Mavzu: Klassik iqtisodiy maktabning rivojlanishi Reja
Tomas Robert Maltusning (1786-1834 y.) iqtisodiy qarashlari (“Nufus qonuni”ning matematik ifodasi)
Download 95.46 Kb.
|
Iqt. nazar 24-Mavzu
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tomas Robert Maltus (1766-1834 y.)
Tomas Robert Maltusning (1786-1834 y.) iqtisodiy qarashlari (“Nufus qonuni”ning matematik ifodasi)
Marksistik iqtisodiy fanda «marksist» bo’lmagan mualliflarni sharmanda qilish «an’anasi» bor edi. Ehtimol, eng ashaddiy va qattiq tanqidga uchragan ingliz olimi Tomas Robert Maltus g’oyalari bo’lsa kerak. Uni nimalar deb atashmadi: kapitalizm himoyachisi (apologeti), odamlarning dushmani, fashizm ideologi. Eng qiziqarli joyi shundaki, T.Maltus nafaqat turli toifadagi sotsialistlarning, balki ularning asosiy muxolifatlari bo’lgan erkin bozor va xususiy tadbirkorlikning mutloq ustunliklariga ishongan liberallarning ham g’azabini qo’zg’atgan. Nega T.Maltusni shunchalik yomon ko’rishgan? Pessimizmi uchun, aholi farovonligini ancha oshirish mumkinligiga ishonmaganligi uchun. Axir sotsialistlar ham, liberallar ham «baxtli kelajakka» ishongan. Birinchisi, xo’jalik jarayonlarini ongli ravishda ijtimoiy tartibga solish tufayli umumiy farovonlikka erishishga umid qilgan bo’lsalar, ikkinchisi, turmush darajasini oshirish bozor mexanizmining amal qilishi va xususiy manfaatdorlik kuchi bilan ta’minlanishiga ishongan. Unisiga ham, bunisiga ham pessimizm yot bo’lgan. Ingliz iqtisodchisi Tomas Robert Maltus (1766-1834 y.) dvoryan oilasida tug’ilgan. Kembridj universitetini tamomlagach, qishloq ruhoniysi, 1807 yildan esa siyosiy iqtisod professori bo’ldi. Uning asosiy asarlari «Nufus qonuni to’g’risida tajriba» (1798 y.), «Yer rentasining tabiati va o’sishi to’g’risida tadqiqot» (1815 y.), «Siyosiy iqtisodning printsiplari» (1820 y.) hisoblanadi. «Nufus qonuni». T.Maltus resurslarning cheklanganligi va ehtiyojlarning cheksizligi sharoitida aholi ehtiyojlarini qondirish muammosiga o’ziga xos tarzda yondashdi. U o’zining “Nufus qonuni to’g’risida tajriba” asarida aholi soni juda tez ko’payib boradi, oziq-ovqat mahsulotlarning o’sishi esa, ancha orqada qolib ketadi deb ishontirishga uringan. T.Maltus aholining ko’payishini cheklovchi muayyan chora-tadbirlar qo’llanilmasa, insoniyat ocharchilikka duch keladi deb xulosa qiladi va bunday vaziyatdan chiqishning ikki yo’lini taklif etadi: birinchisi–epidemiyalar, urushlar, kasalliklar natijasida aholining kamayishi, bunda tabiatning o’zi kishilar bilan ularning yashash vositalari o’rtasida me’yorli nisbatning o’rnatilishiga qisman yordam beradi, ikkinchi yo’l–nikohdan voz kechish yoki kech turmush ko’rish, tug’ilishni kamaytirish. T.Maltusning yozishicha, uning kitobi nashrdan chiqqan kungacha bironta mamlakat o’z hududida aholi zichligi juda oshib ketganidan o’zini yetarli hajmda iste’mol mollari bilan ta’minlash imkoniyatiga ega bo’lmagan. Eng avvalo, tabiiy muhit imkoniyatlari bilan aniqlanuvchi iqtisodiyot o’zining ishlab chiqarish imkoniyatlari doirasidan chetga chiqishga qodir emas. T.Maltus o’z nazariyasini asoslab berishda tuproq unumdorligining pasayib borish kontseptsiyasidan foydalangan. Agar bitta yer uchastkasining o’ziga ustma-ust mehnat sarflansa, u xuddi shunday nisbatda hosildorlikning o’sishiga olib kelmaydi, chunki hosildorlik faqat mehnatga emas, balki tuproqning tabiiy unumdorligiga ham bog’liq bo’ladi. U berishi mumkin bo’lgan narsadan ortiqchasini undan olib bo’lmaydi. Hisoblab chiqqach, T.Maltus xulosa qiladi: insoniyat qancha harakat qilmasin, qishloq xo’jaligidan u oladigan oziq-ovqat mahsulotlari miqdori faqat arifmetik progressiyada o’sadi (eslatib o’tamiz, arifmetik progressiyada o’sish 1,2,3,4,5 ... ko’rinishda, ya’ni har bir keyingi son oldingisidan bir xil absolyut miqdorga oshib boradi), aholining soni esa geometrik progressiyada o’sadi va 25 yilda ikki barobar ko’payadi (eslatib o’tamiz, geometrik progressiyada o’sish 1,2,4,8,16 ... ko’rinishda, ya’ni har bir keyingi son oldingisidan 2 barobar ko’p bo’ladi). Agar yer aholisi asr boshida 1 mlrd. bo’lsa, asr oxiriga kelib u 8 mlrd. tashkil etadi, yashash vositalari esa to’rtdan birga ko’payadi. Bu nazariya barcha iqtisodiy ta’limotlar ichida eng qayg’ulisi, eng ma’yusi hisoblanadi. T.Maltusdan keyingi davrdagi iqtisodchilar uning xulosa va prognozlari asossiz ekanligini isbotlab berdilar. Buning uchun odamlarga tuproq unumdorligini oshirish, T.Maltus tasavvur qila olmagan oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish imkonini yaratib beruvchi fan-texnika yutuqlari asos bo’ldi. Amerika iqtisodchisi J.L.Saymonning tasdiqlashicha, insonning ijodkorligi va uning mevasi–texnik jarayon planetadagi aholining har qanday o’sishini kompensatsiyalashi va uning yuqori hayot darajasini ta’minlashi mumkin. Download 95.46 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling