Mavzu: Kiverxavfsizlik siyosati O'zbekiston yondashuvida


Download 0.61 Mb.
bet1/4
Sana24.01.2023
Hajmi0.61 Mb.
#1118151
  1   2   3   4
Bog'liq
M 9

Mavzu: Kiverxavfsizlik siyosati O'zbekiston yondashuvida

Reja: 1. Kuzatilgan tahdidlarning asosiy salmog‘i 2. O‘zbekiston Respublikasining NCSI indeksidagi ko‘rsatkichlari 3. UZBda kiberxavfsizlikni ta'minlash darajasini oshirishlgi lozim! 4. Foydalanilgan adabiyotlar


Kuzatilgan tahdidlarning asosiy salmog‘i
Kiberxavfsizlik xalqaro siyosatning dolzarb masalasiga aylanib ulgurdi, bu esa raqamli iqtisodiyotning rivojlanishi hamda axborot jamiyati shakllanishining ayrim jihatlariga bog‘liqligi bilan asoslanmoqda.Global reytinglarda O‘zbekistonning mavqeyini oshirish davlat siyosati darajasida ko‘tarilgan.

Shu sababli, kiberxavfsizlik darajasini aniqlash bo‘yicha xalqaro va milliy reytinglarni o‘rganish, ularda belgilangan baholash mezonlari bo‘yicha davlat organlari va tashkilotlarida, muhim axborot infratuzilmasi obektlarida axborot xavfsizligi siyosatini samarali yo‘lga qo‘yish dolzarb masalalardan biri hisoblanadi.Ma'lumot o‘rnida ta'kidlash joizki, kiberxavfsizlik sohasida “internet ashyolar” bilan bog‘liq tahlikalarning yuzaga kelayotgani jiddiy xavotirlarga sabab bo‘lmoqda. Baholashlarga ko‘ra, bugungi kunda 20 mlrd.ga yaqin qurilmalar internetga ulangan holda ishlaydi, kelgusi besh yil ichida bu ko‘rsatkich ikki barobar oshishi taxmin qilingan. Davlat organlari va tashkilotlarida belgilangan xavfsizlik talablariga javob bermaydigan qurilmalardan foydalanish oqibatida kibertahdidlar soni va ko‘lamining ortib borishiga sharoit yaratilmoqda. Bu holatni esa davlatimizning kibertahdidlarga duchor bo‘lish indeksida (CEI – Cybersecurity Exposure Index) 108 ta davlat orasida 70-o‘rinda, ya'ni kiberhimoyaning eng past darajasi – 0,7121 indeks bilan baholanganida ko’rih mumkin.

“Kiberxavfsizlik markazi” davlat unitar korxonasi 2020 yilda o‘tkazgan monitoring natijalariga ko‘ra, internet milliy segmentida axborot va kiberxavfsizlikka tahdid soluvchi 27 mln.dan ortiq zararli va shubhali tarmoq hodisalari kuzatilgan. Mazkur davr ichida davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari veb-saytlariga nisbatan sodir etilgan hodisalar soni 144 foizga o‘sgan, 243 ta veb-sayt ekspertizadan o‘tkazilgan, “UZ” milliy domeni hududida 337 ta, shundan davlat tashkilotlari veb-saytlarida 79 ta axborot xavfsizligi hodisalari aniqlangan. Britaniyaning Comparitech tadqiqot kompaniyasi tahlilchilarining kiberxavfsizlik darajasi bo‘yicha dunyo davlatlari reytingi natijalariga ko‘ra, O‘zbekiston kriptomaynerlar hujumiga eng ko‘p uchraydigan mamlakat deb topilib, 60 ta davlat ichida 56-o‘rinni egallagan. Shuningdek, kiberxavfsizlik ta'minlangani yuzasidan eng yuqori ko‘rsatkichlarni egallagan davlatlardan biri bo‘lmish Yaponiyada kiberxavfsizlikni ta'minlash bilan bog‘liq qonunchilik 6 ballga, O‘zbekistonda esa 3 ballga; kiberhujumlarni bartaraf etishga shaylik holati Yaponiyada 0,7 ballga, O‘zbekistonda – 0,2 ballga baholangan. Bugungi kunda mazkur yo‘nalishda bir qator kiberxavfsizlik darajasini aniqlash bo‘yicha baholash indekslari orqali dunyo davlatlarining reytinglari tuziladi.


Download 0.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling