Amfoterlik va uni taxlilda qo`llanishi.
Eritmada kislota va asos xossalarini namoyon etuvchi neytral molekula (H2O, CH3OH, Al(OH)3, Zn(OH)2 yoki ionlar (HCO3-, H2PO4-) amfolitlar deyiladi.
Amfoterlik, bir moddada ikki qarama-qarshi xususiyat jamlangananini ko`rsatadi. Amfolitlar – kuchsiz elektrolitlarga mansub bo`lib, kuchsiz kislota-asos xossalariga ega.
Amfolitning kislota va asos shakllari orasidagi muvozanat xolati izoelektrik nuqta deb ataladi
Amfoterlik taxlilda keng qo`llanadi masalan. IV gurux kationlari boshqa gurux katiolaridan amfoterlik xossalari asosida ajratiladi. Eritmaning pH qiymati oshira borilsa avval Al(OH)3 (pH=3-5) keyin Zn(OH)2 (pH=6-8) cho`kadi va so`ngra ortiqcha ishqorda barcha amfoter gidroksidlar erib, tegishli amfoter kationlar cho`kmadan eritmaga o`tadi.
1. Kationlarni gidroksidlar ko`rinishida cho`ktirishda. Eritmaga ortiqcha ishqor qo`shilganda amfoter xossaga ega bo`lgan metall ionlari eritmaga o`tadi. Masalan: Ғе3+, Al3+ ionlari bo`lgan eritmaga NaOH qo`shilganda Fe(OH)3 cho`kmada, Na3AlO3 eritmada bo`ladi.
2. Amfoter gidroksidlar (Al(OH)3, Cr(OH)3, Zn(OH)2, Be(OH)2), erimaydigan gidroksidlar (Fe(OH)2, Fe(OH)3, Mn(OH)2, Ni(OH)2, Co(OH)2 va boshqalar)dan ajratishda.
3. Ayrim amfoter gidroksidlarni (masalan: Be(OH)2 ni NaHCO3 eritmasida aynatib) eritishda.
4. Fe3+, Al3+, Be2+ va Mn2+ ionlari bo`lgan eritmani sistemali analiz qilishda: eritmaga NH4OH + NH4C1 ta`sir etirilganda:
1- cho`kma 1-eritma
Fe(OH)3, Al(OH)3, Be(OH)2 Mn2+
1- cho`kmaga NaHCO3 qo`shib qizdirilganda
Do'stlaringiz bilan baham: |