Mavzu: Kiverxavfsizlik siyosati O'zbekiston yondashuvida
Download 0.61 Mb.
|
M 9
- Bu sahifa navigatsiya:
- Indeksdagi bir qator mezonlarda belgilangan ko‘rsatkichlar bo‘yicha past foizlarda berilgan.
Xususan, global kiberxavfsizlik indeksiga (GCI) ko‘ra, 2017 yilda O‘zbekiston Respublikasi 93-o‘rinda qayd etgan bo‘lsa, 2021 yilda 23 pozitsiyaga ko‘tarilib, 71,11 ko‘rsatkich bilan 70-o‘rinda qayd etildi va kiberxavfsizlikni mustahkamlash bo‘yicha MDH davlatlari orasida 4-o‘rinni egalladi. 2021 yilda Estoniya Elektron boshqaruv akademiyasi tomonidan nashr etilgan milliy kiberxavfsizlik indeksida (NCSI) 160 ta davlat ichida O‘zbekiston Respublikasi 31,17 reyting ko‘rsatkichi bilan 95-o‘rinda qayd etildi. Shuningdek, axborot kommunikatsiya texnologiyalarining rivojlanishi ko‘rsatkichi bo‘yicha 95-o‘rinni egallagan.O‘zbekiston Respublikasining NCSI indeksidagi ko‘rsatkichlari Ushbu indeks 12 ta asosiy mezonlar kiritilgan 3 ta guruhdan iborat. Bularga: 1) kiberxavfsizlik umumiy mezonlari; 2) xavfsizlikning tayanch mezonlari; 3) mojaro va keskin o‘zgarishlarda o‘zini tutish mezonlari kiradi. Har bir 12 mezon o‘zaro bog‘liq 46 ta ko‘rsatkichlardan tashkil topgan. Har bir mezon o‘lchovi maksimal 100 foiz etib belgilangan. 2021 yilda taqdim etilgan kiberxavfsizlik indeksida O‘zbekiston har bir mezon bo‘yicha quyidagi ko‘rsatkichlarga erishgan. Natijalardan ko‘rinib turibdiki, 4 ta mezon bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi 50 foizdan ortiq ko‘rsatkichga erishgan. Bunda “kibertahdidlarni tahlil qilish” – 60%, “ta'lim va kasbiy rivojlantirish” – 67%, “elektron identifikatsiya qilish va ishonch xizmatlari” – 78% va “kiber hodisalarga javob qaytarish” – 50% mezonlari yuqori ko‘rsatkichlarga ega bo‘lgan.Indeksdagi bir qator mezonlarda belgilangan ko‘rsatkichlar bo‘yicha past foizlarda berilgan. Bunda O‘zbekistonda kiberxavfsizlik sohasida davlat siyosatining yetarli yo‘lga qo‘yilmagani, muvofiqlashtirish masalalari, kiberxavfsizlik strategiyasining mavjud emasligi, vakolatli nazorat organining yo‘qligi, doimiy monitoring olib borilmasligi kabi muammolar mavjudligi ko‘zga tashlanadi. Mamlakatda 2020 yilga mo‘ljallangan Davlat dasturi loyihasida 2020 yilning 1 sentyabriga qadar O‘zbekiston kiberxavfsizlikning huquqiy asoslarini shakllantirish bo‘yicha chora-tadbirlarni, shu jumladan 2020-2023 yillarga mo‘ljallangan Milliy kiberxavfsizlik strategiyasini va kiberxavfsizlik to‘g‘risidagi qonun loyihasini ishlab chiqish rejalashtirilgan edi. Biroq mazkur strategiya va qonun loyihasi hamon ishlab chiqilgani yo‘q. Shu o‘rinda ta'kidlash joizki, O‘zbekistonning mazkur baholash indeksidagi o‘rnini bir qator Yevropa, MDH va Markaziy Osiyo davlatlari bilan sol Bunda aynan mazkur indeksning qaysi mezonlari bo‘yicha kiberxavfsizlikka oid chora-tadbirlarni amalga oshirish kerakligi yaqqol ko‘zga tashlanadi. Quyida har bir 12 ta mezon bo‘yicha qiyosiy ma'lumotlar keltiriladi. ishtirish muhim ahamiyatga ega.Download 0.61 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling