Mavzu: Kislota asosli titrlash (neytrallash) usuli. Indikator xatosi. Reja


Download 1.53 Mb.
bet1/10
Sana27.02.2023
Hajmi1.53 Mb.
#1233888
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
2-Tayyor xoli


Mavzu: Kislota asosli titrlash (neytrallash) usuli. Indikator xatosi.

Reja:

  1. Moddalarni ajratish va konsentrlashni asosiy tushunchalari va tasnifi.

  2. Cho`kmalar hosil qilish. Gomogen cho`ktirish.

  3. Birgalashib cho`kish.

  4. Amfoterlik va uni taxlilda qo`llanishi.

  5. Kompleks birikmalarni kimyoviy taxlilda qo`llanishi.

  6. Indikator xatolari.


Moddalarni ajratish va konsentrlashni asosiy tushunchalari va tasnifi
Tahlil jarayonida ko`pincha moddani juda oz miqdorini (izini) ochishga to`g`ri keladi. Ko`pchilik analitik reaksiyalarni ochish minimumi m=10-3 –10-4 mkg bo`lgani xolda ba`zan, yanada kam, 10-7 – 10-8 mkg miqdordagi moddalarni ochish zarur bo`ladi. Bunday oz miqdordagi moddani ochishdan avval uni analitik reaksiya imkoniyatidagi ochish minimumi qiymatigacha konsentrlash (konsentratsiyasini orttirish) kerak.
Konsentrlash va ajratish tushunchalari: Dastlabki aralashma tarkibiy qismlarini bir biridan ajratish uchun bajarilgan amal-ajratish, aralashmadagi mikro-tarkibiy qismni konsentratsiyasini makro-tarkibiy qismga nisbatan orttirish amali konsentrlash deb ataladi. Nisbiy va absolyut konsentrlash usullari mavjud.
Absolyut konsentrlash – jarayonida katta xajm (massa)dagi mikro tarkibiy qism kichik xajm (massa)da yig`ilib qoladi. Masalan osh tuzini juda suyultirilgan eritmasi batamom bug`latilsa, tarkibidagi mikro miqdordagi tuz kichik xajmli (massa) eritmada yig`ilib qoladi.
Nisbiy konsentrlashda – mikro tarkibiy va uning ochilishiga xolaqit beruvchi makro tarkibiy qism miqdorlarining nisbati o`zgaradi. Nisbiy konsentrlash konsentrlash usulini xususiy xoli bo`lib uning natijasi konsentrlash omili yoki koeffitsiyenti (F) bilan tavsiflanadi

bu erda (1) mikro va (2) makro miqdorli moddalarni konsentrlashdan avval Q 01, Q 02 va keyingi Q1, Q2 konsentratsiyalari.


Misol: Bir litr eritmada 10-4 g modda bo`lgan eritmani xajmi 10 ml gacha bug`latildi.


Konsentrlash koefitsienti eritma necha marta konsentrlanganini anglatadi.
Analitik reaksiyalarni bajarishda, ishlatiladigan moddaning miqdoriga qarab, sifat analizi usullari 1955-yildan boshlab quyidagicha nomlanadigan bo`ldi.


Download 1.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling