Mavzu: Kirish. Istiqlol darsi


Download 1.65 Mb.
bet6/7
Sana27.08.2020
Hajmi1.65 Mb.
#127930
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
8-СИНФ АДАБИЁТ КОНСПЕКТ


Ko’rildi:

24.02.2015.y

Dir.o’rinb:

Sana:_______________________________

Mavzu: Asqad Muxtor. “Chinor” romanidan parcha

Darsning maqsadi:

a)ta`limiy: “Chinor” romanidagi g`oya haqida suhbat

b)tarbiyaviy: o`quvchilarni irodali bol`ib voyaga yetishishga yo`naltirish

d)rivojlantiruvchi: og`zaki va yozma nutqni o`stirish

Dars tipi : Yangi bilim beruvchi

Dars turi: An`anaviy

Dars usuli: Induktiv

Dars metodi: Savol-javob, munozara, dibat

Dars jihozi : Darslik, shoirning surati

Darsning borishi:

I.Tashkiliy qism

II.Asosiy qism

Savol va topshiriqlar ustida ishlash

1. “Chinor” romani adibning boshqa romanlaridan nimasi bilan farq qiladi?

2.Akbarali obrazi qaysi jihatlari bilan sizda ijobiy taassurot uyg`otdi?

3. “Eng dahshatli yirtqich quyon” Afandining mashhur bu jumlasi bilan

Akbarali o`rtasidagi bog`liqlik.

4.Siz Akbaraliga qanday baho berasiz?

5.Bektemir jabrdiydami yoki Akbarali?

“Chinor” romanidagi fojiali qismat egalaridan biri – Akbarali obrazi . Akbarali tuppa-tuzuk yigit. Onasini yaxshi ko`radi, urushda o`lgan otasining xotirasiga hurmatni yo`qotmagan. U “bersang –yeyman, ursang-o`laman” deydigan odamlar xilidan emas. Konda og`ir sharoitda halol mehnat qiladi, yaxshi ishlagani uchun hatto faxriy yorliqlar bilan taqdirlanadi. Uning qalbi ham insoniy tuyg`ular bilan to`la. Bir qarashda uning hayotdan baxt talab qilishga , umrini tinch-xotirjam o`tkazishga haqqi bor. Lekin “Hayotim bir tekis , avvaldan rejalashtirganimdek , ortiqcha g`avg`olarsiz o`tadi” degan kimsa aksariyat hollarda adashadi. Agar hayot rejaga , bir chiziqqa bo`ysunganida edi, insoniyat allaqachon o`ziga jannatni qurib olgan bo`lar edi. Afsuski, “Uyning gapi ko`chaga to`g`ri kelmaydi!” Ancha paytga qadar Akbaralining hayoti bir tekis, ortiqcha tashvishlarsiz kechayotgan , u o`zi sevgan kasbni qilib , tirikchiligini o`tkazib yurgan edi. Agar yarim kechada uning uyiga otasining quroldosh do`sti Bektemir kirib kelmaganida , balki bu sokin hayot uzoq davom etgan ham bo`lar edi...

Taqdir deganlari o`z aytganidan qolmadi –Akbaralini bir necha daqiqalik sinovga soldi va shafqatsizlarcha sindirdi!

O`sha mash`um daqiqada Akbaralining ichida kamida ikki his bir –biri bilan ayovsiz olishdi. Ulardan biri: “Yur, Bektemirga yordam ber, agar ikki kishi bo`lsalaring, ulgurasizlar! Axir Bektemir otang bilan birga bunaqa xavfning nechtasini yengib kelishgan. Ular cho`chimagan-ku!”, -deb uni oldinga chorlasa , ikkinchisi : “Borma, xavfli ,oldinda o`lim turibdi, yosh joning juvonmarg bo`lib ketadi! Yaxshisi-qoch! Joningni , hayotingni saqla!” –der edi.

Agar fursat salgina ko`proq bo`lganida , ozgina o`ylab-keyin bir qarorga kelishga imkon berganida edi...

Afsuski, bu gal ham alloma Gafur G`ulom aytgan haqiqat isbotlandi.

Ba`zida bir nafas olgulik muddat

Ming yulduz sonishi uchun yetgulik

Ming yulduzni so`ldirishga qudrati yetadigan hal qiluvchi lahzalar Akbarali yulduzni ham so`ldirdi.Endi uning ko`rgan kuni –kun emas. Azob –uqubat , vijdon qiynog`i, qalb so`rog`i...

Akbaralining bir lahzalik qo`rqoqligi ikki kishining umriga zomin bo`ldi.

Mustahkamlash

Savol va topshiriqlar ustida ishlash

1. “Chinor” romani adibning boshqa romanlaridan nimasi bilan farq qiladi?

2.Akbarali obrazi qaysi jihatlari bilan sizda ijobiy taassurot uyg`otdi?

3. “Eng dahshatli yirtqich quyon” Afandining mashhur bu jumlasi bilan

Akbarali o`rtasidagi bog`liqlik.

4.Siz Akbaraliga qanday baho berasiz?

5.Bektemir jabrdiydami yoki Akbarali?

Uyga vazifa:O`qib –o`zlashtirish

Adabiyot 8-sinf

Sana:


Mavzu: Said Ahmad hayoti va ijodi. “Qochoq” hikoyasi

Darsning maqsadi:

a) ta`limiy-Said Ahmad hayoti va ijodi haqida malumot berish,adibning “Ufq”romani haqida tushuncha berish;

b) tarbiyaviy-o`quvchilar qalbida badiiy adabiyotga qiziqish,ota-ona va Vatan oldidagi burchni anglash tuyg’ilarini tarbiyalash;

d) rivojlantiruvchi-o’quvchilarning fikrlash salohiyati va dunyoqarashini takomillashtirish.

Dars turi:yangi bilim berish;

Dars uslubi:suhbat,matn ustida ishlash,tahlili;

Dars jihozi : darslik, Said Ahmad surati, asarlari;

Darsning borishi:

Tashkiliy ishlar:

Darsning chaqiriq bosqichida:

a)salomlashish,navbatchi axboroti;

b)kitob-daftarlar nazorati;

d)o’quvchilar diqqatini darsga jalb qilish.

O’tgan mavzu va uyga vazifani so’rash:

1.Tarqatmalar asosida Odil Yoqubov va “Ulug’bek xazinasi”asari yuzasidan bahs-munozara;

2.Asardan olgan taassurotlar va “Buyuk ajdodlar xotirasini yod aylab”…

Darsning mohiyatini anglash bosqichida:

I.1. “Kelinlar qo`zg`oloni ” spektaklining muallifi kim?

2.Mashshur qo`shiq “Hay-hay” ning muallifi kim?

II.O`zbekiston Qahramoni –Said Ahmad 1920-yilda Toshkentning Samarqand darvoza mahallasida dunyoga keldi. U o`rta maktabni tugatgach, avval Toshkent Rassomlik bilim yurtida , so`ng Toshkent Pedagogika institutida o`qidi va uni 1943-yilda tugatdi. Yoshligidan adabiyotga havasmand bo`lgan adib adabiyot darslarida , maktabdagi to`garaklarda faol qatnashardi. Adib dastlab “Mushtum” jurnalida adabiy xodim bo`lib ishga kirdi. Tabiatan hazil-mutoyibaga moyil Said Ahmad uchun bu jurnal muhiti yaxshigina ijodiy maktab bo`ldi. Yozuvchining “Mushtum” jurnalida (1938-1939, 1955-1957), “Yosh leninchi” gazetasida (1940-1941) O`zbekiston davlat radio qo`mitasida (1941-1943) , “Qizil O`zbekiston” gazetasida (1943-1947) , “Sharq yulduzi” (1948-1950) jurnallari tahririyatlaridagi faoliyati uning yetuk ijodkor bol`ib yetishishiga , elga tanilishiga sabab bo`ldi.

Said Ahmad juda sermahsul ijodkor. Adib ko`p yozsa-da , xo`b yozadi. Unig “Tortiq” nomli dastlabki hikoyalar to`plami 1940-yilda chop etilgan. Shundan so`ng adibning “Er yurak”, “Farg`ona hikoyalari”, “Cho`l burguti”

“Muhabbat” kabi ellikka yaqin katta-kichik kitoblari alohida to`plam va ko`p jildliklar shaklida nashr etilgan. Bu asarlarning barchasi zo`r qiziqish va hayajon bilan o`qiladi. Sababi , adabiyotshunoslarimiz ta`kidlaganidek Said Ahmad Oybekning psixologik mahoratini, G`afur G`ulom yumori, A.Qahhorning ixcham va teran fikrlash fazilatlarini o`zida mujassamlashtirgan adib.

Said Ahmad –o`tkir kulgi ustasi. bu xususiyat uning barcha janrdagi asarlariga ko`chgan deyish mumkin. Jumladan adibning “Kelinlar qo`zg`oloni”1976 komediyasi dovrug`i olamga ketgan sahna asari hisoblanadi. Asar o`zining samimiy tili, sharqona lutf va kulgiga boyligi, tarbiyaviy ruhi bilan ko`plab xorijiy mamlakatlar tomoshabinlarining ham ko`nglini rom etdi.Adib ssenariysi asosida yaratilgan qator kinofilmlar ham xuddi shunday olqishlarga sazovor bo`lgan.

Mustaqillik yillarida adib yanada katta g`ayrat bilan qalam tebratdi. U shu yillarda ko`plab publitsistik maqolalar , badialar yozdi, shuningdek, quvnoq yumoristik, jo`shqin lirik hikoyalar, ta`sirchan xotiralar yaratdi. Yozuvchining “Xandon pista”, “Bir op`ichning bahosi” kabi hajviy to`plamlari, “Yoqotganlarim va topganlarim” , “Qorako`z majnun”, “Kiprikdagi tong” kitoblari , 3 jilddan iborat “Tanlangan asarlar”i aynan istiqlol yillarida yaratildi.

Said Ahmad o`zbek adabiyotini romanlar bilan ham boyitdi.1988-yilda “Jimjitlik” romanini yozdi. Romanda sho`ro hukumati davridagi zohiran tinch , turg`unlik, aniqrog`i , “jimjitlik” yillarida kechirgan kunlari hikoya qilinadi.

Darsning mustahkmlash bosqichida:

I.Said Ahmad hayoti va ijodi haqida berilgan maqola matni ustida ishlash.

II.”Ufq”romani haqida ma’lumot:

“Ufq” romani uch qismdan iborat:

1.“ Qirq besh kun”

2. “Hijron kunlarida”

3. “Ufq bo`sag`asida”

Said Ahmad 1947-yilda “xalq dushmani” sifatida ayblanib, nohaq qamoqqa olingan , bir necha yil qamoq jabrini tortgan. Said Ahmad 1953-yilda oqlangan. Mustaqillik yillarida adibga “Buyuk xizmatlari uchun”, “Do`stlik” “O`zbekiston Qahramoni” unvoni kabi sharafli unvonlar bilan taqdirlandi.

III.Darslikda berilgan “Ufq” romanidan parchani o`qish

I.Test sinovi:

1.Said Ahmad ilk faoliyatini qaysi matbuotdan boshlagan?

A.”Inqilob” B.”Til va adabiyot” C.”Mushtum” D.”Gulxan”

2.Adibning ilk hikoyalar to’olami qanday nomlanadi?

A.”Tortiq” B.”Muhabbat” C.”Er yurak’ D.”Cho’l burguti”

3.”Kelinlar qo’zg’oloni”komediyasi qachon yaratilgan?

A.1978-yil B.1976-yil C.!988-yil D.1970-yil

4.”Ufq”romani necha qismdan iborat?

A.4 B.5 C.2 D.3

5.Asarning ikkinchi qismi qnday nomlanadi?

A.”Ufq bo’sag’asida ” B.”Qirq besh kun”

C.”Hijron kunlarida” D.”Ufq”

Javoblar:1.C 2.A 3.B 4.D 5.C

Uyga vazifa:”Ufq”romanini o’qish.”Qochoq” hikoyasi matni ustida ishlash.
Ko’rildi:

3.03.2015.y

Dir.o’rinb:

Adabiyot 8-sinf

Sana:

Mavzu: Said Ahmad . “Ufq” romanidan parcha “Qochoq”



Darsning maqsadi:

a) ta`limiy- Said Ahmadning “Ufq” romani haqida bkmlar hosil qilish;

b) tarbiyaviy-o`quvchilar qalbida farzandlik burchini anglash,ona Vatanga munosib xizmat qilish ,ota-onaga hurmat,mehnatsevarlik tuyg’ularini tarbiyalash;

d) rivojlantiruvchi-o’quvchilarning badiiy adabiyotga bo’lgan qiziqishini oshirish;

Dars turi:mustahkamlash;

Dars uslubi:bahs,asar matni ustida ishlash,tahlil,“erkin fikr“;

Dars jihozi : darslik, Said Ahmad surati, kitoblari,”Ufq”romani,II jahon urushi tasvirlari tushirilgan suratlar;

Darsning borishi:

Tashkiliy ishlar:

Darsning chaqiriq bosqichida:

a)salomlashish,navbatchi axboroti;

b)kitob-daftarlar nazorati;

d)o’quvchilar diqqatini darsga jalb qilish.
Darsning mohiyatini anglash bosqichida:

I. Romandan olingan parchada urushdan bir oyog`idan ajrab kelgan Ikromjon va uning noshud og`li Tursunboyning so`nggi kunlari haqida hikoya qilinadi.

Ikromjon Vatan uchun jonini kechishga ham tayyor. U olis urush yerlarida qon kechib, matonat ko`rsatgan. Barcha Ikromjonni hurmat qiladi. Ikromjon urushdan nogiron bo`lib qaytadi. Uning xizmatini sharaflab berilgan ko`krak nishoni ham ortidan uyga yuboriladi. Ikromjon urushdan qaytganida o`g`li Tursunboy frontga ketgan edi. Bundan Ikromjonning ko`ngli to`ladi. Barcha yigitlar, tengdoshlari qatori Tursunboy ham Vatan oldida o`z burchini o`tashi kerak deb biladi. Ikromjon urushdan bir oyoq bo`lib qaytgan bo`lsa-da , u uyda tinch o`tirmaydi. Urush ortida Vatan uchun xizmat qiladi. Ikromjon uchun medal u ishlayotgan kolxozga yuboriladi. Kolxoz idorasida miting uyushtirilib, Ikromjonga mukofot xizmatlari uchun tantanali topshirilayotgan bir kunda uning o`g`lini izlab harbiy prokuror ham keladi. Ammo Ikromjonning hurmati uchun rais buni odamlar oldida ayttirmaslikkka harakat qiladi. Ammo el og`ziga elak tutib bo`lmaydi.Aynan shu davrada Ikromjon yakka-yu yagona o`g`li Tursunboyning urushga bormay , xoinlarcha qochib yurganini eshitadi. Aslida Tursunboy uzoqda emas edi. U o`zlariga yaqin to`qayda urushdan qochib bekinib yotgan edi. Buni onasi Jannat xolagina bilar edi, xolos.

Jannat xola kasal bo`lishiga qaramay tez-tez to`qayga qatnar. Arzanda o`g`liga etik, ustara, choy , ovqat tashir edi. Tursunboy esa hayvonga o`xshab faqat qornini to`yg`azishni o`ylar edi.

II.Asardan berilgan parchadan ifodali o’qish va asarni g’oyaviy-badiiy tahlil qilish

Darsning mustahkamlsh bosqichida:

I.Bahs:Onalar farzandlari uchun har nega qodir

Jannat xola timsoli orqali Said Ahmad haqiqiy o’zbek onalari siymosini yarata olgan Jannat xola o’z o’gli vatnga xiyonat qilgan bo’lsa-da,uni mehr bilan boshini silaydi,barchadan uni yashirib,kasal bo’lsa-da ,to’qayzorga borib uni boqadi,uning xo’rliklariga chidaydi.Ammo qornidan boshqa g’amni o’ylamaydigan Tursunboy to’qayzorda yolg’iz,odamlardan yiroqda yashab hayvon qiyofasiga kiradi .Ona umrini zavol qiladi...

II.”Ufq” romani haqida”berilgan adabiy maqola ustida ishlash.

III.Test sinovi:

1.Ikromjon o’g’lining qochib kelganini kimdan eshitdi?

A.Nizomjon B.Jannat xola C.Tog’a D.Zebi

2.Tursunboy har narsadan kechganda ham,bir narsadan kechmas edi.Bu:

A.Onasidan B.Zebidan

C.Otasidan kechirim so’rashdan D.Ovqatdan

3. Jannat xola nimadan qattiq cho’chirdi?

A.Tursunboyning kasal bo’lib qolishidan

B.Ikromjonning o’g’li haqida xabar topishidan

C.O’zining kasal bo’lib yotib qolishidan

D.O’g’lining xalq nafratiga duchor bo’lib qolishidan

4.Roman so’zi qaysi tildan olingan?

A.Yunon B.Fransuz

C.Lotin D.Ingliz

5.”Ufq”romani qanday romanlar shakliga kiradi?

A.Roman-dilogiya B.Epopeya

C.Roman-tetralogiya D.Roman-trilogiya

Javoblar:1.C 2.B 3.C 4.B 5.D

III.Roman shakllari haqida tushuncha:





Uyga vazifa:asar qahramonlariga tavsif

O’quvchilar bilimini baholash.
Ko’rildi:

4.03.2015.y

Dir.o’rinb:

Adabiyot 8-sinf

Sana:

Mavzu: Ozod Sharafiddinov hayoti va ijodi



Darsning maqsadi:

a)ta`limiy-Ozod Sharafiddinov hayoti va ijodi,adabiyotshunoslik tarqqiyotiga qo’shgan ulkan hissasi haqida bkmlar hosil qilish;

b)tarbiyaviy-o`quvchilar qalbida ona –Vatanga muhabbat,adabiyotga qiziqizh tuyg`usini tarbiyalash;

d)rivojlantiruvchi-o’quvchilarning fikrlash salohiyati,adbiy maqolalarni tahlil qilish malakasini yakomollashtirish;

Dars turi:yangi bilim berish;

Dars uslubi:suhbat,matn ustida ishlash,tahlil,Vatan haqida o’ylarim…

Dars jihozi : darslik,Vatan haqida tasvirlar,she’rlar,donolar fikri;

Tayanch tushunchalar: adabiyotshunos, adabiy tanqidchi, yozuvchi, shoir

Darsning borishi :

Tashkiliy ishlar:

Darsning chaqiriq bosqichida:

a)salomlashish,navbatchi axboroti;

b)kitob-daftarlar nazorati;

d)o’quvchilar diqqatini darsga jalb qilish.

O’tgan mavzu va uyga vazifani so’rash:

1.Tarqatmalar asosida Said ahmad hayoti va ijodi yuzasidan bahs-munozara;

2.”Qochoq”hikoyasida qaysi obraz taqdiri haqida hikoya qilinadi?Hikoyada qaysi davr qalamga olingan?Asar qahramonlariga tavsif bering.Onalar haqidagi she’rlardan yod so’rash.

Darsning mohiyatini anglash bosqichida:

I.Ozod Sharafiddinov 1929-yilning 1-martida Qo`qon shahri yaqinidagi Oxunqaynar qishlog`ida tavallud topgan. Uning bolalik o`smirlik kezlarigina

emas , keyingi butun hayoti ham Toshkent shahri bilan chambarchas bog`liq bo`ldi.Ozod Sharafiddinov Toshkent shahrida o`rta maktabni tugallab , O`rta Osiyo Davlat universiteti (hozirgi O`zMU)ga o`qishga kiradi va 1951-yilda uni muvaffaqiyatli yakunlaydi. Oradan uch yil o`tar –o`tmas , Moskvada

nomzodlik dissertatsiyasini ham yoqlaydi.

O.Sharafiddinov mehnat faoliyatining asosiy qismi o`zi o`qigan universitetda kechdi. U 1955- 1995 –yillar oralig`ida , qariyb qirq yil mana shu ilm dargohida yoshlarga bilim va tarbiya berdi, minglab shogirdlarga beminnat ustozlik qildi .

Uning 1996- 1997 –yillarda “Tafakkur” jurnali bosh muharriri o`rinbosari , 1997-yildan to umrining oxiriga qadar “Jahon adabiyoti” jurnali bosh muharriri vazifalarida ishlagan kezlari ham nihoyatda barakali , sermahsul yillar bo`ldi.

Iqtisodiy qiyinchiliklar va urush yillariga to`g`ri kelgan og`ir bolalik va o`smirlik yillarida ham , adabiyot va san`atga bir yoqlama , hukmron mafkura manfaatlaridan kelib chiqib baho berish talab etilgan o`tgan asrning 50-yillarida ham o`ziga qarshi turli ig`volar uyushtirilgan paytlarda ham Ozod Sharafiddinov hayotiy prinsiplardan tonmadi, barcha ko`rgiliklarga bardosh berdi. Albatta, bu kurashlar olimning jism-u jonini zangday kemirdi, “qand kasali” day bedavo dardga yo`liqtirdi, biroq uning ruhi doimo tetik , vijdoni uyg`oq qoldi

Darsning mustahkamlash bosqichida:.

II.Asarlari:dastlabki kitobi: 1962 –yilda chop etilgan



  1. “Zamon. Qalb.Poeziya”

  2. “Adabiy etyudlar” 1968

  3. “Yalovbardorlar” 1974

  4. “Iste`dod jilolari” 1976

  5. “Birinchi mo`jiza” “Talant –xalq mulki” 1979 y

  6. “Adabiyot –hayot darsligi” 1980 y

  7. “Hayot bilan hamnafas” 1983 y

  8. “Go`zallik izlab” 1985 y

Shov-shuvga sabab bo`lgan asarlari:

  1. “Zaharxanda qahqaha” 1962 y

  2. “Hayotiylik jozibasi, sxematizm inersiyasi”

  3. “Yurtin madhi bo`ldi so`nggi satri ham ” 1979

  4. “ She`r ko`p ,ammo shoir-chi? ” 1983

  5. “Bir tilda gaplashaylik” 1987

Barcha yerdan yig`ishtirib olingan asari: “Tirik satrlar”

Mustaqillik yillarida yaratilgan asarlari:



  1. “Yolboshchi”

  2. “Mustaqillik me`mori”

  3. “Istiqlol jilolari”

  4. “Istiqlol fidoyilari”1993

  5. “Sardaftar sahifalari”1999

6.“Ma`naviy kamolot yo`llarida” 2001

7.“Dovondagi o`ylar”2004

8.“Ijodni anglash baxti”2004

Ozod Sharafiddinov mukofotlari:

1997 “Mehnat shuhrati” ,1999 “Buyuk xizmatlari uchun”,2002 “O`zbekiston Qahramoni”

III.Maqola matni ustida ishlash

1. Adabiyotshunos deganda kimni tushunasiz?

2. Ozod Sharafiddinov qachon qayerda tug`ilgan?

3. Ozod Sharafiddinov onasi haqida qanday eslaydi?

4. Ozod Sharafiddinovning ilk asari qanday nomlanadi?

5. Mustaqillik yillarida yaratilgan asarlari?

6. Ozod Sharafiddinovning qaysi asari barcha yerdan yig`ishtirib olinadi?

7. Ozod Sharafiddinov qaysi mukofotlar bilan taqdilangan?

IV.Test sinovi:1.O.Sharafiddinovning ilk kitobi?

A.”Yo’lboshchi” B.”Ijodni anglash baxti” C.”Zamon.Qalb.Poeziya” D.”Go’zallik izlab”

2.Adib qaysi jurnalda bosh muharrir etib tayinlangan?

A.”Til va adabiyot” B.”Sharq yulduzi” C.”Gulxan ” D.”Jahon adabiyoti”

3.Ozod Sharafiddinov “...eng katta boyligim...”deb nimani ataydi?

A.Maqolalarini B.Kitoblarini C.O’z yurtini D.Xalqqa xizmatini

4.”O’ylaymanki,o’zini o’zbek xalqining farzandi degan har qaysi inson ana shunday fidoyi yurtdoshlarimiz bilan cheksiz faxrlanadi...”Ozod sharafiddinov haqidagi bu fikrlar muallifi

A.G’ .G’ulom B.Oybek C.I.Karimov D.A.Oripov

5.O’Sharafiddinov “jahon adabiyoti”jurnalining nechta sonini tayyorlashga ulgurdi?

A.90 B.50 C.100 D.150

Javoblar:1.C 2.D 3.B 4.C 5.C

Uyga vazifa:Ozod Sharafiddinovning “O’lsam,ayrilmasman quchoqlaringdan”adabiy maqolasi matni ustida ishlash,mazmunini o’zlashtirish;

O’quvchilar bilimini baholash.

Ko’rildi:

10.03.2015.y

Dir.o’rinb:
Adabiyot 8-sinf

Sana:


Mavzu:Ozod Sharafiddinov “O`lsam ,ayrilmasman quchoqlaringdan”adabiy maqolasi tahlili

Darsning maqsadi:

a) ta`limiy- “O`lsam ayrilmasman, quchoqlaringdan ” maqolasi haqida bkmlar hosil qilish,maqolani ifodali o’qish va g’oyaviy-badiiy tahlil qilish;

b) tarbiyaviy- o`quvchilar qalbida ona –Vatanga muhabbat tuyg`usini tarbiyalash;

d) rivojlantiruvchi-og`zaki va yozma nutqni o`stiish;

Dars turi:noan’anaviy;

Dars uslubi:bahs,matn ustida ishlash,ijod gulshani;

Dars jihozi : darslik,vatan haqida buyuklar so’zlari,Vatanning buyuk siymolari va

go’zal qadamjolar tasviri;

Darsning borishi :

Tashkiliy qism:

Darsning mustahkamlash bosqichida:

a)salomlashish,navbatchi axboroti;

b)kitob-dsaftarlar nazorati;

d)o’quvchilar diqqatini yangi mavzuga jalb qilish;

O’tgan mavzu va uyga vazifani so’rash:

I.Ozod Sharafiddinov hayoti va ijodi yuzasidan savol-javob;

1. Adabiyotshunos deganda kimni tushunasiz?

2. Ozod Sharafiddinov qachon qayerda tug`ilgan?

3. Ozod Sharafiddinov onasi haqida qanday eslaydi?

4. Ozod Sharafiddinovning ilk asari qanday nomlanadi?

5. Mustaqillik yillarida yaratilgan asarlari?

6. Ozod Sharafiddinovning qaysi asari barcha yerdan yig`ishtirib olinadi?

7. Ozod Sharafiddinov qaysi mukofotlar bilan taqdilangan?

8. Ozod Sharafiddinovning shov –shuvga sabab bo`lgan asarlari qaysilar?

II.Tarqatmalar asosida „O’lsam ,ayrilmasman quchoqlaringdan“adabiy maqolasi yuzasidan bahs-munozara:

Darsning mohiyatini anglash bosqichida:

I.“O`lsam ayrilmasman quchoqlaringdan” nomli maqolani o`qib –o`zlashtirish

Vatan –ona so`zi naqadar laziz,

Sensan har narsadan mo`tabar, aziz,

Hurmatingni saqlar har bir o`g`il –qiz ,

Muqaddas, mo`tabar ulug` Vatanim,

O`lsam ayrilmasman quchoqlaringdan

Uyg`un


Vatan.Vatan tuyg`usi. Vatan muhabbati. Nimadir bular? Bular qanday sehrli qudratki, hali voyaga yetmagan , dunyo ko`rmagan , turmushning past-balandlaridan bexabar , o`yin –u sho`xliklardan o`zga dardi yo`q bir o`smirning yuragiga jo bo`lib, butun umr uning xatti-harakatini, yurish –turishi boshqarib turadi? Bu tuyg`u inson farzandida tug`ma bo`larmikin? Yoki go`dak tamshana-tamshana onasini emganida , ona suti bilan birga uning ham tomirlariga yugurarmikin?

Umuman, “Vatan” deganning o`zi nima?

Tug`ilib o`sgan uyingmi? Beshikda qulog`ingga kirgan mungli va ayni chog`da nurli allami?Buvingning ertaklarimi? Maktabmi? Ilk bor visol onlaringga guvoh bo`lgan so`lim

xiyobonlarmi? Albatta, bularning hammasi va yana allaqancha narsalar birlashib , “Vatan” degan narsaning so`nmas timsolini yaratsa kerak.

Vatan muhabbati ham shunday: u hammaga ko`z –ko`z qilinmaydi , u tog`risida tantanavor e`lonlar chop etilmaydi, har muyulishda odam ko`kragiga urib , Vatanga oshiqligini pisanda qilmaydi. Madaniyatning

yuksak pog`onalariga ko`tarilgan jamiyatlarda odamlar o`z Vatanlariga muhabbatni shovqin –suron ko`tarmay , aqyyuhannos solmay, tamagirliksiz , bepisanda , maqtanchoqliksiz amalga oshiradilar. Vatanga muhabbat bozorga solinadigan matoh emas, balki inson qalbining to`rida gard yuqtirmay pokiza saqlanadigan eng nafis, eng inja tuyg`udir.

II.Vatan haqidagi o`quvchilarning fikrlari tinglanadi.

Darsning mustahkamlash bosqichida:

I.Vatan haqidagi she`r va maqollar

Vatanni sev, tuproqni o`p,

Har qarichi muqaddas bizga.

Cho`lidagi hatto quruq cho`p,

Jondan aziz yuragimizga.

Oybek


Bulbul chamanni sevar,

Odam Vatanni;

O`zga yurtda shoh bo`lguncha,

O`z yurtingda gado bo`l;

Vatan sajdagoh kabi muqaddasdir;

II.Savol-topshiriqlar ustida ishlash;

III.Test sinovi:1.Quyidagi fikrlarni O.Sharafaiddinov kimga qarata aytadi?

“...ona Vatanni yovdan saqlab qolish uchun ongli ravishda jonini qurbon qilishga otlangan?”

A.To’maris B.Spitamen C.Shiroq D.Temur Malik

2.Adabiyotshunos olim Vatanga muhabbatni qaysi muhabbat bilan qiyoslaydi?

A.Onaga B.Yor-do’stga C.Tabiatga D.Ollohga

3.Chin vatanparvar avlodi ,deb kimlarni talqin etadi?

A.Massagetlar B.Boburiylar C.Jadidlar D.Oq kiyimlilarni

4.Prezidentimizning qaysi fikrlari maqolada keng tahlili qilinadi?

A.O’zingni ,o’z uyingni o’zing asra.

B.Shu muqaddas Vatanda azizdir inson.

C.Farzandlari sog’lom yurt qudratli bo’lur.

D.Savob ishni har qilmog’i,har kun qilmog’i lozim.

5.”Qayga borsam,g’oz yurarman,boshda do’ppim gerdayib...”misralari muallifi

A.A.Oripov B.E.Vohidov C.G’ G’ulom D.Uyg’un

Javoblar :1.C 2.A 3.C 4.D 4.B

Uyga vazifa: O`qib –o`zlashtirish.vatan haqida she’rlar yod olish va maqoladan olgan taasurotlar asosida ijodiy ish.

O’quvchilar bilimini baholash.

Ko’rildi:

11.03.2015.y

Dir.o’rinb:

Adabiyot 8-sinf

Sana: ______________________

Mavzu: To`ra Sulaymon hayoti va ijodi. “Iltijo”she’ri

Darsning maqsadi:

a)ta`limiy- To`ra Sulaymon hayoti va ijodi haqida bkmlar hosil qilish,”Iltijo”she’rini ifodali o’qish va g’oyaviy-badiiy tahlil qilish;

b)tarbiyaviy-o’quvchilar qalbida adabiyotga,she’riyatga qiziqish va ona –Vatanga,tabiatga mehr-muhabbat tuyg’ularini tarbiyalash;

d)rivojlantiruvchi-o’quvchilarning dunyoqarashi va fikrlash salohiyatini takomillashtirish;

Dars turi:yangi bilim berish;

Dars uslubi:suhbat,matn ustida ishlash,she’r tahlili;

Dars jihozi : darslik, Vatan va bahor tasvirlari,tarqatmalar;

Darsning borishi :

Tashkiliy ishlar:

a)salomlashish,navbatchi axboroti;

b)kitob-daftarlar nazorati;

d)o’quvchilar diqqatini darsga jalb qilish.

O’tgan mavzu va uyga vazifani so’rash:

1.Tarqatmalar asosida III chorakda o’tilgan mavzular asosida savol-javob;

2.Nazm gulshani:Darslikdan tashqari yod olingan she’rlar asosida.

Darsning mohiyatini anglash bosqichida:

I. O`zbekiston xalq shoiri To`ra Sulaymon 1934 –yil 15 –fevralda Jizzax viloyati Baxmal tumanidagi Aldashmon qishlog`ida tavallud topgan.Adib yosh paytlarida otasini “quloq” sifatida qamoqqa oladilar. 1939 –yilda otasi qamoqdan qaytadiva oilasini Sirdaryoga ko`chirib keladi. To`ra Sulaymon shu yerdagi qishloq maktabida o`qiydi.Maktabni bitirgach, bir necha yillar davomida maktabda dars beradi. Urushdan keyingi yillar o`qituvchilar yetishmasligi sababli ko`p uquvli o`quvchilar maktabda dars bergani olib qolinardi. Keyinchalik adib Toshkent Davlat Universiteti (O`zMU) filologiya fakultetiga o`qishga kiradi.1958 -1964 –yillar mobaynida ham o`qiydi ham ishlaydi. O`qishni bitirib Guliston tumanidagi maktablarda ona tili adabiyot fanidan dars beradi.

1972 -1981 yillar davomida Respublika Yozuvchilar uyushmasining Sirdaryo viloyat bo`limi mas`ul kotibi , adabiy maslahatchisi lavozimlarida ishlaydi.

Shoining ilk she`rlari 1958 –yildan nashr etila boshlagan

Asarlari:1. “Men qayga borar bo`lsam” she`riy to`plam

2. “Qorasoch” dostoni 3. “Jahongashta” 1970 doston

4. “Hamqishloqlarim” maqolalar to`plami

5. “Intizor” 1973 6. “Sirdaryo qo`shiqlari” 1974

7. “Iltijo” 1976

8. “Alhazar” (satirik va yumoristik asarlar to`plami) 1976


9. “To`yboshi” 1977

10. “Sizni eslayman” 1980

11. “Qorako`zginam” 1981

12. “Gulshan” 1988

13. “Sarvinoz” 1989

14. “Xarsang” 1984

15. “Jahonnoma” 1996

16. “Gul bir yon chaman bir yon” 1996

17. “Yovqochdi” 1998

1999 –yilda O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov farmoni bilan To`ra Sulaymonga “O`zbekiston xalq shoiri” degan yuksak unvon berildi.

II.Shoir haqida darslikda berolgan ma’lumotlarni o’zlashtirish,matn ustida ishlash;

Darsning mustahkamlsh bosqichida:

I.Darslikda berilgan “Iltijo” she`rini o`qib tahlil qilish:

Bahor kelsa,boshlanar bog’da bulbul xonishi,

Sa’va,qumri nag’masi,suralay tovlanishi,

Qirlarda lola sayli,qishlovlarda yilboshi,

To’xtagay tabiatdan haqqushlar zorlanishi-

Bahor,ketma mening bog’imdan.

“Iltijo” she`ri chetdan qaraganda yil fasllaridan biri –go`zal bahorga bag`ishlangan. She`rning dastlabki bandida , darhaqiqat, kelinchak bahor kelishi bilan tabiatda yuz beradigan o`zgarish va jonlanishlar tasvirlanadi.

Shoir “Bahor, sensiz sahro –yu tog`-toshga jon qayda? ” der ekan , bu sahro –beminnat makon qidirib sargardon kezgan vatangado kimsalarning , tog` -u toshlar qilmishi, qing`ir zotlarning ramziy ifodasi ekani sifatida tasvirlangan.

II.Savol-topshiriqlar ustida ishlash.

III.Test sinovi:1.Shoirning ilk she’ri qachon chop etilgan?

A.1957 y B.1958 y C.1960 y D.1964 y

2.Ilk she’riy to’plami qanday nomlanadi?

A.”Istar ko’ngil” B.”Qorasoch ” C.”Intizor” D.”Iltijo”

3.”Qorasoch”,”Jahongshta”asarlari qanday janrda yozilgan?

A.She’riy to’plam B.Ballada C.Doston D.Maqola

4.”Iltijo”she’rida qaysi fasl qalamga olinadi?

A.Yoz B.Kuz C.Qish D.Bahor

5.She’rda shoir bahorga iltijo qilib,kimlarning taqdiridan kuylaydi?

A.Vatanfurushlar B.Vatangadolar

C.vatan ishkida kuyganlar D.Vatan haqida kuylaganlar

Javoblar:1.B 2.A 3.C 4.D 5.B

Uyga vazifa: She`rni yodlash va shoirning darslikda berilgan she’rlarini tahlil qilish. Ko’rildi:

31.03.2015.y

Dir.o’rinb:


Adabiyot 8-sinf

Sana: ______________________

Mavzu: To`ra Sulaymon.She`rlar.”Armon”,”Tavallo”,”Gul bir yon,chaman bir yon”she’rlari

Darsning maqsadi:

a)ta`limiy- To`ra Sulaymon she’riyati haqidagi bilimlarni kengaytirish va “Armon”,”Iltijo”,”Gul bir yon,chaman bir yon”she’rlarini ifodali o’qish va g’oyaviy – badiiy tahlil qilish;

b)tarbiyaviy-o’`quvchilar qalbida she’rlarda ilgari surilgan mehr-muhabbat,yurtga munosib farzand bo’lish,onalarni e’zozlash,ona tabiat va go’zallikni qadrlash tuyg’ularini tarbiyalash;

d)rivojlantiruvchi-o’quvchilarning fikrlash salohiyati vashe’r tahlil qilish malakasini oshirish;

Dars turi:noan’anaviy;

Dars uslubi:ifodali o’qish,she’rlar tahlili,bahs;

Dars jihozi : darslik, she’rlarga oid rasmlar va shoir she’rlari asosida aytilgan qo’shiqlar.

Darsning borishi :

Tashkiliy ishlar:

a)salomlashish,navbatchi axboroti;

b)kitob-daftarlar nazorati;

d)o’quvchilar diqqatini darsga jalb qilish;

O’tgan mavzu va uyga vazifani so’rash:

I.Tarqatmalar asosida To’ra Sulaymon hayoi va ijodi yuzasidan savol-javob;

1. To`ra Sulaymon qachon qayerda tug`ilgan?

2. To`ra Sulaymonning bolaligi qanday kechgan?

3. To`ra Sulaymon nima sababdan maktabni bitirib dars bera boshlaydi?

4.To`ra Sulaymon qaysi sohalarda faoliyat olib boradi.

5. To`ra Sulaymonning ilk she`rlari nechanchi yillarda nashr qilina boshlaydi?

6. To`ra Sulaymonning she`riy to`plamlarini ayting

7. To`ra Sulaymon qalamiga mansub qaysi dostonlarni bilasiz?

8. To`ra Sulaymonning “Iltijo” she`rida qaysi faslga murojaat qilinadi?

II.Nazm gulshani:Shoir she’rlari asosida

Darsning mohiyatini anglash bosqichida:

I.Darslikdagi “Armon” she`rini o`qib, tahlil qilish:

“Armon” she`ridagi lirik qahramon dunyoqarashi jihatidan yetuk ma`naviy barkamol shaxs.Uning ko`nglini mayda –chuyda ho –yu havaslari , o`tkinchi manfaatlari armonga to`ldirolmaydi. Bu lirik qahramon o`ziga hayotda nihoyatda katta talablar qo`yadi. O`sha talablarga loyiq bo`lolmaslik uni xavotirga soladi, cho`chisa shundan cho`chiydi:

Bemavrid xeshlarimning ko`zlarida yosh ko`rsam,

Bir mard bilan nopokning taqdirin tutash ko`rsam,

Qaysi bir begunohni keng yo`lda adash ko`rsam,

Bir betayin kimsaning oyog’iga bosh ko’rsam,

Ko`nglimda armon yotar

Terskaydagi qor misol

She`rning har bir misrasida faqat lirik qahramon taqdiriga emas, balki xalq va millat , kelajak va insoniyat taqdiriga daxldor muammolarni lirik qahramon o`z muammolari deb bilishi ochila boradi.

II.”Tavallo”she’rini ifodali o’qish vag’oyaviy-badiiy tahlil qilish:

“Tavallo” she`ri mushfiq va mushtipar onaizor haqida bo`lib, qachon va qanday vaziyatda bo`lmasin ,farzandi uchun onadan yaqin sirdosh bo`lmasligi haqida fikrlar o`ta ta`sirchan hikoya qilinadi.


Birda haqdin, birda nohaqdin,

Jabr ko`rsam bir betavfiqdin

Ortda tursam qalbi quroqdin,

Ohlar urib Onam yig`laydir,

Qolganlari yolg`on yig`laydir.

III.Darslikda berilgan savol va topshiriqlar ustida ishlash.

Darsning mustahkamlash bosqichida:

I.”Gul bir y’on,chaman bir yon”she’rini ifodali o’qish va g’oyaviy-badiiy tahlil qilish:

Chaman ichinda bir gul,gul bir yon,chaman bir yon,

Sarv-u sanobarmidir-soch bir yon,suman bir yon,

Sahar ,subhi sodiqda mushk bir yon,mijgon bir yon,

Tun pardasin tortsa gar,oy bir yon ,osmon bir yon.

Shoir bog’ ichidagi go’zal bir gul tasviri orqali go’zal qiz suratini chizib beradi.Bu tasvirda,nafaqat,uning tashqi go’zalligi,balki qalb gozalligi,ibo-hayosi ham qalamga olinadi.Bu go’zallik Oy,Quyoshni ham bir chetda qoldirib,oshiqlar qalbiga ming dard soladi...

II.Savol-topshiriqlar ustida ishlash.

III.Test sinovi:

1.”Armon”she’rining bosh g’oyasi

A.Xalq baxtini kuylash B.Har kimning dardiga sherik bo’lish

C.Ruhiy azoblanish D.Baxtli inson kechinmalari

2.”Tavallo”she’rida shoir qaysi ulug’ siymoni qalamga oladi?

A.Ota B.Ustoz C.Ona D.Buyuk siymolar

3.”Tavallo”so’zining ma’nosi

A.Oh,iltijo B.Orzu C.Armon D.Qalb izhori

4.”...Tun pardasin tortsa gar,oy bir yon,osmon bir..”misrasida shoir yorning qaysi tasvirini beradi?

A.Qosh B.Yuz C.Qomat D.Soch

5.”Hakim zoti bor yerda dard bir yon,darmon bir yon,

Yoring jafokash bo’lsa ,uy bir yon,zindon bir yon”-qanday san’at qo’llanilgan?

A.Tazod,tanosub,tashbih B.Jonlantirish ,tashbih

C.Talmeh ,tanosub D.Tanosub,tashbih

Javoblar:1.C 2.C 3.A 4.B 5.A

Uyga vazifa: Shoir she`rlaridan birini yodlash va tahlil qilish

O’quvchilar bilimini baholash.

Ko’rildi:

1.04.2015.y

Dir.o’rinb:


Adabiyot 8-sinf Sana:

Mavzu:She`rxonlik musobaqasi

Darsning maqsadi:

a) ta`limiy- o`quvchilarda she`rxonlik va she`rxonlik fazilatlarini

shakllantirish;

b) tarbiyaviy-o`quvchilar qalbida ona-Vatanga muhabbat tuyg`usini

tarbiyalash;

d) rivojlantiruvchi-og`zaki va yozma nutqni o`stirish.

Dars turi:takrorlash;

Dars uslubi:bahs,musobaqa,sher’xonlik,ijodiy fikr;

Dars jihozi : darslik, mustaqil o`qilgan asarlar.

Darsning borishi:

Tashkiliy ishlar:

Darsning chaqiriq bosqichida:

a)salomlashish,navbatchi axboroti;

b)kitob-daftarlar nazorati;

d)o’quvchilar diqqatini darsga jalb qilish.

O’tgan mavzu va uyga vazifani so’rash:

1.Tarqatmalar asosida Ozod Sharafiddinovning “O’lsam,ayrilmasman quchoqlaringdan”adabiy maqolasi yuzasidan savol-javob;

2.Lirik chekinish:”Qiyosi yo’q Vatanim”-Vatan haqidagi she’rlar asosida she’rxonlik va adabiy maqola asosida yozilgan ijodiy ishlar tahlili;

Darsning mohiyatini anglash bosqichida:

I.III chorakda o’tilgan ijodkorlar hayoti va ijodi yuzasidan savol-javob(Maqsud Shayxzoda,Usmon Nosir,Asqad Muxtor,said Ahamad,Ozod Sharafiddinov)

II.O’tilgan asarlar asosida bahs:

(“Mirzo Ulug’bek”tragediyasi,”Chinor ”romani,”Ufq”romani,”O’lsam ham ayrilmasman quchoqlaringdan”adabiy maqolasi asosida)

Darsning mustahkamlsh bosqichida:

I.Ijodiy fikr:

Menga yoqqan she’r

Yurak ,sensan mening sozim,

Tilimni nayga jo’r eting.

Ko’zimga oyni berkitding,

Yurak,sensan ishqibozim…

Ha,bu buloq yanglig’ pok misralar yurak amri bilan ish ko’rish bilan birga,uni Vatanni sevishda,har qarich tuprog’ini qadrlahsga o’rgatadi…
I.”Zulfiya-tong kuychisi”-mavzusi ostida she’rxonlik

(Zulfiyaxonimning 100 yillik tavalludlariga bag’ishlab)

Salqin saharlarda bodom gulida,
Binafsha labida, yerlarda bahor.

Qushlarning parvozi,yellarning nozi,

Baxmal vodiylarda,qirlarda bahor…
Men o’tgan umrimga achinmay qo’ydim,

Hech kimga ko’rmadim umrimga o’xshash.

Suydim,

Erkalandim,



Ayrildim,

Kuydim.
Izzat nima bildim,

Shu-da bir yashash…

II.Bahr-bayt musobaqasi:

Aziz asrimizning aziz onlari,

Aziz odamlardan so`raydi qadrin

Fursat g`animatdir shoh satrlar-la

Bezamoq chog`idir umr daftari


Download 1.65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling