Mavzu: Kiverxavfsizlik siyosati O'zbekiston yondashuvida


Download 0.61 Mb.
bet3/4
Sana24.01.2023
Hajmi0.61 Mb.
#1118151
1   2   3   4
Bog'liq
M 9

Bunda aynan mazkur indeksning qaysi mezonlari bo‘yicha kiberxavfsizlikka oid chora-tadbirlarni amalga oshirish kerakligi yaqqol ko‘zga tashlanadi. Quyida har bir 12 ta mezon bo‘yicha qiyosiy ma'lumotlar keltiriladi. Ko‘rinib turibdiki, asosiy mezonlar bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi past ko‘rsatkichlar bilan baholangan.

Misol uchun, “harbiy kiberoperatsiyalar” mezoni bo‘yicha Qurolli kuchlar tarkibida kiberbo‘linmalarning mavjud emasligi, kiberoperatsiyalar bo‘yicha o‘tkaziladigan xalqaro va mintaqaviy o‘quv mashg‘ulotlarida ishtirok etmaslik kabi holatlarga oid ko‘rsatkichlarda 0 foiz ko‘rsatilgan. Demak, aynan shu yo‘nalishdagi ishlarni kuchaytirish lozim bo‘ladi. Reytingda mavjud 46 ta indikator jami 77 ballni tashkil qilib, O‘zbekiston 24 ball yoki 31,17 % ko‘rsatkichga erishgan. Agar mutlaq “nol” qiymatdagi ko‘rsatkichlarni kamida bitta pog‘ona ko‘tarishga erishiladigan bo‘lsa, umumiy 54 ball yoki 70,13 % ko‘rsatkich bilan reytingda 25-o‘ringa ko‘tarilish imkoniyati mavjud. Bu esa O‘zbekistonni Osiyo davlatlari orasida 15-o‘rindagi Singapur (80,52 %) va 21-o‘rindagi Malayziyadan (71,43 %) keyingi o‘rinlarga olib chiqadi. Ushbu indeks ko‘pgina davlatlar bilan ko‘p yillik maslahatlashuv natijalari asosida ishlab chiqilgan. Bu indeks global kiberxavfsizlik indeksiga (GCI) muqobil variant hisoblanib, undan farqi ko‘rsatkichlar bo‘yicha hisoblanayotgan ballar shaffof, har bir davlat o‘ziga qo‘yilayotgan bahoni maxsus onlayn platforma (www.ncsi.ega.ee) orqali kuzatish imkoniyati yaratilgan. Mazkur indeksni yaratish va boshqarish ishlari Estoniya Respublikasi tashqi ishlar vazirligi tomonidan moliyalashtiriladi.

UZBda kiberxavfsizlikni ta'minlash darajasini oshirishlgi lozim! — O‘zbekiston Respublikasining Kiberxavfsizlik strategiyasini qabul qilish, “Kiberxavfsizlik to‘g‘risida”gi qonun hamda “Yo‘l xaritasini”ni ishlab chiqish; — mintaqaviy va xalqaro miqyosda kiberxavfsizlik bilan shug‘ullanadigan yetakchi tashkilotlarning yig‘ilishlarini O‘zbekiston Respublikasida o‘tkazish hamda biror mamlakatning kiberxavfsizlik salohiyatini oshirishga qaratilgan loyihalarida ishtirok etish; — kiberxavfsizlikka oid mintaqaviy va xalqaro darajada tashkil etiladigan musobaqalarda ishtirok etish imkoniyatlarini ko‘rib chiqish; — kiberxavfsizlik siyosatini milliy darajada muvofiqlashtirish uchun qo‘mita, kengash yoki ishchi guruhlar faoliyatini yo‘lga qo‘yish; raqamli xizmatlarini ko‘rsatuvchi yuridik shaxslar zimmasiga kiberxavflarni boshqarish vazifalarini yuklashning huquqiy asoslarini ishlab chiqish; — axborot xizmatlari ko‘rsatuvchi kompaniya va tashkilotlarning kiberxavfsizlik siyosatini samarali yo‘lga qo‘ygani bo‘yicha hisobdorligini oshirish; —“Kiberjinoyatchilik to‘g‘risidagi konvensiya”ni ratifikatsiya qilish;


O‘zbek xakerlar guruhining bundan avval qator O‘zbek va Qirg‘iz tilidagi web sahifalarga uyushtirilgan xakerlik hujumlari ortida turgani ham xabar berilgandi.
"Clone Security"nomi ostidagi xakerlar O‘sh voqealaridan so‘ng Qirg‘iziston Ichki ishlar vazirligi va terrorizmga qarshi markaz saytiga hujum uyushtirganlar.
Xakerlar o‘zlarining harakatlarini Qirg‘izistonda o‘zbeklarning huquqlari toptalayotganligi bilan izohlashgan.
Qirg‘izistondagi o‘zbeklar esa o‘zlarini qo‘shni O‘zbekistonga bog‘liqlikda namoyon etishmagan.
Mutaxassislar fikricha, bu qadar aniq ishora berish o‘zbek va qirg‘izni yoki rasmiy Bishkek va Toshkentni bir-biriga gij-gijlash, o‘zbeklarga qarshi kayfiyatni qaytadan kuchaytirish maqsadini ko‘zlagan bo‘lishi mumkin degan xayol uyg‘otadi.
Ayni guruh avvalroq O‘zbekistonning o‘zida davlat televideniyesi hamda bir qator hukumat saytlariga, shuningdek, Gulnora Karimovaning hozirda yopilib ketgan Fond Forum tashkiloti web saytiga hujumlar ortida turganini aytgan.
Guruhning o‘zi ko‘pchilik ekani, orqalarida hech kim turmasligi va moliyalamasligini, O‘zbekistonda informatsion xavfsizlik bo‘yicha savodxonlikni oshirish g‘oyasi asosida ish olib borishlari"ni ham bildirishgan internet xabarlarda.
O‘zbekistondagi 2014 yil parlament saylovlari oldidan O‘zLiDeP partiyasi sayti xakerlikka uchragan edi.
O‘zLiDeP bu ishni mamlakatda ijobiy o‘zgarishni ko‘rolmaydiganlar harakati, deya baholagan.
Bundan tashqari O‘zbek muxolifatining xorijdagi O‘zbekiston Xalq harakati saytiga ham bir necha marta hujum qilingan. Oldingi holatlardan farqli tarzda, sayt muharrirlari bu milliy xavfsizlik xizmati xodimlarining ishi ekanini aytganlar.

Download 0.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling