Mavzu: Kislota asosli titrlash (neytrallash) usuli. Indikator xatosi. Reja
Download 1.53 Mb.
|
2-Tayyor xoli
Birgalashib cho`kish
Ayni sharoitda ishlatilayotgan reaktiv bilan cho`kma bermaydigan begona moddalarning cho`ktirilayotgan birikma bilan birga cho`kmaga tushishi, birgalashib cho`kish deyiladi. Birgalashib cho`kshining sababi ikkita: 1) Makro tarkibiy qism cho`kmasiga begona ionlarini mexanik qo`shilib qolishi. 2) Okklyuziya ya`ni makro tarkibiy qismning cho`kmasi xosil bo`lish jarayonida radiusi cho`ktiriluvchi kationga yaqin boshqa kationlarni kristall ichidagi bo`shliqqa kirib aralash cho`kma xosil bo`lish xodisasi. Birgalashib cho`kish tortma analizda ham salbiy, ham ijobiy ahamiyatga ega. Avvalo u tortma analizda xatoning asosiy manbalaridan biri hisoblanadi, chunki tarkibida begona aralashmalar bo`lgan cho`kma (tortiladigan shakl) toza bo`lmaydi va aniq formulaga javob bermaydi. Tortiladigan moddaning formulasini aniq bilmay turib, uning tarkibidagi elementning miqdorini to`g`ri hisoblash mumkin emas. Lekin birga cho`kishning ijobiy ahamiyatini analitik amaliyotda kuzatish mumkin. Birgalashib cho`kish jarayonida aralashmada miqdori juda oz bo`lgan ionni o`zida to`plab cho`kuvchi makro komponentning cho`kmasi –kollektor (ya`ni to`plovchi, jamlovchi) deyiladi. Masalan, aralashmadagi juda oz Ra2+ va Pb2+ kationlari BaSO4 bilan bir xil tuzilish va tarkibga ega cho`kma xosil qiladi. Mis (II) kationi uchun HgS, rux (II) kationiga MnO(OH)2 cho`kmasi kollektor vazifasini bajaradi. Birgalashib cho`kishni sirtqi va ichki turlari mavjud. Begona ionlarni cho`kma sirtiga adsorbsiyalanib cho`kishi –birgalashib cho`kishning sirtqi turiga mansub. Mikrotarkibiy qism kollektorning butun xajmi bo`yicha birgalashib cho`kishi – birgalashib cho`kishni ichki turiga mansubdir. Kislota-asosli usul. Kationlami kislota-asos ta’sirida hosil qiladigan qiyin eruvchan xloridlar, sulfatlar, gidroksidlar va eruvchan ammiakli kompleks birikmalariga asoslangan Demak, analitik kimyoda kationlarni klassifikatsiyalash ular hosil qiladigan birikmalarning eruvchanligi turlicha bo'lishiga asoslangan. Bu esa bir guruh ionlarni boshqasidan ajratish imkonini beradi. Guruh reagentlaridan foydalanish analizni ancha yengillashtiradi, chunki ulardan foydalanilganda analizda qilinishi kerak bo'lgan murakkab ishlar bir necha soddaroq ishlarga bo‘linib ketadi. Sistemali analiz qilishda ionlar murakkab aralashmadan ayrim-ayrim holda emas, guruh-guruh tarzida ajratiladi. Bunda ularni guruh reagenti deb ataluvchi ba’zi reaktivlar ta’siriga bir xil munosabatda bo'lishidan foydalaniladi. Guruh reagentiga quyidagi talablar qo'yiladi: kationlami amalda to'liq cho'ktirishi; keyingi analizlami o'tkazish uchun hosil bo'lgan cho'kma kislotalarda oson eriydigan bo'lishi; ortiqcha qo'shilgan reagent eritmada qolgan ionlami topishga xalal bermasligi kerak. Download 1.53 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling