Mavzu: Kislota asosli titrlash (neytrallash) usuli. Indikator xatosi. Reja
Download 1.53 Mb.
|
2-Tayyor xoli
- Bu sahifa navigatsiya:
- Cho`kmalar hosil qilish
- Cho`ktirish tezligining ta`siri
Ajratish usullarini tasnifi makro- va mikro tarkibiy qismlarning fizik va kimyoviy xossalarini farqiga asoslangan.
Moddalarni ajratish usullarining quyidagi turlari mavjud. 1. Bug`latish (xaydash, bug`latish, sublimatlash) (absolyut konsentrlash). 2. Kuydirib cho`g`latish – anorganik modda qoldig`i metall oksidlarini aniqlashda qo`llanadi (absolyut konsentrlash). 3. CHo`ktirish va birgalashib cho`kish (nisbiy konsentrlash). 4. Kristallash (absolyut konsentrlash). 5. Ekstraksiya moddani ikkita o`zaro aralashmaydigan (faza) qatlamni biridan ikkinchisiga o`tkazish (nisbiy konsentrlash). 6. Selektiv adsorbsiya – tanlab shimilish (nisbiy konsentrlash). 7. Elektrokimyoviy ajratish (elektroliz) (absolyut konsentrlash). 8. Xromatgorafiya usullari – moddani ko`zg`aluvchan faza va ko`zg`almas fazaga bo`lgan moyillik farqiga ko`ra bajariladi (nisbiy konsentrlash). Cho`kmalar hosil qilish Cho`kmalar hosil bo`lishi qator omillarga bog`liq. Tortma analiz natijalarning aniqligi va ishonchliligi hosil qilinadigan cho`kmalarning sifatiga bog`liq. Hosil bo`luvchi cho`kmaning shakli, strukturasi va tozalik darajasi cho`ktirish sharoitiga va, ayniqsa, cho`ktirishning to`laligiga bog`liq. Hosil bo`luvchi cho`kmaning strukturasi va xossalari cho`ktiriluvchi va cho`ktiruvchi moddalarning konsentratsiyalari, cho`ktirishning davomiyligi, temperatura, cho`kmaning eruvchanligi, cho`ktirish davomida eritmaning aralashtirilishi, eritmaning pH qiymati va boshqalarga bog`liq. Cho`ktirish tezligining ta`siri. Cho`ktiruvchi qo`shilganda ionlar konsentratsiyalari ko`paytmasi eruvchanlik ko`paytmasidan oshganda cho`kma tusha boshlaydi. Cho`ktirishning boshida kichik o`lchamli cho`kma zarrachalari hosil bo`lib, u asta-sekin boshqa shunday mayda zarrachalar hisobiga kattalasha boradi. Sekinlik bilan cho`ktirishda zarrachalar bir-biriga nisbatan to`g`ri orientatsiyalanadi. Agar modda qanchalik kam eruvchan bo`lsa, cho`kma shunchalik tez tushadi. Cho`ktirish tezligi katta bo`lsa, agregatsiya tezligi ortib ketadi va bir nechta kristallanish markazlari yuzaga kelib, mayda kristallar hosil bo`ladi, ularni farqlash esa juda qiyindir. Modda juda tez cho`ktirila boshlansa, dastlabki kristallanish markazlari to`g`ri orientatsiyalanishga ulgurmay qoladi va, natijada, amorf cho`kmalar hosil bo`ladi. Amorf cho`kmalarni hatto rentgenostruktur analiz yordamida ham farqlash qiyin. Download 1.53 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling