Dazmollash ishlarini bajarish qoidalari.
Gazlamaning xossasiga qarab dazmolning issiqlik rostlagichi to’g’irlanadi.
Dazmol bosishdan avval uning tagi tozaligini tekshirish kerak.
Tayyor kiyimni avval teskari tomonidan, o’ng tomonida esa avval mayday qisimlaridan boshlab dazmollanadi.
Dazmollangan kiyimni to’g’rilab osib yoki taxlab qo’yish maqsadga muvofiqdir.
Ish o’rnini tashkil qilish.
Dazmollash moslamasi ishlash uchun qulay qilib qattiq yog’ochdan tayyorlanadi va ustiga paxmoq odeyal qo’yiladi. Uning ustiga oq surupdan g’ilof kiydiriladi. Dazmollar har xil: oddiy qizdiriladigan, issiqligi rostlanadigan, bug’li bo’ladi.
Elektr dazmolda ishlashda xavsizlik texnikasi qoidalari.
Dazmolni elektr tarmog’iga ulashdan oldin shnur izolatsiyasi tekshirilishi, ulashda va uzishda qo’l quruq bo’lishi kerak.
Elektr dazmol qiziganini barmoq tegizib tekshirmaslik kerak.
Elektr dazmol qizib ketishiga, simini aylanib ketishiga yo’l qo’ymaslik kerak.
Ishlayotganda shnur dazmolga tegib turmasligi kerak.
Dazmolda ishlayotganda oyoq tagida rezina to’shama bo’lishi kerak.
Ish tugagandan keyin dazmol shnurlarini elektrdan uzib qo’yish lozim.
Dazmolning elektr quvvatiga ulaydigan simlari nosoz bo’lsa, usta chaqirib sozlatish lozim.
Dazmonli tik holda qo’yish kerak yoki maxsus taglik ustiga qo’yish lozim.
Dazmolni bekorga yoqilgan holda qoldirmaslik kerak.
IV. Yangi mavzuni mustaxkamlash.
Kiyimlar nima uchun dazmol qilinadi?
Dazmollash usullarini aytib bering.
Dazmollash ishlarida qanday qoidalarga rioya qilinadi?
Dazmollashda ish o’rni qanday tashkil qiliadi?
Amaliy mashg’ulot.
O’quvchilar dazmolning tuzilishi bilan tanishadilar. Ish o’rnini tashkil qilishni dazmollash usullarini o’ganadilar.
Darsni yakunlash va baholash.
Dars yakuniga ko’ra guruhlarning faolligiga o’rin beriladi va yaxshi faol ishtorik etgan o’quvchilar 5 balli tizim asosida baholanadi.
Uyga vazifa berish.
O’tilgan mavzu dazmolning tuzilishi va dazmollash usullarini o’rganib kelish.
Do'stlaringiz bilan baham: |