Mavzu: Klassik iqtisodiy maktabning rivojlanishi Reja
Ishlab chiqarish Taqsimot
Download 95.46 Kb.
|
Iqt. nazar 24-Mavzu
Ishlab chiqarish Taqsimot
1-rasm. Qiymatning (bahoning) tashkil topishi to’g’risidagi A.Smitning ikki kontseptsiyasi. Ushbu rasmda A.Smitning birinchi kontseptsiyasi «mehnat» so’zi yozilgan yaxlit ko’rinishida aks ettirilgan. Bu qiymatni yaratishda mehnat yagona manba ekanligini ko’rsatdi. Mehnat bilan yaratilgan daromad taqsimlanish jarayonida ish haqi, foyda va rentaga bo’linadi. A.Smitning ikkinchi kontseptsiyasining asl ma’nosi «Kapital» va «Yer» so’zlari yozilgan nuqtali chiziq (punktirli) yordamida ifodalangan. Bu kontseptsiya mahsulot va daromadlarni yaratishda mehnat bilan birga kapital va yerning ham ishtirok etishini bildiradi. Ular endi qiymatning shakllanishida ishtirok etuvchi omil sifatida bo’ladi. Mehnat ish haqi ko’rinishida daromad yaratadi, kapital foyda ko’rinishida daromad yaratadi, yer renta ko’rinishida daromad yaratadi. A.Smitning ikkinchi kontseptsiyasi oddiy tovar ishlab chiqarishni («qoloq jamiyatni») tahlil qilishdan kapitalistik tovar ishlab chiqarishni tadqiq qilishga o’tish bilan bog’liq. Aynan kapitalistik tovar ishlab chiqarishda jonli mehnat qiymatning yagona manbai bo’la olmaydi. “Oldin mehnat vositalari ishlab chiqaruvchiga qarashli bo’lgan. Kapital jamg’arilishi va yerning xususiy mulkka aylanishidan oldingi jamiyatda–deb, yozadi A.Smit–mehnat miqdorlari o’rtasidagi nisbat mahsulotlarni ayirboshlashning yagona asosi bo’lib kelgan. Barcha mehnat mahsuli ishlab chiqaruvchiga qarashli bo’ladi va sarflangan mehnatning miqdori bahoning yagona o’lchovi hisoblanadi”. Keyinchalik, kapital jamg’arilib borgan sari vaziyat o’zgarib boradi. Tovarning qiymati ikki qismga bo’linadi: bir qismi ish haqiga, ikkinchi qismi kapital foydasiga. Kapital egasi yollanma mehnatni ishlatadi. Bunda yaratilgan barcha mahsulot ishlab chiqaruvchiga qarashli bo’lmaydi. Uning bir qismi kapital egasiga tegishli bo’ladi. Bunday sharoitda muayyan tovarni ishlab chiqarish uchun sarflangan mehnat miqdori tovarning qiymatini aniqlashda birdan-bir manba bo’la olmaydi. A.Smitning fikri bo’yicha, «tabiiy baho» (qiymat) - bu shunday baho-ki, uning tarkibiy qismlari mehnat, kapital va yer uchun to’lanadigan tabiiy me’yorlarga taxminan mos keladi. Bu tabiiy me’yorlar mintaqalar bo’yicha farq qiladi va ular hayot darajasiga, geografik va tabiiy sharoitlarga, o’rtacha xarajatlar darajasiga va boshqalarga qarab o’rnatiladi. Mazkur qoida F.Akvinskiyning «Odil narx» kontseptsiyasiga o’xshab ketadi. Ikki yondashuvning farqi shundaki, F.Akvinskiyda «odil narx» odamlar tomonidan ongli ravishda o’rnatiladi, A.Smit bo’yicha esa, «tabiiy baho»ning shakllanishi–ob’ektiv bozor qonunlarining amal qilish natijasidir. Bozor bahosi «tabiiy baho» atrofida tebranib turadi, u bozor holatiga qarab undan yuqori yoki past bo’lishi mumkin. Ushbu tebranish tufayli taklif talabga moslashadi. Agar talab taklifdan kam bo’lsa, bozor bahosi xarajatlardan past bo’lgan bo’ladi va tadbirkorlar ishlab chiqarishni qisqartiradi. Aksincha, talabning ortishi bahoning oshishi va taklifning ko’payishini rag’batlantiradi. Natijada, bozor bahosi «tabiiy baho» darajasiga intiladi. Albatta, axborotning yetishmasligi, tabiiy va sun’iy monopoliyalarning mavjudligi bilan bog’liq holatlar bundan istisno. A.Smit qarashlarida jamiyat uch sinfga ajratib ko’rsatiladi: yer egalari, tadbirkorlar, yollanma ishchilar: – yer egalari qo’lida asosiy ishlab chiqarish vositasi yer bo’ladi. Ular ijaraga bergan yeri uchun ijara to’lovlari sifatida ushbu yerdan olingan daromadning bir qismini renta ko’rinishida oladi; – tadbirkorlar ishlab chiqarish vositalarining ikkinchi bir turiga (imorat-inshootlar, asbob-uskunalar, fermalar, xom-ashyo zahiralariga) egalik qiladi, ishchilarni yollaydi va daromad ko’rinishida foyda oladi; – yollanma ishchilar – eng ko’p, kambag’al sinf hisoblanadi, ular mulk egasi emas va ular mehnatini sotib, daromad ko’rinishida ish haqi oladi, A.Smit bo’yicha jamiyat uch sinfdan tashqari har xil guruh va qatlamlarni ham o’z ichiga oladi. Asosiy sinflar daromadlari birlamchi hisoblanishi bilan ajralib turadi. Boshqa guruhlarning daromadlari esa – ikkilamchi, ya’ni qayta taqsimlash natijasida shakllanadi. A.Smit daromadning har uchala asosiy shaklini alohida ko’rib chiqdi. Ish haqi nazariyasi. Ishchining daromad sifatidagi ish haqi, A.Smit bo’yicha, mamlakatning milliy boyligi darajasiga bevosita bog’liq. A.Smitning ish haqi nazariyasining e’tiborga molik joyi shundan iboratki, u U.Petti, fiziokratlar va keyingi D.Rikardodan farqli ravishda mehnatga haq to’lash miqdori yashash minimumi darajasigacha pasayadi deb atalmish qonuniyatni inkor etgan. Buning ustiga, A.Smit mehnatga bo’lgan qiziqishni kuchaytirish maqsadida ish haqini oshirish tarafdori bo’lgan. Uningcha, past ish haqidan ko’ra, yuqori ish haqi amal qilib turgan paytda faol faoliyat yurituvchi ishchilarni doimo topish, ishga jalb etish mumkin bo’ladi. Foyda nazariyasi. A.Smit bo’yicha, tovar qiymatining bir qismi ish haqi sifatida ishchiga tegadi, qo’shimcha mehnat bilan yaratilgan qiymatning qolgan qismi tadbirkorning daromadi ko’rinishida uning foydasini tashkil etadi. A.Smit foydani tadbirkorlik tavakkalchiligi uchun, ishchiga yashash vositalarini avanslagani uchun tadbirkorga to’lanadigan haq deb hisobladi, undan keyinchalik tadbirkorlik daromadining adolatli ekanligini isbotlashda keng foydalanildi. Foyda miqdori, A.Smit bo’yicha, “kapital qiymati bilan aniqlanadi va foydaning ko’p yoki kam bo’lishi ushbu kapital miqdoriga bog’liq bo’ladi”. Foyda me’yorining pasayish moyilligi qayd qilib o’tiladi, bunday moyillik iqtisodiy rivojlanish bilan bog’lab tushuntiriladi, negaki ancha rivojlangan mamlakatlarda foyda me’yori hamisha past bo’ladi. Renta nazariyasi. A.Smit nazariyasiga ko’ra, renta ishchining haq to’lanmagan mehnati bilan yaratiladi, uning mehnati mahsulotning bir qismi hisoblanadi. U rentada yerga bo’lgan xususiy mulkchilik monopoliyasi unsurlarini ko’rgan, lekin absolyut va differentsial renta tushunchalari ajratib ko’rsatib bermagan. Yer uchastkalari ham unumdorligi, ham joylashishi bo’yicha farq qilishi, bu farqlarning ikkalasi ham turli tavsif va miqdordagi rentaning shakllanishiga sabab bo’lishi mumkinligi qayd qilib o’tilgan. Download 95.46 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling