; 2.Alisher Navoiy qit’alaridan yod so’rash.
I.G’azal arabcha so`z b/b,oshiqona so`z, ayollarga xushomad kabi ma`nolarni anglatadi. Bu janr Sharq mumtoz adabiyotida keng tarqalgan hamda eng ko`p qo`llangan she`r shakli b/b ,o`tmishda g`azal yozmagan ijodkor bo`lmagan. G`azal dastlab arab she`riyatida paydo bo`lgan.Islom dini tarqalishi b-n bog`liq holda boshqa hududlar, umladan ,O`rta Osiyo xalqlari adabiyotiga o`tgan. Turkiy adabiyotda ilk g`azal “Qisas ar-Rabg`uziy” asarida uchaydi. Rabg`uziy b-n deyarli bir vaqtda yashagan Xorazmiyning “Muhabbatnoma”sida ham g`azalning g`oyat go`zal va nafis namunalari bor Mana , yeti asr o`tdiki , g`azal adabiyotimizdan mustahkam joy olib , xalqimiz u-n qadrli va suyukli she`r shakli b/b kelmoqda. Ishqiy kechinmalar ifodasi sifatida vujudga kelgan g`azalning mavzu doirasi asrlar o`tishi b-n kengayib bordi. Shoirlar o`zlarining ijtimoiy, siyosiy,falsafiy ,didaktik va boshqa qarashlarini ,tabiatga munosabatini bu ko`hna janrda ifoda etadilar. G`azal baytlardan tashkil topadi. Bayt arabcha so`z b/b “uy” deganidir. Bayt ikki misradan iborat bo`ladi. G`azalning birinchi bayti matla` (arabcha boshlanma), oxirgi bayt maqta` (arabcha “tugallanma”) deyiladi. G`azal o`ziga xos qofiyalanish tartibiga ega.Birinchi bayt –matla`dagi misralar bir-biri b-n o`zaro qofiyalangan bo`ladi(shartli ravishda a-a deb belgilanadi) Qolgan baytlarning toq misralari ochiq qolib, juft misralari matla`ga qofiyadosh b/b keladi(v-a, d-a, e-a…) .An`anaga ko`ra maqta`da shoirning taxallusi keltirilgan. Ilmiy adabiyotlarda g`azalning hajmi 3 baytdan 19 baytgacha bo`lishi qayd etiladi.
Hajmi:7 bayt 14 misra Qofiyalanish tartibi: a-a b-a d-a e-a f-a g-a h-a Vazni: Ramali musammani mahzuf(yoki maqsur) Foilotun –foilotun-foilotun-foilun(yoki foilon) _V_ _ /_ V _ _ / _ V _ _/ _ V _ Matla`: Kecha kelgumdir debon ul sarvi gulro` kelmadi, Ko`zlarimg`a kecha tong otquncha uyqu kelmadi. Maqta`:Ey Navoiy, boda birla xurram et ko`ngling uyin, Ne uchunkim boda kelgan uyga qayg`u kelmadi. Begona bayt: Tolibi sodiq topilmas, yo`qsa kim qo`ydi qadam, Yo`lg`akim , avvalqadam ma`shuqe o`tru kelmadi. Qofiyadosh so`zlar: Gulro` (tojikcha) Uyqu Badxo`(tojikcha) Qorong`u Kulgu Su(v) O`tru Qayg`u Radif : kelmadi III.Mustaqil tahlil qilish u-n “Bo`ldum sanga” radifli g`azali
Darsning mustahkamlash bosqichida: I.Qit’a-musulmon Sharqi,jumladan,o’zbek mumtoz she’riyatining lirik janri.Lirik janr sifatida qasida va g’azaldan oldin paydo bo’lgan.U g’azaldan tubdah farq qiladi.Tuyuqda matla’ bo’lmaydi,shuning uchun qofiyalanishin ab,db,eb..tar zida qofiyalanadi,hajmi chegaralanmagan,shakl va mazmun jihatda erkinlik,mavzu doirasi keng,taxallus keltirish an’ana emas,qit’aga sarlavha qo’yiladi.”Qit’a” arabcha bo’lak,parcha,qism ma’nolarini anglatadi.Ular pand-nasihat tarzida yaratiladi. O’zbek adabiyotida ilk qit’alar Mahmud Koshg’ariyning “Devonu lug’otit turk”asarida uchraydi.So’ng Xorazmiy,yusuf Amiriy,Gadoiy,Lutfiy ijodida uchraydi. Alisher Navoiyning “Xazoyin ul-maoniy” devonida 210 ta qit’a uchraydi: 1.”Garotib us -sig’ar”da-50 ta; 2.”Navodir ush-shabob”da-50 ta; 3.”Badoye’ ul-vasat”da-60 ta; 4.”Favoyid ul-kibar”da-50 ta. Bundan tashqari shoirning “Mahbub ul-qulub”,”Xamsat ul-mutahayyirin”,”Holoti Pahlavoni Muhammad”…asarlarida ham qit’alar uchraydi. II.G’azal va qit’a asosida darslikda berilgan nazariy ma’lumotlar ustida ishlash va qo’shimcha ilmiy adabiyotlarga tayanib nazariy ma’lumotlarni takomillashtirish. III.Test sinovi: 1.G’azal ilk bor qaysi adabiyotga vujudga kelgan? A.Arab B.O’zbek C.Fors D.Hind 2.Pand-nasihat ruhidagi g’azallar qanday ataladi? A.Ishqiy B.Rindona C.Orifona D.Peyzaj 3.Shoir “lirik chekinish”qildigan bayt: A.Matla’ B.Maqta’ C.Begona misra D.Begona bayt 4.Ilk qit’alar o’zbek adabiyotida qayerda uchraydi: A.”Devonu lug’otit turk” B.”Xamsat ul-mutahayyirin” C.”Muhabbanoma” D.”Xazoyin ul-maoniy” 5.Alisher Navoiynig “Xazoyin yl-maoniy”devonida nechta qit’a bor? A. 200 ta B.210 ta C.310 ta D.50 ta Javoblar:1. A 2. B 3. D 4.A. 5.B Uyga vazifa : G`azal va qit’a yodlash.Mushoiraga tayyolanish. O’quvchilar bilimini baholash. Ko’rildi: 25.11.2014 y. Dir. o’rinb: Adabiyot 8-sinf Sana:26.11.2014.y –8-“B”;28.11.2014.y-8”A”; Mavzu: G`azalxonlik musobaqasi Darsning maqsadi: a) ta`limiy- takrorlash orqali o`quvchilar bilimini mustahkamalsh; b) tarbiyaviy-o`quvchilar qalbida ezgu insoniy tuyg’ularni tarbiyalash; d) rivojlantiruvchi:o’quvchilarning she’r aytish malakasi,dunyoqarashi va fikrlash salohiyatini takomillashtirish. Download 1.65 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling